Buxgalteriya hisobi
Ushbu kitob buxgalteriya hisobi fanining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda buxgalteriya hisobining predmeti, usullari, turlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, pul mablag'lari, hisob-kitoblar, xarajatlar, investitsiyalar, ijaralar, lizing, moliyaviy natijalar, soliqlar va majburiy to'lovlar kabi keng qamrovli mavzular qamrab olingan. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy misollar va buxgalteriya yozuvlari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari: Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari tushunchasi, funktsiyalari, buxgalteriya hisobining buznesdagi roli, buxgalteriya va biznesda etikaning roli, buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplari. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi va ular o’rtasidagi tafovutlar. Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va uning turlari. Xo’jalik jarayonlari. Xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari tasnifi. Buxgalteriya hisobining usullari. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha. Balansning tuzilishi va uning moddalari. Balansni uqish tartibi. Xo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi uzgarishlar. Hisob siyosati.
- Xarajatlar hisobi: Xarajatlar hisobining predmeti va usullari. Xarajatlarning turlari va ularning hisobga olinishi. Maxsulot tannarxini aniqlash metodlari, tannarx yoki bozorning eng kam qiymatida baholash, sof sotish qiymatida baholash. Maxsulotlarning ombor xo’jaligining buxgalteriya hisobi va ularni inventarizatsiya qilish tartibi. Ishlab chiqarishga va boshqa extiyojlarga sarflangan moddiy kiymatliklarni hisobga olish jarayoni. Tovarlar va boshqa materiallarning hisobini yuritish.
- Moliyaviy hisobot: Moliyaviy hisobotning mazmuni va tarkibi. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish. Moliyaviy hisobotlar va ular orasidagi bogliqluq. Hisobotlar diagrammasi, sinov balansi. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va uni to‘ldirish. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish. Moliyaviy faoliyat tushumlari. Tushuntirish xatlari va ilovalar.
- Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi: Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasnifi, turlari xamda hisobga olish vazifalari. Soliq va majburiy to‘lovlarni hisobga olish. Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi. Bevosita soliqlarning hisobi. Bilvosita soliqlarning hisobi. Mol-mulk va resurs soliqlar hisobi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobi.
- Investitsiyalar hisobi: Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Investitsiyalarning turkumlanishi va baholanishi. Investitsiyalar hisobini tashkil qilish. Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish, ularning bozor va nominal qiymatini hisobga olish tartibi. Obligatsiyalar tabiati va xarakteristikasi. Obligatsiyalardagi qiymat, ulardagi chegirmalar, ularga to’lanadigan qo’shimcha haq va ularning amortizatsiyasi. To’lanadigan obligatsiyalar. Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish hamda kayta sotish bilan boglik xarajatlar hisobi. Investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni hisobga olish tartibi.
- Moliyaviy natijalar va ularning hisobi: Moliyaviy natijalar va ularning hisobini tashkil qilish. Maxsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar)ni hisobga olish. Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish. Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish.
- Boshqaruv hisobini tashkil etish: Boshqaruv hisobining predmeti va usullari. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari. Boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob orasidagi farqlar. Menejmentda boshqaruv hisobi. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schetlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish tizimini turkumlash. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning oddiy, buyurtmali, me’yoriy va jarayonli usullari. Standart-kost (Standagt costs) tizimi bo’yicha mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish. Direkt-kosting tizimi - bo’yicha sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish.
- Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi: Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasnifi, turlari xamda hisobga olish vazifalari. Soliq va majburiy to‘lovlarni hisobga olish. Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi. Bevosita soliqlarning hisobi. Bilvosita soliqlarning hisobi. Mol-mulk va resurs soliqlar hisobi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobi.