Chizma geometriya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun "Chizma geometriya va muhandislik grafíkasi" fani namunaviy dasturi asosida yozilgan.
Asosiy mavzular
- Chizma geometriya fanining maqsadi va vazifalari: Chizma geometriya umumiy geometriyaning bir shoxobchasi bo'lib, narsalarni tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o'lchamları va o'zaro joylashishlariga tegishli pozitsion va metrik masalalami yechishni o'rganadi. Chizma geometriya matematika fanlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, umumiy texnika fanlaridan hisoblanadi. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o'zining asosiy usuli, ya'ni tasvirlash usuli bilan farq qiladi. U tasvirlash usullari yordamida o'quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlami yasash va oldindan yasalgan tasvirlami o'qiy bilish hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi.
- Asosiy geometrik tushunchalar: Geometriya asosiy tushunchalaridan biri shakl (figura)dir. Har qanday tartibda joylashgan nuqtalar to'plami geometrik shakl (figura) deyiladi. Shakllarni tashkil qiluvchi nuqtalar to'plami bir nechta va cheksiz ko'p nuqtalardan tuzilgan bo'lishi mumkin. Geometrik shakllar juda ko'p. Ammo shulardan eng asosiylari to'g'ri chiziq va tekislikdir. Nuqtalar, to'g'ri chiziqlar va tekisliklar orasida ma'lum munosabat o'rnatilgan bo'lib, bu yotishilik yoki tegishlilik deb yuritiladi.
- Geometrik shakllarda o'zaro birqiymatli moslik: Biror tekislikda a va b to'g'ri chiziqlar berilgan bo'lsin. Bu tekislikda ixtiyoriy S nuqtani olamiz. Bu nuqtadan ixtiyoriy l to'g'ri chiziq o'tkazilsa, buto'g'ri chiziq t to'g'ri chiziqni va q to'g'ri chiziqni B nuqtada kesadi. Xuddi shuningdek, S nuqtadan l, l2, l3 to'g'ri chiziqlar o'tkazilsa, unda ular a to'g'ri chiziqni A1, A2, A3,... nuqtalarda va b to'g'ri chiziqni B1, B2, B3,... nuqtalarda kesib o'tadi. Bunda a to'g'ri chiziqning har bir nuqtasiga b to'g'ri chiziqning nuqtalari mos keladi. a va b to'g'ri chiziqlarning o'zaro kesishgan A nuqtasi o'z-o'ziga mos keladi.