Инглиз ва узбек тилларида шарт муносабатларини ифодаловчи тил бирликларининг прагматик аспекти (шарт гаплар мисолида)
Ushbu dissertatsiya ishida ingliz va o'zbek tillaridagi shart munosabatlarini ifodalovchi til birliklarining pragmatik aspekti o'rganiladi. Tadqiqotda shart gaplarning nutq akti sifatida imlikatura hosil qilish potentsiali, ularning tilshunoslikdagi o'rni, shuningdek, ushbu munosabatlarning turli tilda ifodalanishiga oid nazariy va amaliy jihatlar tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Shart munosabatlarining lug'aviy va tuzilmaviy jihatlari: Shart tushunchasining lingvistik lug'aviy va sintaktik jihatlari, shart gaplarning semantik, struktur, nutq akti va pragmatik nuqtai nazardan tasnifi
- Shart gaplar nutq akti sifatida: Ingliz va o'zbek tillarida shart gaplarning nutq akti sifatida, jumladan, illyokutiv kuchga egaligi, performativ nutq aktini realizatsiya qilish imkoniyatlari va ularning o'ziga xos va umumiy jihatlari
- Shart konstruksiyalarining imlikatura hosil qilish potentsiali: Ingliz va o'zbek tillarida shart gaplardan foydalanish orqali kommunikativ tamoyillarni buzish va konversatsion imlikatura hosil qilish