“Giyohvand moddalar tahlili
Ushbu kitob "Giyohvand moddalar tahlili" fanidan o‘quv dasturi bo‘lib, unda giyohvand va psixotrop moddalarni, prekursorlarni va ularning toksikologik ahamiyatini, ularni ajratib olish va tahlil usullarini batafsil yoritib beradi. Kitobda narkotik analgetiklar, kannabinoidlar, fenilalkilaminlar, barbitur kislotasi hosilalari, fenotiazin hosilalari, 1,4-benzodiazepinlar, prekursorlar, galyutsinogenlar va boshqa nazorat qilinuvchi moddalarning kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalari, ularni biologik ob’ektlardan va suyuq namunalaridan ajratib olish va tahlil qilish usullari, shuningdek, ularning narkologik ahamiyati va toksikologik xususiyatlari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Kitobda laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatmalar va tavsiyalar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Giyohvand moddalar tahlili faniga kirish: Giyohvand moddalar tahlili fanining asosiy vazifalari, o‘rganiladigan umumiy masalalar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, BMT konvensiyasi, O‘zR qonunlari, tabiiy narkotik analgetiklar (opiy, omnapon, morfin, narkotin, kodein, mekon kislotasi, mekonin)ni ajratib olish va tahlil usullari.
- Sintetik narkotik analgetiklar: Dionin, geroin, apomorfinni ajratib olish va tahlil usullari.
- Opioid narkotik analgetiklar: Promedol, metadon, siklodol, petidinni ajratib olish va tahlil usullari.
- Kokain: Kokain, kokain saqlovchi preparatlar, peshobdan ajratib olish va tahlil usullari, kokainizm narkomaniyasi.
- Kannabinoidlar: Nasha tarkibidagi biofaol moddalar, kannabinoidlarni xom ashyosidan ajratib olish va aniqlash, ularni tamaki qoldiqlari, o‘simlik qismlari va narkomanlardan olingan ob’ektlardan aniqlash.
- Tabiiy fenilalkilaminlar: Efedrin, uning hosilasi efedron, meskalin, katin va katinonlarning narkologik ahamiyati va aniqlash usullari.
- Sintetik fenilalkilaminlar: Amfetamin, metamfetamin, ularning narkologik ahamiyati va tahlili, metoksi va metilendioksi hosilalari saqlagan fenilalkilaminlar, ularni narkologik ahamiyati va tahlili.
- Psixotrop moddalar: Barbitur kislota hosilalarining fizik-kimyoviy xossalari, narkologik ahamiyati, ularning rangli va mikrokristalloskopik reaksiyalari yordamida tahlili.
- Barbitur kislota hosilalarini ashyoviy dalillardan ajratib olish: YUQX “skrining”, UB-spektrofotometrik va boshqa fizik-kimyoviy usullarda sifat va miqdoriy tahlili.
- Neyroleptik moddalar: Aminazin, diprazin, tizersin, galoperidol, droperidol. Ashyoviy dalillardan ajratib olish, ularni sifat va miqdoriy tahlili.
- 1,4-benzodiazepin hosilalari: Umumiy ma’lumotlar. Ashyoviy dalillardan ajratib olish; kimyoviy, YUQX skrining usulida tahlili.
- 1,4-benzodiazepin hosilalari: Xlordiazepoksid, diazepam, nitrazepam, oksazepam, fenazepam, ajratib olish va tahlili.
- Prekursorlar: Toluol, atseton, sirka angidridi, kaliy permanganat, sulfat va xlorid kislotalari, ularning tahlili.
- Prekursorlarni tahlili: Ergotamin, ergometrin, lizergin kislotasi, antranil kislota, ularning tahlili.
- Gallyutsinogenlar va boshqa nazorat qilinuvchi moddalar: Psilotsin, psilosibin, LSD tahlil usullari.
- Gallyutsinogenlar va boshqa nazorat qilinuvchi moddalar: Fensiklidin, ketamin, fentanil, tahlil usullari.