Umumiy va noorganik kimyo

UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO

Asosiy mavzular

  • I-semestr uchun: Kimyo fani va undagi asosiy tushunchalar (modda, jism, oddiy modda, murakkab modda, fizikaviy hodisa, kimyoviy hodisa, atom massa, molekulyar massa, mol va boshqalar).: Modda, jism, oddiy modda, murakkab modda, fizikaviy hodisa, kimyoviy hodisa, atom massa, molekulyar massa, mol va boshqalar tushunchalari, ularning tabiatda uchraydigan shakllari, ularning kimyoviy oʻzgarishlari, bu oʻzgarishlarni boshqarish usullari.
  • Atom-molekulyar ta'limot: Barcha moddalar "korpuskula"lardan iborat bo‗lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan ajralgandir (Lomonosovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma‗nosiga ega); «korpuskula»lar to‗xtovsiz harakatda bo‗ladi; «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» ma‗nosiga ega), «Element»lar ham to‗xtovsiz harakatda bo‗ladi; «element»lar aniq massa va o‗lchamga ega; oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «element»lardan, murakkab modddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo‗ldi.
  • Moddalar massasining saqlanish qonuni: Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo‗ladigan moddalarning massasiga teng bo‗ladi.
  • Tarkibning doimiylik qonuni: Har qanday quyi molekulyar birikma, o‗zining olinish usuli va sharoitidan qat‘iy nazar o‗zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
  • Karrali nisbatlar qonuni: Agar ikki element o‗zaro ta‘sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to‗g‗ri keladigan massa miqdorlari o‗zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‗ladi.
  • Hajmiy nisbatlar qonuni: Bir xil fizikaviy sharoitda (P, T) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari o‗zaro va reaksiya natijasida hosil bo‗ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‗ladi.
  • Ekvivalentlar qonuni: Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta‘sirlashadi.
  • Avagadro qonuni: Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o‗zaro teng bo‗ladi.
  • Atom tuzilishi: Atom – moddaning eng kichik elektroneytral zarrachasi.
  • Elektronlar kvant sonlari va atomlarda elektronlarning joylanishi: Elektronlar energiyasining kattaligini ko‗rsatadi; n ning son qiymati 1,2,3,4,... ga teng butun sonlar bo‗la oladi; bosh kvant sonlari o‗zaro teng bo‗lgan bir necha elektron atomda elektron qavatlarni yoki ma‘lum energetik pog‗onalarni hosil qiladi. Atomning energetik pog‗onalari K, L, M, N, O, P, Q xarflari bilan belgilanadi; K-qavat yadroga eng yaqin joylashgan bo‗lib, uning uchun nq1 dir. L – n=2; M – n=3,... ular energiyalari bilan farq qiladi.
  • Radioaktivlik va yadro reaksiyalari: Elementar zarrachalar yoki yadrolarni tarqatish hisobiga yadrolarni bo‗linish jarayoni natijasida bir elementning beqaror izotopining boshqa element izotopiga o‗z o‗zidan aylanishiga radioaktivlik deb ataladi.
  • Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi: Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massalariga davriy ravishda bog‗liqdir.
  • Ionli bog‗lanish: Bir atomdan ikkinchsiga valent elektronlarni ko‘chib o‘tishi hamda hosil bo‘lgan ionlarning o‘zaro elektrostatik kuch ta‘sirida tortilishi hisobiga yuzaga keladigan bog‘lanish.
  • Kovalent bog‗lanish: Atomlarning elektron juftlar vositasida bog‗lanishi.
  • Donor-akseptor bog„lanish: Kovalent bog‘lanishni hosil qiluvchi elektronlarning biri dastlab bir atomda, ikkinchisi ikkinchi atomda bo‗lishi shart emas, bu juftlar bog‗lanish hosil bo‗lishidan avval o‗zaro birikuvchi atomlarning faqat birida bo‗lib, ikkinchi atomda bo‗sh orbitallar mavjud bo‗lsa, kovalent bog‗lanishning yana bir turi — donor-akseptor yoki koordinatsion bog‗lanish hosil bo‗ladi.
  • Metall bog„lanish: Nisbatan ancha kam miqdordagi valent elektronlar ko‗p miqdordagi metall ionlarini bir-biri bilan bog‗lab turadi; shu bilan birga bu elektronlar erkin harakatlana oladi; binobarin, metallarda kimyoviy bog‗lanishning harakatchan turi, yani kuchli lokallanmagan bog‗lanish borligini ko‗rish mumkin; bu bog‗lanish metall bog‗lanish deb yuritiladi.
  • Vodorod bog„lanish: Bir molekuladagi elektromanfiyligi katta bo‗lgan element atomi bilan boshqa molekuladagi vodorod atomi orasida vujudga keladigan kimyoviy bog‗lanish.
  • Atomning ionlanish energiyasi: Element atomidan elektronni ajratish uchun zaruriy energiyadir; bunda tegishli kation hosil bo‗ladi.
  • Elektronga moyillik: Atomga bitta elektron birikkanida ajralib chiqadigan energiya.
  • Ekzotermik reaksiyalar: Issiqlik chiqishi bilan sodir bo‗ladigan reaksiyalar.
  • Endotermik reaksiyalar: Issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar.
  • Entropiya: Muvozanat holatida turgan har qanday sistemadagi moddalarning harakatlanganligini ifodalovchi kattalik.
  • Izobar potensialining o„zgarishi: Kimyoviy jarayon paytida bir vaqtning o‗zida ham entalpiya, ham entropiya o‗zgarishi mumkin; bunday hollarda o‗zgarmas bosimlarda sodir bo‗ladigan jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchi izobar potensialining o„zgarishi deyiladi.
  • Hosil bo„lish issiqligi: Oddiy moddalardan 1 mol birikma hosil bo‗lganda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori.
  • Gess qonuni: Reaksiyaning issiqlik effekti jarayonining oraliq bosqichlariga bog‗liq bo‗lmay, balki moddalarning dastlabki va oxirgi holatlariga bog‗liq.
  • Gomogen sistema: Bir xil fazadan tashkil topgan sistema.
  • Geterogen sistema: Har xil fazadan tashkil topgan sistema.
  • Reaksiya tezligi: Reaksieada ishtirok eruvchi moddalardan birining konsentratsiyasini vaqt birligi ichida o‘zgarishi.
  • Massalar ta‟siri qonuni: O‗zgarmas haroratda kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari ko‗paytmasiga to‗g‗ri proporsionaldir.
  • Vant-Goff qonuni: Harorat har 10C ortganda kimyoviy reaksiya tezligi 2-4 marta ortadi.
  • Katalizatorlar: Kimyoviy reaksiya tezligini orttirib, o‗zi kimyoviy reaksiyada ishtirok etmaydigan moddalar.
  • Katalitik reaksiyalar: Katalizatorlar ishtirokida boradigan reaksiyalar katalitik reaksiyalar deyiladi.
  • Katalitik zaxarlar: Katalizator aktivligini pasaytiruvchi moddalar.
  • Ingibitorlar: Reaksiya tezligini kamaytiradigan manfiy katalizatorlar esa ingibitorlar deyiladi.
  • Qaytar reaksiyalar: Ikki qarama-qarshi yo‗nalishda boradigan jarayonlar qaytar reaksiyalar deyiladi.
  • Kimyoviy muvozanat: To‗g‗ri va teskari reaksiyalar tezliklari bir xil bo‗lgandagi (Vto‗g‗ri = Vteskari) kimyoviy muvozanat deyiladi.
  • Muvozanat konstantasi: Mahsulot moddalari konsentratsiyalari ko‗paytmasining boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari ko‗paytmasiga nisbatini ifodalaydigan kattalik.
  • Le-Shatele prinsipi: Agar muvozanatda turgan sistemaga qandaydir tashqi ta‘sir ko‗rsatilsa, kimyoviy muvozanat shu ta‘sir kuchini kamaytirish tomonga siljiydi.
  • Eritma: Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi.
  • Dispers sistema: Ikki va undan ortiq moddalardan iborat bo‗lgan hamda ulardan biri ikkinchisi hajmida bir meyorda taqsimlangan sistema dispers sistema deyiladi.
  • Dag‗al dispers sistemalar: Dispers fazo zarrachalarining o‗lchami 110–1mkm (mkm — mikrometr, 1 mkm = 10–6 m) bo‗ladi; dag‗al dispers sistemalarga suspenziya va emulsiyalar kiradi.
  • Suspenziyalar: Suyuqlikda bir tekis tarqalgan dispersion faza (qattiq modda)dan iborat sistemadir; suspenziyaga misol qilib loyqa suvni ko‗rsatish mumkin.
  • Emulsiyalar: Biri ikkinchisidan taqsimlangan ikki suyuqlikdan iborat sistemadir; sigir suti (yog‗lar oqsilning gidrolizida tarqalgan) emulsiyaga misol bo‗ladi.
  • Kolloid dispers sistemalar: (kolloid so‗zi grekcha koll – «elim», eidos – «o‗xshash» so‗zlaridan kelib chiqqan bo‗lib yelimsimonlar ma‘nosini beradi): kolloid eritmalarida dispers fazoning zarrachalar o‗lchami 10–110–3 mkm; bunday zarrachalar dispers sistema uzoq vaqt tindirilsa ham cho‗kmaga tushmaydi, filtr qog‗ozi teshiklaridan o‗tib ketadi, oddiy mikroskopda ko‗rinmaydi.
  • Chin eritmalar: Chin eritmalar molekulyar-dispers sistemalar va ion-dispers sistemalarga bo‗linadi.
  • Eruvchanlik (yoki eruvchanlik ko‗paytmasi): Ayni moddaning ma‘lum haroratda 100 g erituvchida erib, to‗yingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanligi (yoki eruvchanlik koeffitsienti) deyiladi.
  • Genri qonuni: O‗zgarmas haroratda ma‘lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to‗g‗ri proporsional bo‗ladi.
  • Genri-Dalton qonuni: Gazlar aralashmasi suyuqliklarda eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya‘ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar xalal bermaydi, erish gazning parsial bosimigagina bog‗liq.
  • Suyuqlikning bug„ bosimi: Suyuqlik bilan muvozanatdagi bug‗ning o‗zgarmas haroratdagi bosimi.
  • Raulning I-tanometrik qonuni: Eritma bug‗ bosimining pasayishi eritmadagi erigan moddaning molyar qismiga teng.
  • Raulning II-(ebulioskopik va krioskopik) qonuni: Eritma qaynash haroratining ko‗tarilishi va muzlash haroratining pasayishi eritmaning molyal konsentratsiyasiga to‗g‗ri proporsional.
  • Kationlar: Musbat zaryadlangan ionlar.
  • Anionlar: Manfiy zaryadlangan ionlar.
  • Elektrolitik dissotsilanish: Moddalarning suvda eritilganda yoki yuqori haroratda suyuqlantirilganda ionlarga ajralish hodisasi.
  • Elektrolitik dissotsilanish darajasi: Ionlarga ajralgan molekulalar sonini umumiy erigan molekulalar soniga nisbati.
  • Neytral eritmalar: Vodorod va gidroksid ionlarining konsentratsiyalari bir xil bo‗lgan eritmalar.
  • Vodorod ko„rsatkich (pH): Muhit reaksiyasini miqdoriy jihatdan ifodalash uchun, odatda, H+ ionlari konsentratsiyasi o‗rniga uning manfiy ishorali o‘nli logarifmidan foydalaniladi, bu qiymat vodorod ko‗rsatkich bilan ifodalanadi.
  • Eruvchanlik ko„paytmasi: Yomon eriydigan elektrolitning to‗yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalari ko‗paytmasi.
  • Tuzlarning gidrolizi: Tuz ionlari bilan suv o‗rtasida boradigan va ko‗pincha muhitning o‗zgarishi bilan boruvchi o‗zaro ta‘sir reaksiyalari.
  • Gidroliz darajasi: Barcha eritmalardagi tuzlarning hammasi gidrolizga uchramaydi, faqat bir qismi gidrolizlanadi, eritmada tuz bilan gidroliz mahsulotlari o‗rtasida muvozanat vujudga keladi, moddaning gidrolizga uchragan qismi gidroliz darajasi deb ataladi.
  • Oksidlanish darajasi: Kimyoviy birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinganda, uning tarkibidagi element atomining qo‗shni element atomiga bergan yoki undan qabul qilgan elektronlar soni.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Element atomlari yoki ionlarining oksidlanish darajasi o‗zgarishi bilan boradigan reaksiyalar.
  • Atomlararo yoki molekulalararo boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Bunday reaksiyalarda elektronlarning almashinishi atomlar, molekulalar yoki ionlar o‗rtasida boradi.
  • Ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Bunday reaksiyalar jumlasiga bitta molekuladagi turli atomlarning oksidlanish darajasi o‗zgarishi bilan boradigan reaksiyalar kiradi.
  • O‗z-o‗zidan oksidlanish, o‗z-o‗zidan qaytarilish (disproporsiyalanish) reaksiyalari: Bunday reaksiyalarda bitta element atomlari yoki ionlarining oksidlanish darajasi bir vaqtning o‗zida ortadi va kamayadi, bunda boshlang‗ich modda turli xil birikmalarni hosil qiladi, ulardan birida atomlarning oksidlanish darajasi yuqori, ikkinchisida esa past bo‗ladi, bunday reaksiyalar molekulasida oraliq oksidlanish darajasiga ega bo‗lgan atomlar mavjud bo‗lgan moddalarda sodir bo‗ladi.
  • Galvanik elementlar (yoki elektr tokining kimyoviy manbalari): Kimyoviy reaksiyalar energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan qurilmalar.
  • Elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.): Galvanik elementda hosil bo‗ladigan kuchlanish.
  • Elektrod potensiallari: Elektr yurituvchi kuchni ham har bir yarim reaksiya uchun to‗g‗ri keladigan ikki kattalikni ayirmasi deb qarash mumkin, bu kattaliklar elektrod potensiallari deb ataladi.
  • Standart (normal) elektrod potensiali: Elektrod jarayonida ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasi 1 mol/l ga teng bo‗lgandagi elektrod potensiali.
  • Korroziya: Ko‗pchilik metallar havo, suv, kislota va tuzlarning eritmalari ta‘sirida yemiraladi, bu hodisa deyiladi.
  • Kimyoviy korroziya: Metallga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va h.), elektrolit bo‗lmagan suyuqliklar ta‘sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo‗ladi, bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko‗p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallning gaz korroziyasi deb ataladi.
  • Elektrokimyoviy korroziya: Elektrolitlar ta‘sirida bo‗ladigan korroziya.
  • Korroziya aktivatorlari: Korroziyani tezlashtiruvchi moddalar.
  • Korroziya ingibitorlari: Korroziya muhitiga qo‗shilganda metallarning korroziyalanishini susaytiruvchi moddalar.
  • Elektroliz: Elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasiga tushirilgan elektrodlardan tuzilgan elektrokimyoviy sxema orqali o‗zgarmas elektr toki o‗tkazilganda boradigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni.
  • Faradey qonuni: Elektrodlarda ajralib chiqadigan modda massasi elektrolitdan o‗tgan tok miqdoriga proporsionaldir.