Farmatsevtik kimyo
Farmatsevtik kimyo va dori moddalarini tahlil qilish boʻyicha uslubiy qoʻllanma. Ushbu qoʻllanmada farmatsevtika sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun zarur boʻlgan fundamental bilimlar va koʻnikmalar jamlangan. Kitobda dori moddalarining umumiy va xususiy sifat reaksiyalari, ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari, tahlil usullari hamda ularning sanoatda olinishi, chinligi, tozaligi va miqdorini aniqlash kabi masalalar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Umumiy farmatsevtik kimyo: Farmatsevtik kimyo fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari. Dori vositalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari. Dori moddalari miqdorini aniqlash usullari.
- Maxsus farmatsevtik kimyo. Noorganik dori moddalari: s, p, d-elementlari hosilalari - dori vositalarining olinishi va tahlili. Halkogenlar, bor, azot, vismut va alyuminiy birikmalari. Diagnostika uchun qo’llaniladigan dori vositalari.
- Maxsus farmatsevtik kimyo. Organik tuzilishiga ega bo’lgan dori moddalar: Uglevodorodlar, atsiklik alkanlar galogen xosilalari, spirtlar, aldegidlar va uglevodlarning tibbiyotda qollaniladigan preparatlari tahlili. Alifatik karbon kislotalar, alifatik aminokislotalar guruhiga kirgan dori vositalari tahlili. Betalaktam antibiotiklar – penitsillinlar va sefolosparinlarning dori vositalari tahlili.
- Aminoglikozidlar va makrolid antibiotiklar: Aminoglikozidlar va makrolid antibiotiklar guruhiga kirgan dori vositalarining tasnifi, olinishi, tahlil usullari, ishlatilishi.
- Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili: Levomitsetin, adrenalin gidrotartrat, noradrenalin gidrotartrat.
- Benzolsulfanilamidlar guruhi va ularning hosilalari tahlili: Streptotsid, norsulfazol, ftalazol, sulgin, etazol.
- Diuretik va antiseptic xususiyatli benzolsulfanilamidlar tahlili: Furosemid, pantosid, xloramin B.
- Geterotsiklik birikmalar. Nitrofuran guruhiga kiruvchi dori vositalari tahlili: Furadonin, furazolidon, furatsilin.
- Fenilxroman qator dori moddalar tahlili: Rutin, kvertsetin.
- Aromatik karbon kislotalar va ularning tibbiyot amaliyotida qoʻlaniladigan hosilalari tahlili: Benzoy kislota, salitsil kislotasi, atsetilsalitsil kislotasi, fenilsalitsilat.
- Aromatik aminokislotalar va ularning hosilalari tahlili: Anestezin, novokain, novokainamid, dikain.
- Pirimidin 2.4-dion hosilalari tahlili: Metiluratsil, ftoruratsil, ftorafur.
- Pirimidin 2.4.6 - trion hosilalari tahlili: Barbital, fenobarbital, benzonal.
- Piridin qator dori moddalari: Piridin 3-karbon kislotalar tahlili. Nikotin kislotasi, nikotinamid, nikodin, koamid.
- Piridin 4 - karbon kislotalar tahlili: Izoniazid, ftivazid, metazid, nialamid.
- Xinolin qator dori moddalari: Xinolin - 4 xosilasi tahlili: xinin gidroxlorid, xinin digidroxlorid, xinin sulfat, xingamin, trixomanatsid, nitroksolin.
- Izoxinolin xosilalari tahlili: Papaverin gidroxlorid, drotoverin gidroxlorid (no-shpa), apomorfin, glautsin gidroxlorid.
- Pirimidin-tiazol xosilalari tahlili: Tiamin xlorid, tiamin bromid.
- Purin xosilalari tahlili: Kofein, teobromin, eufillin, teofillin, kofein-benzoat natriy.
- Pterin xosilalari tahlili: Fol kislotasi.
- Izoalloksazin xosilalari tahlili: Riboflavin, riboflavin mononukleotid.
- Azepin, benzodiazepin va oksazin qator dori moddalari tahlili: Azepin, benzodiazepin va oksazin.