Farmatsevtik kimyo
Ushbu kitob farmatsevtika kimyosi fanini o‘rganishga bag‗ishlangan bo‗lib, u dori moddalarining olinishi, kimyoviy tuzilishi, sifatini nazorat qilish usullari, farmakologik ta‘siri, shuningdek ularni tibbiyotda qo‘llash hamda ularning tahlil usullari va saqlanishi kabi muhim masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda umumiy farmatsevtik kimyo, noorganik tuzilishga ega bo‘lgan dori moddalari, organik tuzilishga ega bo‘lgan dori moddalari, shu jumladan uglevodorodlar, alifatik birikmalar, geterotsiklik birikmalar, alkaloidlar, steroidlar, vitaminlar va boshqa muhim sinf dori moddalarining olinishi, xossalari, tahlili, qo‗llanilishi va saqlanishi batafsil yoritilgan. Kitob oxirida har bir laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha nazorat savollari va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Farmatsevtik kimyo farmatsiya fanlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallab, dori moddalarining olinishi, kimyoviy tuzilishini aniqlash, sifatini nazorat qilish va standartlash, turg‘unligini, saqlash muddatini aniqlash va saqlash sharoitini belgilab berish kabi muammolarni hal etadi. Ushbu fan asos kimyo va fizika, tibbiyot fanlarining qonuniyatlari va usullaridan dori vositalarini izlab topish, ularni sifatini nazorat qilish uchun foydalanib, dori moddalari va dori preparatlarining sifatini baxolash, shuningdek biofarmatsevtik, farmakokinetik tahlil usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Dori vositalari uchun asosiy sifat standartlari bo‘lgan me'yoriy hujjatlar, ularning tuzilishi, ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish, dori vositalarining barqarorligini ta'minlash va yaroqlilik muddatini aniqlash, saqlash sharoitlarini belgilab berish ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan. Dori vositalarining sifatliligini ularning tozaligi orqali belgilanganligi uchun ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan, shuningdek yot aralashmalarni aniqlashning aniq va sezgir usullarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Dori vositalarini nomenklaturasining ortib borishi, dori ishlab chiqaruvchi korxonalar sonining ko‘payishi, ayni bir xil dori preparatining bir necha o‘nlab sotuv nomlari bilan generik xolatda ishlab chiqarilishi va respublikamiz xududiga kiritilishi, shuningdek, dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib borishi axolini sifatli ko‘zlangan biologik samaraga ega bo‘lgan dori vositalari bilan ta‘minlashga o‘ta extiyotkorlik bilan yondoshishini taqozo etadi. Buning uchun dori vositalari va dorivor o‘simliklar xom ashyosi xavfsizligi va sifatini oshirish muammolarini echimini topish talab etiladi. Fanni o‘rganish jarayonida dori moddalarining kimyoviy tuzilishi va stereoximiyasini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy fizikoviy kimyoviy usullarga jumladan, potentsiometrik, amperiometrik, polyariometrik usullar, absorbtsion usullardan fotokolorimetrik spektrofotometrik, IK spektroskopik radioto‘lqini chastotasida olinadigan spektrlardan yadro magnit rezonansi, elektron paramagnit rezonansi, YAMR 13S, shuningdek, termik taxlil usullariga keng o‘rin berilgan. Dori vositalarining sifati ularning olinish usullariga, saqlanish sharoitiga va fizikoviy-keimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning sifat standartlari, sifat standartlarining ko‘rsatkichlarini aniqlashda qo‘llaniladigan fizikoviy kimyoviy usullar xaqida xam batafsil nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi—ta‘lim soxasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan de mokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas'uliyatli vazifadir. Ushbu modernizatsiya qilingan fan dasturi Vazirlikning 2008 yil 30 maydagi ―Fan dasturlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risida‖gi 160-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, ―Fanlarning o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma‖ va ―Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratish tartibi‖ asosida ishlab chiqilgan. Farmatsevtik kimyo farmatsiya fanlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallab, dori moddalarining olinishi, kimyoviy tuzilishini aniqlash, sifatini nazorat qilish va standartlash, turg‘unligini, saqlash muddatini aniqlash va saqlash sharoitini belgilab berish kabi muammolarni hal etadi. Ushbu fan asos kimyo va fizika, tibbiyot fanlarining qonuniyatlari va usullaridan dori vositalarini izlab topish, ularni sifatini nazorat qilish uchun foydalanib, dori moddalari va dori preparatlarining sifatini baxolash, shuningdek biofarmatsevtik, farmakokinetik tahlil usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Dori vositalari uchun asosiy sifat standartlari bo‘lgan me'yoriy hujjatlar, ularning tuzilishi, ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish, dori vositalarining barqarorligini ta'minlash va yaroqlilik muddatini aniqlash, saqlash sharoitlarini belgilab berish ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan. Dori vositalarining sifatliligini ularning tozaligi orqali belgilanganligi uchun ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan, shuningdek yot aralashmalarni aniqlashning aniq va sezgir usullarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘qitish auditoriya darslari, laboratoriya darslari, mustaqil ta‘lim, kurs ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, hamda takomillashtirilgan dastur asosida bilim berish kabi shakllardan iborat.
- Fanning qisqacha tavsifi: Farmatsevtik kimyo farmatsiya fanlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallab, dori moddalarining olinishi, kimyoviy tuzilishini aniqlash, sifatini nazorat qilish va standartlash, turg‘unligini, saqlash muddatini aniqlash va saqlash sharoitini belgilab berish kabi muammolarni hal etadi. Ushbu fan asos kimyo va fizika, tibbiyot fanlarining qonuniyatlari va usullaridan dori vositalarini izlab topish, ularni sifatini nazorat qilish uchun foydalanib, dori moddalari va dori preparatlarining sifatini baxolash, shuningdek biofarmatsevtik, farmakokinetik tahlil usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
- Tuzuvchilar: N.A. Yunusxodjaeva - farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti, R.A. Xusainova -Farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti, A.A. Jurayeva - Farmatsevtik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
- Taqrizchilar: G.M. Ismailova – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti, farmatsevtika fanlari doktori, professor. A.F. Do‘smatov – ―Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi‖ Davlat Unitar Korxonasi farmakopeya qo‘mitasi raisi, f.f.d.