Tayyor dori turlari texnologiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti ―Tayyor dori turlari texnologiyasi‖ fanidan tayyorlangan qisqacha mazmuni, asosiy tushunchalari va talabalar uchun tayyorlangan ma'lumotlar va ularni tahlil qilish asosida tuzilgan keyslar tizmasi.

Asosiy mavzular

  • Tayyor dori turlari texnologiyasi: Zamonaviy farmatsevtik texnologiya va farmatsevtika sanoatining rivojlanishi, dori turlari, ularning tasnifi, tayyorlash texnologiyasi, sifati, nazorati, standartlashi, nazariy va amaliy jihatlari, zamonaviy usullar, muammoli vaziyatlar va ularning echimlari.
  • Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi: Kukunlar to'g'risida umumiy tushunchalar, kukunlarning ta'rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Kukunlarni tayyorlashda ishlatiladigan dori va yordamchi moddalar va ularga qo'yiladigan talablar. Kukunlarni ishlab chiqarishning umumiy va xususiy texnologiyalari. Kukunlar saralash va maydalash texnologiyasi, sifati.
  • Granulalar tarixi, ta'rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi: Granulalar to'g'risida umumiy tushunchalar, granulalarning ta'rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Granulalarni tayyorlash usullari, ularning texnologiyasi, ishlatiladigan dori va yordamchi moddalar va ularga qo'yiladigan talablar. Granulalarni quritish usullari. Ishlatiladigan asboblar. Granulalarning umumiy va xususiy texnologiyasi.
  • Tabletkalar tarixi, ta'rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi: Tabletkalar haqida umumiy tushunchalar, ularning tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Tabletkalar tayyorlash texnologiyasi, presslash jarayoni, qolip hajmini belgilash, tabletkalarning kimyoviy va termik barqarorligini aniqlash, sifatini tekshirish.
  • Presslanadigan massaning texnologik xossalarini aniqlash: Presslanadigan massaning texnologik xossalari va ulardan olingan andoza tabletkaning qattiqligi va parchalanishi qoniqarli bo'lgan hollarda tabletkalar nam donadorlash usuli yordamida tayyorlanadi. Nam donadorlash usuli bo'yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik jarayonlar, tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Tabletkalarni qobiq bilan qoplash: Tabletkalarni qobiq bilan qoplashdan maqsad, qoplash usullari, qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar, hamda qobiqlangan tabletkalar sifatini baholash.
  • Rux oksidi surtmasini tayyorlash texnologiyasi: YuDSh va ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (asoslar), ularga qo'yilgan talablar, hamda qobiqlangan tabletkalar sifatini baholash.
  • Dimedrol shamchasini tayyorlash texnologiyasi: Shamchalar tarixi, ta'rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi, ularni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari.
  • Etil spirti quvvatini aniqlash va suyultirish usullari: Etil spirti quvvatini aniqlash, suyultirish usullari va hisobini olib borish haqida umumiy tushuncha.
  • Yodning 5 va 10% spirtli eritmalari: Spirtli eritmalar tarixi, ta'rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi.