Hayot faoliyati xavfsizligi

“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi xududining ayrim joylari (Navoiy va Toshkent viloyatlari), Fanlar Akademiyasining YAdro fizikasi instituti Toshkent viloyati Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan radioaktiv xavfli zonalar xisoblanadi. YAdro fizikasi instituti atrofida 3ta zona belgilangan: - zaxarlanish ehtimoli bor zona (R=1 km); - sanitariya muxofazasi zonasi (R=3 km); - kuzatish zonasi (R=15 km). O‘tuvchi radiatsiya. O‘tuvchi radiatsiya - gamma nurlari va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda ketadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil bo‘ladi. Radiatsiya faktorining ta’sir vaqti 15-25 s. ni tashkil etadi. Bu faktorni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri - nurlanish dozasi (D) hisoblanadi. Nurlanish dozasi bir birlik nurlanayotgan muxitni yutgan ionlovchi nurlari energiyasi miqdoriga teng rentgen va greylarda o‘lchanadi. Radiatsiya faktorining ta’siri ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. Kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar (avariyalar) deganda kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli favqulodda vaziyat vujudga kelishi tushuniladi. Radiatsion muxofaza – bu radioaktiv moddalarning aholiga, fuqaro muxofazasi kuchlariga va xalq xo‘jalik inshootlari va ularda ishlovchi xodimlarga zararli ta’sirining oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.

Asosiy mavzular

  • 1. «Hayot faoliyati xavfsizligi» faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari.: “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining umumiy maqsadi-xavfsiz kelajakni ta’minlashning birdan-bir yo‘li bu iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muxofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borishdir. Buning asosida rivojlanishning hamma jarayonlarini tekis o‘sib borishini ta’minlash, umumbashariy tabiiy zaxiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta’minlaydigan etuk kadrlarni tayyorlash masalalari yotadi.
  • 2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari: Favqulodda vaziyatlar – bu muayyan hududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga ziyon etkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir.
  • 3. Farmatsevtika muassasalarida texnika vositalaridagi xavf hatarlar va ulardan muhofazalanish: Farmatsevtika muassasalarida ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigienik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
  • 4. Farmatsevtika muassasalarida xavfsizlik vositalari: Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar, mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari, ximoya to‘siqlari xaqida ma’lumot berish va u jarayonlarni o‘rganish.
  • 5. Farmasevtik muassasalari hududini obodonlashtirish uskunalarni joylashtirish,ergonomika elementlari va xavfsizlik belgilari: Ergonomika ishlab chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan, ish qobiliyali pasaymagan va sog‘ligini yo‘qotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda funksional imkoniyatlarni o‘rganuvchi fandir. Ergonomika ko‘rsatkichlari bilan tanishadilar.
  • 6. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligi psixologiyasi: Xavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizliginita’minlash uchun psixomantiqiy bilimlarni qo‘llash tushuniladi. Xavfsizlik psixologiyasi psixomantiqiy jarayonlar va xususiyatlarni o‘rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixomantiqiy holatlarning har xil shakllarini, aynan to‘liq tahlil qiladi.
  • 7. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish.: HFXni boshqarish - bu obyektni ongli ravishda bir holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
  • 8. Farmatsevtika muassasalarida sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari organish, hisobga olish tartibi.: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olish shart.
  • 9. Farmatsevtika muassasalarida sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish asoslari.: Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
  • 10. Chang va uning inson organizmiga ta`siri. Changdan himoyalanish. Farmasevtika muassasalarida changlangan havoni tozalash va unda ishlatiladigan qurilmalar.: Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyat xavfsizligi, faoliyat, yoritish vositalari, lampalar,yoritilganlik, yorug‘lik tezligi, to‘lqin uzunligi, yoritilganlik koeffitsienti, yorug‘lik oqimi, ravshan-lilik, ultrabinafsha va infraqizil nurlari, elektromagnit maydon. Mavzuni ahamiyati. Sanoat changi atrof muxitni ifloslantiruvchi antropogen manbalarga kiradi. Chang - bu qattiq moddalarning mayda zarrachalarini havodagi aralashmasidir.
  • 11. Farmatsevtika muassasalarida ob-havo sharoitlari va miroiqlim sharoitlari: Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; havo, mikroiqlim, inson organizmi, “inson-muhit” sistemasi, sanitar-texnik, gigiena, meyor, davlat standarti, sezgi analizatorlari, atmosfera ifloslanishi, kasb kasalliklari. Mashg‘ulot maqsadi: Ob-havo sharoiti va uni inson faoliyatiga bog‘liqligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish.
  • 12. Farmatsevtika muassasalarida shovqin va titrashning inson organizmiga ta’siri.: Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyati xavfsizligi, faoliyat, tovush, silkinish, detsibel, shovqindan ximoyalanish vositalari. Mashg‘ulot maqsadi: SHovqin xaqida umumiy ma’lumotlar. Tovushning asosiy o‘lchov birliklari. SHovqin darajasini meyorlashtirish va o‘lchash. SHovqindan ximoyalanish vositalari va usullari xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari.
  • 13. Zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri.: Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Rentgen va gamma nurlar, alfa nurlari, betta nurlari, ionlashish, radioaktiv xavfsizlik normalari, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan dozalari, izotoplar, nurlanish, ichki va tashqi nurlanishlar, dozimetrik asboblar, nur qaytarish ekranlari.
  • 14. Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri. Farmatsevtika muassasalari ish faoliyatida magnit maydonidan saqlanish: Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyat xavfsizligi, faoliyat, nurlanishlar, magnit maydon, elektr maydon, maydon kuchlanishi, nur qaytarish ekranlari. Mashg‘ulot maqsadi: Elektromagnit maydonining tavsifi. O‘zgaruvchi elektromagnit maydonlarning inson organizmiga ta’siri. Elektromagnit maydonining normalari. Muxofaza usullari. O‘lchov asboblari. Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari xaqida ma’lumot berish.
  • 15. Farmatsevtika muassasalarida yoritish tizimlari: Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; havo, mikroiqlim, inson organizmi, “inson-muhit” sistemasi, sanitar-texnik, gigiena, meyor, davlat standarti, sezgi analizatorlari, atmosfera ifloslanishi, kasb kasalliklari. Mashg‘ulot maqsadi: Ob-havo sharoiti va uni inson faoliyatiga bog‘liqligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish.
  • 16. Favqulodda vaziyatlar: tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Farmatsevtika muassasalarida ishchilarni favqulotda hodisalar vaqtida xavfsizligini ta’minlash: Favqulodda vaziyatlar: tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Tabiiy ofatlarning qisqacha tavsifi. Zilzilalar, vulqonlar otilishi va boshqa tabiat hodisalari. Tabiiy ofatlardan muhofazalanish yo‘llari. Kimyoviy xavf ma’nbalari. Radiatsiyaviy xavfli ob’ektlari. Farmatsevtika muassasalarida ishchilarni favqulotda hodisalar vaqtida havfsizligini ta’minlash.
  • 17. Farmatsevtika muassasalarida yong‘inni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.: Yong‘in turlari, yonish jarayonining mexanizmi. Yong‘indan himoyalash tashkilotlari tizimi. Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari. Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari, yong‘in darakchilari va aloqa tizimi. YOng‘inga qarshi kurash xizmatini tashkil qilish.
  • 18. Farmatsevtika muassasalari xodimlarining yong’in xavfsizligini ta’minlashdagi burchlari: Farmatsevtika muassasalarida faoliyat olib borayorgan har bir xodimlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi burchlari va majburiyatlari nimalardan iborat ekanligini o‘rganadi.