Biologik kimyo
Biologik kimyo fanining nazariy va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirishga qaratilgan ushbu o'quv dasturi talabalarga organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning kimyoviy asoslari, energiya va modda almashinuvi, genetik axborot mexanizmlari va ahamiyati, fermentlarning roli, gormonlar va vitaminlarning vazifasi hamda kasallikning biokimyoviy tashxis prinsiplarini o'rganish imkonini beradi. Dastur V semestrga mo'ljallangan bo'lib, unda molekulyar patologiya haqida tushuncha, molekulyar kasalliklarning paydo bo'lish mexanizmlarini bilishi va ulardan foydalana olishi, sodda biokimyoviy tekshirishlar tajribalarini mustaqil qo'yishi, biokimyoviy tadqiqotlarning bajarishda fotometrik, elektroforetik va xromatografik asboblar bilan ishlash, biologik ob'ektlarda fermentlarning faolligini aniqlash va sharoit tanlab olish, qondagi oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvidagi ba'zi bir komponentlar miqdorini aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak. Ushbu kitobda jigar, buyrak, qon biokimyosi, fermentlar, nuklein kislotalar, moddalar almashinuvi, vitaminlar va gormonlarning ahamiyati keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Biokimyo faniga kirish. Aminokislotalarning tuzilishi va xossalari. Oqsillarning tuzilish darajalari: Biologik kimyo fanining maqsadi va vazifalari. Aminokislotalarning tuzilishi va xossalari. Oqsillarning tuzilish darajalari. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi tuzilishi. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari. Oqsillarning denaturatsiyasi. Fermentlar va ularning turlari, tuzilishi, xossalari va funksiyalari. Fermentlarning ta'sir etish mexanizmlari.
- Uglevodlarning hazm bo`lishi. Pentozofosfatli sikl. Glikogenning sintezi va parchalanishi: Uglevodlarning hazm bo`lishi va ichaklarda so`rilishi. Pentozofosfatli sikl. Glikogenning sintezi va parchalanishi. Uglevodlarning anaerob parchalanishi. Glikoliz va uning biologik ahamiyati.
- Lipidlarning hazm bo`lishi. Yog`lar emulsiyasi: Lipidlarning hazm bo`lish mexanizmi. To`qima lipolizi. Yog` kislotalarining oksidlanishi. Lipidlarning biosintezi. Yog`larning qonda tashilishi.
- Oqsillar almashinuvi. Dezaminlanish: Oqsillarning almashinuvi. Aminokislotalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi. Ammiakning zararsizlantirilishi. Qon zardobi va siydikda mochevina miqdorini aniqlash.
- Nukleoproteidlar almashinuvi. Siydik kislotasi sifat reaktsiyasi: Nukleoproteidlar tuzilishi va vazifalari. Siydik kislotasiga sifat reaktsiyasi (mureksid probasi).
- Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida tushuncha. Gormonlarning ta’sir etish mexanizmlari: Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida tushuncha, ularning ta’sir etish mexanizmlari. Gormonlarning membrana hujayra ichki ta’sir mexanizmi, sitozolli ta’sir mexanizmi.
- Suvda eriydigan vitaminlarning metabolizmi va biologik funktsiyasi: Suvda eriydigan vitaminlarning metabolizmi va biologik funktsiyasi. B guruhi vitaminlariga sifat reaktsiyalar.
- Yog`da eriydigan vitaminlarning metabolizmi va biologik funktsiyasi: Yog`da eriydigan vitaminlarning metabolizmi va biologik funktsiyasi. A, D, E va K vitaminlariga sifat reaktsiyalar.
- Qon biokimyosi: Qonning tarkibiy qismlari va ularning biokimyoviy vazifalari. Qon plazmasining biokimyoviy ko`rsatkichlari.
- Jigar biokimyosi: Jigarning moddalar almashinuvidagi boshqaruvchiligi. Gemproteidlar va nukleoproteidlar almashinuvi. Qon zardobida bilirubinni miqdorini aniqlash.
- Buyrak biokimyosi: Buyrakning asosiy vazifasi organizm ichki muhiti muvozanatini saqlashdan iborat. Siydik tahlilining ahamiyati. Siydikning patologik tarkibiy qismlari.
- Moddalar va energiya almashinuvi: Moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari. Piruvat oksidlanishi va Krebs sikli. Nafas olish zanjiri va oksidlanishli fosforlanish mexanizmi. Energiyaning anaerob hosil bo`lishi. Glikoliz.