Farmatsevtik kimyo

Ushbu kitob "Farmatsevtika va toksikologik kimyo" fanining nazariy va amaliy qismini o'z ichiga oladi. Kitobda dori moddalarining olinishi, kimyoviy tuzilishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari, ularning sifatini nazorat qilish (tahlil) usullari, saqlash sharoitlari hamda dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy farmatsevtik kimyo: Farmatsevtik kimyo fanining mohiyati, maqsad va vazifalari. Dori vositalarining umumiy farmakopeyaviy taxlil usullari. Dori moddalarining tasniflanishi. Dori moddalarining sifatini nazorat qilish davlat tizimi. Me'yoriy texnik hujjat turlari. Davlat farmakopeyasi dori-darmonlar sifatini normaga solib turuvchi umumdavlat standartlar va talablar to'plami. Me'yoriy texnik hujjat tuzilishi va ko'rsatkichlari.
  • Maxsus farmatsevtik kimyo. Noorganik dori moddalari: s, p, d-elementlari hosilalari - dori vositalarining olinishi va tahlili. Halkogenlar, bor, azot, vismut va alyuminiy birikmalari. Diagnostika uchun qo‘llaniladigan dori vositalari.
  • Maxsus farmatsevtik kimyo. Organik tuzilishiga ega bo‘lgan dori moddalar: Uglevodorodlar, atsiklik alkanlar galogen xosilalari, spirtlar, aldegidlar va uglevodlarning tibbiyotda qollaniladigan preparatlari. Alifatik karbon kislotalar, alifatik aminokislotalar guruhiga kirgan dori vositalari. Betalaktam antibiotiklar – penitsillinlar va sefolosparinlarning dori vositalari. Aminoglikozidlar va makrolid antibiotiklar. Alifatik tsiklik birikmalarning tibbiyotda qo′laniladigan hosilalari. Aromatik birikmalar. Fenollar. Aromatik karbon kislotalar va ularning tibbiyot amaliyotida qo′laniladigan hosilalari. Aromatik aminokislotalar va ularning hosilalari. Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar guruhiga kirgan dori moddalari. Benzolsulfanilamidlar guruhi va ularning hosilalari. Diuretik va antiseptic xususiyatli benzolsulfanilamidlar. Geterotsiklik birikmalar. Nitrofuran va benzopiran guruhiga kiruvchi dori vositalari.