Sanoat farmatsiya

Ushbu kitob farmatsevtika sanoatida qo'llaniladigan dorilarni tayyorlash asosiy texnologiyalari bo'yicha nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Kitobda kukunlar, granulalar, tabletka, kapsulalar, surtmalar, linimentlar, kremlar, EMULSIYALR, suspenziyalar, in'eksion eritmalarning tayyorlanishi va ularning sifati bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, dorivor o'simliklardan olinadigan ekstraktlar va ularning turlari, spirtli eritmalar, nastoykalar, qiyomlar, moylar, shamchalar, kapsulalar, dori shakllarini tayyorlash jarayonlari, ularning asosiy texnologiyalari, ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularga qo'yiladigan talablar, sifati va standartlari, shu jumladan, GMP talablariga rioya qilish kabi muhim ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kukunlar: Quruq ekstraktlar va ularni ishlab chiqarish. Belladonna quruq ekstraktini ishlab chiqarish. Quruq ekstraktlar.
  • Granulalar: Granulalar va ularni ishlab chiqarish. Blemaren granulasini tayyorlash texnologiyasi.
  • Tabletkalar: Tabletkalar va tabletka mashinalari. Ularni ishga sozlash. Tabletka massasining texnologik xossalarini o‘rganish.
  • Kapsulalar: Kapsulalar va ularni ishlab chiqarish. Kapsulyatorlar. Yumshoq dori shakllari va ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Surtmalar va ularni ishlab chiqarish. Shamchalar va ularni ishlab chiqarish.
  • Suyuq eritmalarni tayyorlash: Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi. Yodni 5% li spirtli eritmasini ishlab chiqarish. Nastoykalar va ularni ishlab chiqarish.
  • Ekstraktlar: Suyuq ekstraktlar va ularni ishlab chiqarish. Quyuq ekstraktlar va ularni ishlab chiqarish. Moyli ekstraktlar va ekstrakt-konsentartlar.
  • In‘eksion dori turlari: Ampulalar, ularni yuvish va to‘ldirishga tayyorlash. In‘eksion suv va uni olish usullari. In‘eksion eritmalar va ularni ishlab chiqarish.