Favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarni takomillashtirish

Ushbu ish

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ilmiy-texnika taraqqiyot, murakkab va mukammal texnologik jarayon nechog'li jadal sur'atlar bilan rivojlanmasin hamon “Koinot-Er-Inson- Jamiyat
  • Mundarija: Ushbu ishda jami 2 bob va har bir bob bo'yicha tegishli paragraflar hamda xulosa qismi mavjud bo'lib, ular quyidagicha nomlangan: I-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KUZATILADIGAN TABIIY TUSDAGI OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI 1.1. Mamlakatimiz hudidlarida kuzatiladigan asosiy tabiiy ofatlar turlari 1.2 Yer silkinishi va uning oqibatlari 1.3. Imorat va inshootlarga yer surilishi va silkinishining ta'siri II-BOB FUQAROLARNI MUHOFAZA QILISHNING ASOSLARI VA XUSUSIYATLARI 2.1.Fuqaro muhofazasining iqtisodiyot tarmoqlaridagi tashkiliy strukturalari. 2.2. Sodir bo'lish ehtimoli mavjud favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni ogohlantirish. 2.3.Fuqarolarni himoya inshootlarida saqlash va xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish. EKOLOGIK QISMI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi: Favqulodda vaziyatlar deganda, odamlar hayotiga, sog'lig'i va moddiy mulkiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan turli tabiiy va texnogen ofatlar, texnologik halokatlar, tabiiy ofatlar, ekologik ofatlar, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi hodisalar tushuniladi. Favqulodda vaziyatlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Tabiiy ofatlar 2. Texnogen ofatlar 3. Ekologik ofatlar 4. Ijtimoiy ofatlar 5. Harbiy-siyosiy ofatlar Fuqaro muhofazasi esa umumxalq tadbirlari tizimi bo'lib, u aholini tabiiy va texnogen ofatlardan, harbiy harakatlar natijasida yuzaga keladigan xavflardan himoya qilishga qaratilgan.
  • Yer silkinishi: Yer silkinishi- yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo'lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: -Tektonik zilzilalar; -Vulqon zilzilalari; -Ag'darilish, o'pirilish zilzilalari; -Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog'liq) zilzilalar. Yer silkinishining kuchini baholash uchun Rixter shkalasi va MSK shkalasi qo'llaniladi.
  • Suv toshqini: Suv toshqini deb daryo, koʻl, hovuzlardagi suv sathining keskin koʻtarilishi natijasida ma'lum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga aytiladi. Suv toshqiniga turli omillar sababchi bo'ladi: -Kuchli yomg'ir yogʻish oqibatida (jala, sel quyishi); -Qorlarni surunkali erishi natijasida; -Kuchli shamol esishi natijasida; -Oqar daryolardagi muzliklarni yig'ilib, sun'iy toʻgʻon hosil qilishi; -Tog' jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash omborlarining buzilishi oqibatida.
  • Fuqaro muhofazasi: Fuqaro muhofazasi- bu aholini tabiiy va texnogen ofatlardan, harbiy harakatlar natijasida yuzaga keladigan xavflardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Fuqaro muhofazasining asosiy prinsiplari: 1) Davlat organlari, Vazirlik rahbariyati va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish; 2) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish; 3) Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish; 4) Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, hudud iqtisodiyot tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
  • Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni ogohlantirish: Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning omillarida alohida oʻrin tutadigan uslub - bu fuqarolarni oʻz vaqtida ogohlantirish hisoblanadi. Ogohlantirish radio, televideniya vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolarni ogohlantirishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya'ni bu belgilar «DIQQAT HAMMAGA» degan ma'noni anglatadi. Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qoʻyishlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda iqtisodiyotgakoʻrsatadigan ta'sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.
  • Ekologik qism: Atrof - muhitni oʻzgartirishida, tabiatni oʻzgarishida insonni ta'siri va ahamiyati katta. Shuning uchun insoniyatning muxim vazifasi tabiatda muqobil rivojlanish sharoitini ishlab chiqish, amalga oshirish, foydalanish va saqlashdir. Odamning xoʻjalik faoliyati (santropogen ifloslanish) natijasida atrof - muhit ifloslanadi, buning oqibatida oʻsimliklar uchun hayvonlar va odamlar uchun qulay bo'lgan tabiiysharoitlarga koʻproq o'zgartirishlar kiritiladi, bu bilan oʻnglab bo'lmaydigan zarar etkaziladi. Buning sabablaridan biri aerozollar, gazli chiqindilardir.
  • Xulosa: Yuqorida ko'rib o'tilgan voqealar tabiatning o'z hodisasi, ya'ni tabiiy ofatlar sirasiga kiradigan voqealar ekanligini, bulardan tashqari yana shunday hodisalar uchraydiki, bunday hodisalarni ham favqulodda hodisalar qatoriga qo'shishga to'g'ri keladi. Agar umumiy favqulodda hodisalarga keng ma'noda ta'rif bersak, unda uni quyidagicha ta'riflash mumkin. Ma'lum aholi yashaydigan hududda har xil falokatlar, avriyalar tabiiy ofatlar va ekologik ofatlar, shuningdek, odamlarda ko'plab yuqumli kasalliklar kelib chiqishi natijasida odamlarni ko'plab moddiy boyliklardan mahrum qilish, ularnig umriga zomin bo'lish bilan hayot faoliyati sharoitlarini buzilishiga olib keladigan vaziyatlar favqulodda holatlar deb yuritiladi.