Tayyor dori turlari texnologiyasi

Mazkur kitob farmatsevtika sanoatida dorilarni tayyorlash texnologiyasi, jumladan, turli dori shakllarini (qattiq, suyuq, yumshoq) ishlab chiqarish jarayonlari, ularda ishlatiladigan yordamchi moddalar, ularga qo'yiladigan talablar, texnologik jarayonlar, sifatini baholash usullari hamda ularning asosiy vazifalari hamda mazkur fan bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • 1. Qattiq dori shakllari: Tabletkalar, kapsulalar, granulalar va boshqa qattiq dori shakllarining ta'rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Ularni tayyorlash usullari, texnologiyasi, sifatini baholash va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar.
  • 2. Yumshoq dori shakllari: Surtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellar, ularni tayyorlash texnologiyasi. Ularning tarkibi va ishlatilishi. Surtmalarning sifatini baholash. Ularda ishlatiladigan yordamchi moddalar.
  • 3. Suyuq dori shakllari: Eritmalar, nastoykalar, qiyomlar, xushbo'y suvlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Suyuq ekstraktlar va ularning olinish usullari, quruq va quyuq ekstraktlar tayyorlash texnologiyasi. Moyli ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.
  • 4. Novogalen preparatlari: Novogalen preparatlarining ta'rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Galen preparatlaridan farqlari. Ularni tayyorlash texnologiyasi.
  • 5. Ampulalar va ularni in'eksion eritma bilan to'ldirish: Ampulalar, ularning navlari, kimyoviy va termik barqarorligini aniqlash usullari. Ampulalarni sterilizatsiya qilish va ularni to'ldirish texnologiyasi.
  • 6. Moyli in'eksion eritmalar: Moylarning tavsifi, ulardan tayyorlanadigan eritmalar va ularning ishlatilishi. Moyli in'eksion eritmalarining sifatini tekshirish.
  • 7. Tabletkalar: Tabletkalarning tarixi, ta'rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Tabletkalarni tayyorlash texnologiyasi va ularning sifatini baholash.
  • 8. Shamchalar: Shamchalarning tarixi, ta'rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Ularni tayyorlash texnologiyasi va sifati.