Farmakoterapiya

Mazkur kitob «FARMAKOTERAPIYA» fan dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, farmakoterapiya muayyan patologik jarayonda eng samarali va havfsiz dori vositalarini klinik farmakologik xususiyatini e’tiborga olgan holda to‘g‘ri tanlash, hamda o‘tkazilayotgan davolash samaradorligini baholovchi mezonlar bilan ta’minlashga qaratilgan. Kitobda asosiy kasallik yoki kechayotgan patologik jarayon xususiyatlari va ba’zi ichki va tashqi omillarning ta’sirini e’tiborga olgan holda eng havfsiz va samarali dori vositani tanlash va davolash uchun qo‘llash, har bir muayyan holatda optimal dozalash tartibini aniqlash, o‘tkazilayotgan davolash jarayoni samaradorligi va havfsizligini baholovchi nazorat usullarini tanlash va qo‘llash, nojo‘ya ta’sirlarni kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish, oldini olish va ro‘y berganda bartaraf etish kabi muhim bilimlarni o‘z ichiga oladi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar aniq belgilab berilgan.

Asosiy mavzular

  • I. Mavzu. Qon aylanishi etishmovchiligida (o‘tkir va surunkali) dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish.: Surunkali yurak etishmovchiligi (SYUE) – bu yurak qon-tomir tizimi kasalliklari natijasida yuzaga keladigan, yurakning nasos funksiyasini susaytiruvchi va surunkali neyrogormonal tizim giperaktivatsiyasiga olib keluvchi kasallik. SYUE yuzaga kelish sabablari: YUIK, arterial gipertenziya, turli genezli kardiomiopatiya, yurak poroklari. SYUE - progressivlovchi kasallik, lekin zamonaviy davolash metodlari kasallik rivojlanishini sezilarli sekinlashtirishi xamda bemor axvolini yaxshilashi mumkin. SYUE terapiyasi bemorlar o‘limini kamaytirish, yurak etishmovchiligi dekompensatsiya bosqichi og‘irligi va sonini kamaytirish, bemor hayotining sifatini yaxshilash va SYUE bor bemorning kasalligi prognozini yaxshilashga qaratilgan. Kitobda SYUEning funksional sinfiga qarab AKF ingibitorlari, Angiotenzin II retseptorlari blokatorlari, B-adrenoblokatorlar, aldesteron retseptorlari blokatorlari, diuretiklar va yurak glikozidlari qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
  • II. Mavzu. Turli etiologiyali shish sindromida qo‘llanadigan diuretik dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish.: Organizmda suyuqlik hajmini o‘zgarishi va elektrolitlar tarkibining buzilishi ko‘p kuzatiladi va bemor hayotiga xavf tug‘diradigan klinik muammolarni keltirib chiqaradi. Tuz-suv muvozanati buzilishi va shish sindromini rivojlanishiga sabab bo‘lib, yurak-qon tomir va endokrin tizimlari, buyrak, jigar va boshqa organlarning kasalliklari hisoblanadi. Aniqlangan tuz-suv muvozanati buzilishlarida diuretik DV keng qo‘llanadi. Nefronning ma’lum joyi va diuretik ta’sir ko‘rsatish mexanizmi, ta’sir davomiyligi va tezligiga ko‘ra bir qancha preparatlar mavjud. Muayyan klinik holatda bemorga shaxsiy yondoshgan holda diuretik preparatni tanlash kasallikni o‘ziga xos kechuvi, gomeostaz buzilishlari, yurak-qon tomir va endokrin tizimi, jigar va buyraklarning holati, hamda diuretik preparatlarning farmakokinetik, farmakodinamik xususiyatlari va nojo‘ya ta’sirlarini e’tiborga olgan holda o‘tkaziladi. SHoshilinch klinik holatlarda tanlov preparati bo‘lib, qovuzloqdi diuretiklar hisoblanadi.
  • III. Mavzu. Arterial gipertoniyalarda dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish.: Arterial gipertenziya (AG) – arterial qon bosimi (AB) oshishi bilan kechuvchi sindromdir (sistolik AB 140 mm.s.u.dan yuqori yoki diastolik AB 90 mm.s.u.dan yuqori). AG sindromining zamonaviy davolash usuli barcha modifisikasiyalashgan xavf omillariga ta’sir kilish bilan AB ni normal yoki optimal darajada tiklashga karatilgan. GK ni davolash erta, differensiallashgan, asoratlar profilaktikasi va kasallik zo’rayishini oldini olishga qaratilgan, aktiv va davomiy bo‘lishi lozim. Davolash umrining oxirigacha davom ettiriladi. Tanaffusli, kursli davolash tartibi bemorning xolati va kasallik rivojlanishining bosqichlariga qarab shakllanadi. AGni davolashda asosiy vazifalar: AGning oshishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish, qon bosimini normal holatda ushlab turish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash va kasallikning asoratlarini oldini olish.
  • 4-mavzu. Tomir tonusini oshiruvchi preparatlarni tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish.: Tomirlar tonusini oshiruvchi DV o‘ziga katta guruh preparatlarini mujassamlashtiradi va yurak zarb hajmi va yoki periferik qon tomirlar hajmini oshirib, arterial bosimni ko‘taradi. Ularga kiradi: 1. Markaziy ta’sir etuvchi preparatlar (psixostimulyatorlar, psixotoniklar, analeptiklar). 2. Periferik asab tizimini rag‘batlantiruvchi preparatlar. 3. Miotrop ta’sir etuvchi preparatlar: angiotenzinamid. Bu guruh preparatlari turli genezdagi shok holatlarida, kollaps, arterial gipotoniya, qon bosimni tushib ketishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalarda keng qo‘llanadi. Preparatlar yoki ular kombinatsiyasini tanlash quyidagilarga asoslangan holda o‘tkaziladi: Kasallikni nozologik shakli; YUrakning asosiy funksiyasi holati; Bemorda yondosh kasalliklarni borligi; CHiqarish organlarining funksional holati; Preparatning klinik–farmakologik xususiyatlari; Nojo‘ya ta’sirlarining rivojlanish darajasi.
  • 5-mavzu. Antianginal dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish.: Stenokardiya turi (turg‘un, birinchi aniqlangan, avjlanuvchi-nostabil, variantli) va davolash maqsadidan kelib chiqqan xolda eng samarali va xavfsiz preparat yoki uning kombinatsiyasini tanlash. YUborish yo‘llari va dozalash tartibini (bir martalik, sutkalik va kurs uchun dozalar) belgilash. Antianginal davolash samarasini nazorati. Davolash samarasini oshirish maqsadida dori vositani ratsional kombinatsiyalash. Ambulator sharoitda davolash uchun «P-dori»ni tanlash. Miokard infarktining o‘tkir davrida gospital va ungacha bo‘lgan bosqichlarda shoshilinch yordam berish uchun zarur va xavfsiz bo‘lgan dori vosita tanlash: dozalash tartibi va nazorat usullarini. Dori vositaning o‘zaro ta’sirlarini e’tiborga olgan xolda ratsional kombinatsiyasi. Dori vositaning klinik-farmakologik xususiyatlari va klinik xolatni o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan xolda rivojlanishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarni oldini olish.
  • 6-mavzu. YUrak ritmi buzilishlarida qo‘llanadigan dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish.: Antiaritmik davolashni o‘tkazish tamoyillari. Aritmiyalar etiologiya va patogenezi, xamda dori vosita farmakokinetikasini o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi yondosh kasalliklarni xisobga olgan xolda preparatlarni tanlash. YUborish yo‘llari va dozalash tartibi. Antiaritmik preparatlar samaradorligini baxolash. Rivojlanishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar va ularni bartaraf etish. Antiaritmik preparatlarni o‘zaro va boshqa preparatlar bilan ratsional kombinatsiyasi. Ritm buzilishlarini oldini olish maqsadida «P-preparat» tanlash. Kasalxonagacha bo‘lgan bosqichlarda keskin aritmiyalarda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan samarali va xavfsiz preparatlarni tanlash.
  • 7-mavzu. Gemostaz buzilishlarini korreksiyalashda qo‘llanadigan dori vositani tanlash va qo‘llashga yondoshish.: Antitrombotik davo uchun asosiy talablar. Tromboz darajasi, tromb joylashuvchi va preparatlar farmakokinetik xususiyatlariga bog‘liq xolda trombolitik va fibrinolitik preparatlarni tanlash. Patologik jarayon xususiyatlariga bog‘liq xolda antitrombotik preparatlarni dozalash tartibi sxemasini tanlash. Trombolitiklar qo‘llashda xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat usullarini belgilash. Nojo‘ya ta’sirlarni oldini olish. Dori vositani ratsional kombinatsiyasi. Davolash maqsadi, ba’zi ichki va tashqi omillar ta’sirini e’tiborga olgan xolda bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi antikoagulyantlarni dozalash tartibini tanlash. Dorilar nojo‘ya ta’sirlarini ko‘ra bilish va bartaraf etish. Antikoagulyantlarni boshqa dori vosita bilan o‘zaro ta’siri. Ambulatoriya sharoitlarida uzoq «profilaktika» maqsadida ishlantiladigan «P-preparat» - bevosita antikoagulyant tanlash. Arterial trombozlarni samarali va xavfsiz bo‘lgan profilaktikasini ta’minlash (antiagregantlar).
  • 8-mavzu. Bronxoobstruktiv sindromni davolashda dori vosita tanlash algoritmi.: Bronxoobstruktiv sindrom rivojlanish xususiyatlari, etiologik omillari, jarayon kechuvining og‘irlik darajalari, hamda ba’zi gurux preparatlarning klinik-farmakologik xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda preparatlarni tanlash. SHoshilinch yordam ko‘rsatish uchun eng samarali va xavfsiz dori vositani tanlash. Ambulatoriya sharoitlarida uzoq «profilaktika» o‘tkazish uchun «P-preparat» yoki ularning kombinatsiyasini tanlash. Nojo‘ya ta’sirlarni oldini olish uchun nazorat usullarini o‘tkazish. Bronxoobstruktiv sindromni davolashda qo‘llanadigan dori vositaning o‘zaro ta’siri va klinik axamiyati.
  • 9-mavzu. YUqumli kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan mikrobga qarshi preparatlarni tanlash algoritmlari.: Mikrobga qarshi preparat yoki ular kombinatsiyasini qo‘zgatuvchining turi, preparatni mikrobga qarshi sezuvchanligi, hamda kasallikni klinik kechuvini xisobga olgan xolda tanlash tamoyillari. Antibiotiklarga chidamlilik turlari va mikroflorani ikkilamchi chidamliligi xollarida bo‘lganida antibakterial preparatlarni tanlash. Organ va to‘qimalarga kirish xususiyati va to‘planishini xisobga olib antibakterial preparatni tanlash. Mikrobga qarshi preparatlarni surilishiga qarab yuborish usullarini tanlash. Dozalash tartibi va dozalash tartibi korreksiyasini talab etuvchi xolatlar. Mikrobga qarshi preparatlarning o‘zaro ta’sirlari (sinergizm, antagonizm) va ular kombinatsiyasi. Nojo‘ya ta’sirlar, oldini olish va bartaraf etish.
  • 10-mavzu. Ba’zi me’da-ichak yo‘li kasalliklari, ichak dispepsiyasi sindromini davolashda qo‘llanadigan dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish.: Kislotali-peptik omil faolligini pasaytiruvchi; antixolinergik preparatlar; N2-gistamin retseptorlari blokatorlari; «proton nasosi» ingibitorlarining klinik-farmakologik xususiyatlari. Helicobacter pylori eradikatsiyasi uchun qo‘llanadigan va gastroprotektiv ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositaning klinik farmakologiyasi. O‘tkazilayotgan davolash samaradorligi va xavfsizligini ta’minlovchi nazorat usullari. Nojo‘ya ta’sirlar va ularni oldini olish. Dori vositani ratsional va noratsional kombinatsiyasi. «P-preparat» yoki ular kombinatsiyasini tanlash.
  • 11-mavzu. Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarini tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish.: O‘t xaydovchi moddalar: o‘t xosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi va o‘t xaydalishini kuchaytiruvchi preparatlar. Muayyan patologik xolatda preparatlarni tanlash. O‘t yo‘llarini bo‘shashtiruvchi dori vositalar. Berilishiga ko‘rsatmalar, mo’neliklar va nojo‘ya ta’sirlar. Xolelitiazda qo‘llaniladigan preparatlar. Berilishiga ko‘rsatmalar, mo‘neliklar va nojo‘ya ta’sirlar. Gepatoprotektorlar. Berilishiga ko‘rsatmalar. Nojo‘ya ta’sirlar. Proteaza ingibitorlari.
  • 12-mavzu. Revmatik va autoimmun kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan preparatlarni tanlashga klinik farmakologik yondoshish.: YAllig‘lanishga qarshi dori vositalarni patologik jarayon, dori vositani ta’sir mexanizmi va farmakodinamikasini e’tiborga olgan xolda qo‘llashga ko‘rsatmalar. Dori vositani farmakokinetik ko‘rsatkichlari va eliminatsiyalovchi organlar xolatini xisobga olib dozalash tartibi. Davolash samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish. Nojo‘ya ta’sirlarni aniqlash va oldini olish. Dori vositalarni o‘zaro ta’siri. Glyukokortikosteroidlarni qo‘llashga ko‘rsatmalar, preparatlarni tanlash va dozalash tartibi, nazorat usullarini belgilash. Nojo‘ya ta’sirlarni oldini olish chora-tadbirlari va bartaraf etish usullari. Uzoq bazisli davolash uchun immunomodulyasiyalovchi ta’sirga ega bo‘lgan eng xavfsiz va samarali preparatlarni tanlash. Nazoratni tashkil qilish, nojo‘ya ta’sirlarni oldini olish, ratsional kombinatsiyalash. «P-preparat» yoki ularning kombinatsiyasini belgilash.
  • 13-mavzu. Metabolizmni yaxshilovchi dori vositalarni tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish.: Metabolizmni yaxshilovchi dori vositalarni ta’sir mexanizmi va farmakodinamikasini e’tiborga olgan xolda qo‘llashga ko‘rsatmalar. Dori vositani farmakokinetik ko‘rsatkichlari va eliminatsiyalovchi organlar xolatini xisobga olib dozalash tartibi. Davolash samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish. Nojo‘ya ta’sirlarni aniqlash va oldini olish. Dori vositalarni o‘zaro ta’siri.
  • 14-mavzu. Anemiyani davolashga klinik farmakologik yondoshish.: Anemiyani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari, ularning farmakodinamikasi va farmakokinetikasi, patologik jarayonlarning kechishi, shuningdek, bemorlarni individual yondashuv asosida davolash usullarini tanlash. Shuningdek, preparatlarni tanlashda ularning nojo‘ya ta’sirlari va o‘zaro ta’sirlar, shuningdek, bemorning yoshi va jinsini xisobga olish kerak.