Biologik kimyo va molekulyar biologiya
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan o'quv dasturi.
Asosiy mavzular
- Amino kislotalar. Peptidlar. Oqsillar. Oqsillarning biologik vazifalari.: Biokimyoviy tekshiruvlarning uslubiy muammolari va talablari. Oqsillarni to'qimalardan va biologik suyuqliklardan ajratib olish. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari. Oqsillarni ajratish va tozalash usullari. Fermentlarning struktura funktsional tuzilishi va ta'sir etish mexanizmlari. Fermentlar faolligini miqdoriy aniqlash. Fermentativ reaktsiyalar kinetikasi. Fermentlar faolligiga ta'sir etuvchi omillari. Nukleotidlar va nuklein kislotalar. Oqsillar metabolizmi. DNK va RNK miqdorini aniqlash usullari. Bioenergetika va metabolism. Krebs sikli fermentlari faolligini aniqlash. Nafas olish zanjiri strukturasi va funktsiyasi.Oksidlanishli fosforlanish mexanizmi. Sitoxromoksidaza faolligini aniqlash. Energiyani anaerob hosil bo'lishi. Uglevodlarning anaerob parchalanishida hosil bo'lgan sut kislotani aniqlash. Qonda va siydikda glyukozani aniqlash usullari. To'qima lipolizi. Lipidlarning oraliq almashinuvi. Lipoproteidlar almashinuvi. Pankreatik lipaza faolligiga o't kislotalarining ta'siri. Oqsillar va aminokislotalar almashinuvi. Oshqozon shirasini analiz qilish. Murakkab oqsillar almashinuvi. Qon zardobi va siydikda mochevina miqdorini kolorimetrik aniqlash. Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida tushuncha. Me'da osti bezi gormoni – insulinga xos reaktsiyalar. Metabolizmni gormonal boshqarilishi.Gormonlarga sifat reaktsiyalar. Suvda eriydigan vitaminlarga xos reaktsiyalar. Yog'da eriydigan vitaminlarga xos reaktsiyalar.
- Fermentlar biokimyoviy jarayonlarning asosiy ishtirokchisi sifatida.: Fermentlar tuzilishi, faolligi, umumiy xossalari, biologik vazifalari. Fermentlar ta'sirining mexanizmlari va faolligini boshqarish. Fermentlar va anorganik katalizatorlarning taqqoslanishi. Fermentativ reaktsiyalar kinetikasi. Fermentlar faolligiga ta'sir etuvchi omillar.
- Nukleotidlar va nuklein kislotalar. Oqsillar metabolizmi.: Nukleotidlar va nuklein kislotalarning tuzilishi, DNK va RNKning biologik vazifalari. Oqsillar almashinuvi. Siydikchilni hosil bo'lishi.
- Bioenergetika va metabolism. Limon sikli.: Hujayraning energetik imkoniyatlari. Ularning tavsifi. Biologik oksidlanish, uning tavsifi. Piruvatning oksidlanishi va Krebs sikli fermentlari faolligini aniqlash. Nafas olish zanjiri strukturasi va funktsiyasi. Oksidlanishli fosforlanish mexanizmi.
- Uglevodlar va glikobiologiya. Glikoliz, glyukoneogenez va pentozofosfatli yo`l.: Energiyani anaerob hosil bo`lishi. Glikoliz va uning biologik ahamiyati. Uglevodlarning anaerob parchalanishida hosil bo`lgan sut kislotani aniqlash. Glyukoneogenez.
- Lipidlar metabolizmi. Biologik membrana va transport.: Lipidlarning hazm bo`lish mexanizmi. O`t suyuqligi va uning yog`larning hazm bo`lishidagi vazifalari. Fosfolipidlarning hazm ovqat hazm qilish yo`llarida o`zgarishi. Yog` kislotalarning ichak devorida so`rilishi. Resintez. Yog`larning qon va limfada tashilishi. To`qima lipolizi. Lipidlar almashinuvi. Pankreatik lipaza faolligiga o`t kislotalarining ta’siri.
- Oqsillar va aminokislotalar almashinuvi. Siydikchilni hosil bo`lishi.: Oqsillarning hazm bo’lishi va ichaklarda so’rilishi. Erkin aminokislotalar fondi. Aminokislotalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi. Ammiakning zararsizlantirilish usullari. Siydikchil hosil bo`lishi.
- Metabolizmni gormonal boshqarilishi. Oqsil, yog` va uglevodlar almashinuvining o`zaro bog`liqligi .: Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida tushuncha. Gormonlarning ta’sir etish mexanizmlari. Gormonlarga sifat reaktsiyalar. Suvda eriydigan vitaminlarga xos reaktsiyalar. Yog`da eriydigan vitaminlarga xos reaktsiyalar.
- Vitaminlar biokimyosi. Yog`da va suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi.: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. Vitaminlarning tasnifi. Organizmda vitaminlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari. Yog`da eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
- Murakkab oqsillar almashinuvi. Qon zardobi va siydikda mochevina miqdorini kolorimetrik aniqlash.: Murakkab oqsillar sinfiga mansub bo`lgan gemproteidlar va nukleoproteidlar almashinuvi. Organizmda o`t kislotalari almashinuvining buzilishi va sariqlik turlarini tahlil qilish. Qon zardobi va siydikda mochevinani aniqlash.