Ал-Ҳаким ат-Термизий асарларида психологик қарашлар
Ushbu dissertatsiya avtoreferati, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli
Asosiy mavzular
- Kirish: Qisqacha kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob'ekti va predmeti, usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ololingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Birinchi bob: "Al-Hakim at-Termiziy asarlarini psixologik tahlil etishning nazariy asoslari" deb nomlangan birinchi bobda Al-Hakim at-Termiziy asarlarida psixologik qarash va g'oyalarning ilmiy-nazariy asoslari, psixologik tavsifi, islom vakillari namoyondalarining fikrlari ilmiy jihatdan atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda Al-Hakim at-Termiziy asarlarini o'rganish davomida, alloma-ning ruh haqidagi fikrlarini tahlil etiladi. Tadqiqot natijalarining amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Al-Hakim at-Termiziy asarlarida pedagogik, psixologik, falsafiy, huquqiy, diniy mavzular yoritilishini tadqiq etish maqsadida ijtimoiy-psixologik savolnomani ishlab chiqish; Al-Hakim at-Termiziy asarlarida psixologik qarashlarining mavjudligi hamda ularni psixologiya tarixi darslari mazmuniga singdirish; Al-Hakim at-Termiziy shaxsi va asarlarini psixologik fanlar negizida tahlil etish hamda izohlash; Al-Hakim at-Termiziy faoliyatining donishmandlik va so'fiyalik jihatlarini psixologik jihatdan ta'riflash.
- Ikkinchi bob: "Al-Hakim at-Termiziy asarlarida psixologik qarashlardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari" deb nomlangan ikkinchi bobida Al-Hakim at-Termiziy shaxsi, ilmiy-ijodiy faoliyatining ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatlari, qarashlarining ilmiy mazmuni va so'fiyalik nazariyasi, ta'lim jarayonida allomaning psixologik qarashlaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil etilgan.
- Uchinchi bob: Uchinchi bobda "Al-Hakim at-Termiziyning psixologik qarashlari va ularning psixologik tahlil etishning samaradorligi" deb nomlangan uchinchi bobida Al-Hakim at-Termiziyning psixologik qarashlariga ilmiy munosabat, bahslar, ulardan ta'lim jarayonida foydalanishda uslubiy yondashuvning psixologik tahlili, psixologik tajriba-sinov ishlari natijalari yoritilgan.
- Xulosa: Tadqiqot natijalari, xususan, dissertatsiyada berilgan fikrlar, tahlillar va dissertatsiya boblarining xulosalari asosida quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: 1. Al-Hakim at-Termiziy asarlarini tarixiy va ilmiy nuqtai nazardan tahlil etish jarayoni mashaqqat va vaqt talab qilish bilan emas, balki psixologiya nazariyasi va tarixi uchun nazariy yangiliklar yuzaga kelishi bilan ahamiyatlidir. Psixologiya fani uchun Al-Hakim at-Termiziy asarlarini tadqiq etish masalasi doimo dolzarbligini saqlab qolishi ehtimoli mavjud. 2. Al-Hakim at-Termiziy asarlarida pedagogik, psixologik, falsafiy, huquqiy, diniy mavzular yoritilishi allomaning islom dini va shariat yo'lida olib borgan bevosita faoliyati bilan chambarchas bog'liq. Shu bilan birgalikda alloma ulamolar, olimlar, qozilar va aholi vakillari bilan uzoq muddat davomida turli sohlar hamda mavzular xususida xat yozishmalari olib borgan. 3. Al-Hakim at-Termiziy asarlarida oila va jamiyat, huquq, insonlararo munosabatlar, tarbiya masalalariga oid fikrlar bugungi kunda ham ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan yangi mazmun kasb etishi, ta'lim-tarbiya jarayonida to'laqonli ishtirokchi bo'lishi mumkinligi ijtimoiy voqelikning yangi psixoemotsional ko'rinishlarda berilganligi tadqiqot jarayonida e'tirof etildi. 4. Al-Hakim at-Termiziy davrida ilm-fan taraqqiyotiga e'tibor, tarbiyaviy bilimlarning nazariy-amaliy tamoyillari ishlab chiqilishiga harakat qilinganligi, bu asnoda uning asarlarida psixologik g'oyalar mavjudligi ilmiy-nazariy jihatdan va tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etildi. 5. Tadqiqot ishida Al-Hakim at-Termiziy asarlarini qiyosiy tahlil etish orqali talabalarda psixologik bilimlarni rivojlantirishning tarixiy-nazariy imkoniyatlari, diniy va umuminsoniy qadriyatlarning o'zaro aloqadorligini psixologik-empirik asoslashga yo'naltirilgan gnoseologik yondashuvlarga ustuvorlik berish bilan aniqlashtirishga oid tahlillar olib borildi.