Molekular markerlar yordamida g’oza o’simligining xo’jalik qimmatli belgilarini kartalashtirish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi gʻoʻzada turlararo duragaylash orqali tola sifat belgilarini molekulyar markerlari yordamida tadqiq qilib, tola uzunligiga aloqador boʻlgan QTL lokuslarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Jaxon paxta sanoatining jadal rivojlanishi va shu sababli yildan yilga paxta tolasiga dunyoda talabning ortib borayotganligi, jumladan respublikamizda yetishtirilayotgan paxta tolasiga xaridorlarning to'g'ridan to'g'ri sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishlari va respublikamizda paxtani qayta ishlovchi sanoat korxonalarini rivojlanishi paxtadan olinadigan xosilni yanada yuqori bo'lishini talab etadi. Avvallari paxta tolasini yetishtirish miqdorini oshirish yangi yerlarni o'zlashtirib paxta ekini maydonini kengaytirish xisobiga amalga oshirilgan bo'lsa, xozirda bunday imkoniyatlarimiz chegaralangan, faqatgina xar gektardan olinadigan paxta xosilini ko'paytirish evazigagina talab qilinayotgan paxta tolasiga bo'lgan extiyojni qondirishimiz mumkin. Buning uchun g'o'za selektsiyasi bilan ishlovchi olimlarimizdan yangi g'o'za navlarini yaratishda paxta tolasining sifat ko'rsatkichlarini yo'qotmagan xolda, g'o'za o'simligini xosil berish ichki imkoniyatlarini oshirish talab etiladi. 2. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, zamonaviy MAS dasturi boʻyicha bu ishni amalga oshirish ham iqtisodiy, ham kam vaqt talab qilishi jihatidan boshqa usullardan samaraliroqdir. 3. Tadqiqot natijasida dastlab ota-ona liniyalar 100 ga yaqin SSR markerlar yordamida PZR usuli bilan skrining qilindi va buning natijasida 72 ta polimorf markerlar aniqlandi. 3. Genetik identifikatsiya aniq identifikatsiya genotipi (har xil turdagi markerlarda allellarning bor yo'qligiga asoslangan holda) genetik farqlar o'rganilishidir. Bu mutlaq o'lchov bo'lib, boshqa tur yoki populyatsiyaga nisbatan oʻzgarmaydi. Genetik xilma-xillik molekulyar markerlarni foydalangan holda o'rganiladi. 4. Markerlarga asoslangan seleksiya usulini qo'llash bilan o'simliklar genomidagi irsiy axborotlarda qanday belgi va xususiyatlar mavjudligini o'rganish, ularni turli lokuslarini aniqlash mumkin. Ushbu seleksiyaning afzalligi o'simlik hujayra yadrosini ajratib olib DNK tahlili asosida irsiy axborotini o'rganish bilan qisqa muddat ichida unda qanday belgi xususiyatlar mavjudligini aniqlash mumkin. 6. Yangi DNK markerlarini o'z ichiga olgan qo'shimcha polimorfizmlarni aniqlash bilan o'rganilayotgan genotiplarning DNK bankini tahlil qilish imkonini beradi. 7. Molekulyar analiz jarayonini ishlab chiqilishi natijasida har qanday o'simlikni genetik tarkibi o'rganilishi va unga turli usullar bilan kerakli irsiy axborotni ko'chirib o'tkazish, nukleotidlar izchilligi aniqlanishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Paxta sanoati va tolaga bo'lgan talab: Jahon paxta sanoatining jadal rivojlanishi va paxta tolasi jahon bozorida talabgir bo'lib borayotganligi. Respublikamizda paxta tolasining qiymati va uni qayta ishlash sanoatining rivojlanishi paxtadan olinadigan hosilni yanada oshirishni taqozo etadi. Yangi yerlarni o'zlashtirish imkoniyatlari cheklanganligi sababli, hosildorlikni ko'paytirish, ya'ni har gektardan olinadigan paxta xosilini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
- Zamonaviy MAS dasturining afzalliklari: Zamonaviy molekulyar markerlar bilan bog'langan genetik tadqiqotlar, xususan MAS (Marker-assisted selection) dasturi iqtisodiy hamda kam vaqt talab qilishi bilan boshqa usullardan samaraliroq ekanligi.
- Genetik identifikatsiya va molekulyar markerlar: Ota-ona liniyalari va F2 avlod duragaylaridan genom DNKlari ajratilib, molekulyar markerlar (SSR) yordamida genetik tahlillar o'tkazildi. Natijada 72 ta polimorf marker aniqlandi. Molekulyar markerlar orqali o'simliklar genetik tarkibini o'rganish, ularni turli lokuslarini aniqlash va genetik xilma-xillikni aniqlash mumkin.