Sud toksikologiyasi

Ushbu kitob toksikologiya va sud toksikologiyasi fanining asosiy nazariy va amaliy jihatlarini o‗z ichiga olgan o‗quv qo‗llanmadir. Unda zaharli moddalarning turlari, ularning organizmga ta'siri, organizmdagi o‗zgarishlari, ular bilan zaharlanishning oldini olish choralari, zaharli moddalarni ajratib olish, tozalash va aniqlash usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy kimyo-toksikologik ekspertiza usullari, jumladan, gaz xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, spektrofotometrik tahlil usullari va boshqalar keng o rin egallagan. Kitobda, shuningdek, umumiy kimyo, organik kimyo, biologiya, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, dori vositalarini sifat va miqdoriy tahlil qilish usullari, toksikologik kimyo, narkologiya, giyohvand moddalar tahlili, sud biokimyosi va ularda qo llaniladigan tahlil usullari, sud kimyosi ekspertizasi va uning nazariy asoslari ham yoritilgan. Nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda amaliy ko nikmalarni shakllantirish maqsadida turli savollar va laboratoriya mashg‗ulotlari bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Toksikologiya fanining kirish, maqsad va vazifalari. Toxsikologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi. Ashyoviy dalillarni dastlabki tekshirish.
  • Zaharli moddalarni biologik ob'yektlardan ajratib olish usullari: Zaharli va gangituvchi moddalarni biologik ob'yektlardan ajratib olish usullari. Nordonlashtirilgan suv usuli va undan foydalanish. Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi. Ajralmalarni yot moddalardan tozalash usullari.
  • Alkaloidlar va organik moddalarning kimyoviy tahlili: Alkaloidlarning umumiy tavsifi, ularga qo'llaniladigan umumiy va xususiy tahlil usullari. Purin, indol, tropan, xinolin guruhlari alkaloidlarining toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. Kofein toksikomaniyasi. Spektrofotometrik tahlil usuli.
  • Novokain, dikain, lidokain, dimedrol. Ularning toksikologik ahamiyati: Novokain, dikain, lidokain, dimedrol moddalarining kimyoviy tuzilishi, toksikologik ahamiyati, organizmga ta'siri, ajratib olish va tahlil usullari. FEK usulida tahlil qilish.
  • Sud toksikologiyasida antidepressant dori vositalari. TDSIS tahlil usuli: Antidepressantlar tasnifi, ularning toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. TDSIS usulida tahlil qilish.
  • Metan va is gazi bilan zaharlanish. Karboksigеmoglobinni qondan kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilish: Metan va is gazi bilan zaharlanish, ularning toksikologik ahamiyati va tahlil usullari. Karboksigеmoglobinni aniqlashning kimyoviy va fizik-kimyoviy usullari.
  • Alohida usulda ajratib tahlil qilinadigan moddalar: Mineral kislotalar, ishqorlar va ularning tuzlari. Pestitsidlar. Ularning sinflanishi, kimyoviy tuzilishi va toksikologik ahamiyati. Xlorofos, karbofos, geksaxloran, sintetik piretroidlar. Ularni ajratib olish va tahlil usullari.
  • Detoksikasiya usullari va antidotlar: Zaharlanishni oldini olish va davolash usullari. Antidotlar va ularning qo‗llanish sohalari.
  • Sud biokimyosi va unda qo‗llaniladigan tahlil usullari: Sud biokimyosining maqsadi va vazifalari. Biokimyoviy tahlil usullari. Glikogenni biologik ob'yektlarda aniqlash reaksiyalari.
  • Sud kimyosi ekspertizasi: Sud kimyosi, sud-kimyo ekspertizasi, sud kimyogarlari, ularning vazifalari, etika va deontologiyasi. Ekspertiza dalolatnomasini yozish va himoyalash.