DNK markerlari yordamida g’ozaning G.Hirsutum turi filogenetik qarindoshligini aniqlash.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida gʻoʻzada turlararo duragaylash orqali flogenetik qarindoshligini aniqlashning molekulyar markerlari yordamida tadqiq qilingan va flogenetik qarindoshligini aniqlashga aloqador boʻlgan QTL lokuslarini oʻrganishga bagʻishlangan. Ishda paxta sanoatining rivojlanishi, paxta tolasi sifatini oshirish yoʻllari, MAS (Markerga asoslangan seleksiya) usulining samaradorligi, SSR, RAPD, RFLP, CAPS kabi turli DNK markerlarining turlari va ularning qoʻllanilishi, genetik polimorfizmni aniqlash usullari, filogenetik daraxt tuzish, QTL kartalashtirish usullari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot natijasida Gʻoʻza populyatsiyasining genetik polimorfizmi va ota-ona shakllarining oʻzaro filogenetik munosabatlari aniqlangan. GH SSR toʻplami eng yuqori polimorfizmni koʻrsatgan va BNL SSR markerlaridan 46,7% Namangan-77 va qolgan 19 ta namunalar oʻrtasida polimorf boʻlganligi aniqlangan.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasida markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) usulining ahamiyati: Ushbu bo'limda g'o'za seleksiyasida MAS usulining qo'llanilishi, uning afzalliklari, genetik axborotni o'rganish va aniqlashdagi roli hamda yangi DNK markerlarini aniqlash imkoniyatlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, MAS texnologiyasining an'anaviy seleksiyadan farqli jihatlari va uning afzalliklari, shuningdek, mamlakatimiz paxtachiligini rivojlantirishdagi o'rni bayon etilgan.
  • DNK markerlari yordamida gʻoʻzaning flogenetik qarindoshligini aniqlash: Bu bo'limda PZR asosida tadqiqot namunalarini genotiplash, filogenetik daraxt tuzish va QTL kartalashtirish usullari haqida so'z boradi. Mikrosatellit markerlar yordamida o'simlik namunalarini genotiplash va ularning filogenetik munosabatlarini aniqlash uslublari ko'rsatilgan. Xususan, o'rganilgan populyasiyaning ota-ona genotiplari filogenetik jihatdan uchta sinfga ajratilgan va ularning o'zaro filogenetik masofasi aniqlangan.
  • Miqdoriy belgilar lokuslarini (QTL) molekulyar-genetik kartalashtirishda birikish guruhlari kartasini tuzish: Bu bo'limda o'rganilayotgan populyatsiyaning yakuniy brikkanlik kartasini tuzishda SSR markerlarining genotipik ma'lumotlaridan foydalanilgan. Genotiplash ma'lumotlari JoinMap 3.0 kartalashtirish dasturi yordamida qoʻllanmaga mos ravishda qayta ishlanib, LOD qiymati 4,0 ga teng va maksimal masofa 50 sM ni tashkil etgan.