Farmatsevtik botanika

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent Farmatsevtika instituti tomonidan tayyorlangan ushbu "Farmatsevtik botanika" fanidan o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yaratilgan bo‘lib, farmatsiya yo’nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Kitobda "Farmatsevtik botanika" fanining dolzarbligi va umumiy o‘quv rejalari, mavzular, laboratoriya mashg‘ulotlari, shuningdek talabalar bilimini baholash mezonlari va foydalanish uchun asosiy adabiyotlar keltirilgan. Darslikda asosiy nazariy qism (54 ta mavzu), laboratoriya mashg‘ulotlari (18 ta), mustaqil ta’lim (5 ta), dala amaliyoti (1 ta) va jami 72 soatlik laboratoriya mashg‘ulotlari keltirilgan. Har bir nazariy va amaliy mashg‘ulot oxirida nazorat savollari va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.

Asosiy mavzular

  • Botanika fani bo‘limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati: Kitobning "Kirish" qismida farmatsevtik botanika fani haqida ma’lumotlar berilgan bo’lib, fanning dolzarbligi, o‘simliklar dunyosining biologik hodisa va jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati, rivojlanish tarixi, farmatsevtika sohasidagi ahamiyati keltirilgan. Shuningdek, o‘simlik hujayrasi, uning tuzilishi, osmotik bosim, sitoplazma, plastidlar kabi tushunchalar keng yoritilgan.
  • Hujayradagi zahira moddalar. Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, hujayra po‘sti va ularni aniqlash reaksiyalari: Ushbu mavzuda o‘simlik hujayrasida to‘planadigan kraxmal, oqsil, yog‘ kabi organik moddalar hamda ularni aniqlash reaksiyalari, hujayra po‘stining tuzilishi, vazifasi va kimyoviy o‘zgarishlari batafsil yoritilgan.
  • Hosil qiluvchi to‘qima, xillari va joylanishi. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar. Qoplovchi va mexanik to‘qima: Mavzu o‘simlik to‘qimalari, hosil qiluvchi (meristema) va qoplovchi hamda mexanik to‘qimalarning tuzilishi va vazifalari bilan tanishtiradi. Meristemaning turlari, vazifalari va o‘simlikning o‘sishidagi roli, shuningdek, turli to‘qimalarning joylashuvi va vazifalari bayon etilgan.
  • Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. Ildiz metamorfozi. Geterogen, gomogen ildizlar sistemasi: Mavzu ildizning morfologiyasi, anatomik tuzilishi, kelib chiqishi, turlari, vazifalari, rivojlanishi hamda shakl o‘zgarishlari (metamorfoz) bilan tanishtiradi. Bir va ikki pallali o‘simliklar ildizining tuzilishi va uning ahamiyati yoritilgan.
  • Poya morfologiyasi. O’t o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi.: Mavzu poya, uning turlari, tuzilishi, vazifalari, rivojlanishi, novdalar, kurtaklar, shoxlanish turlari, metamorfozlari, hamda o‘t va daraxt poyalarining anatomik tuzilishi bilan tanishtiradi.
  • Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi. Shakli o’zgargan barglar: Mavzu barglarning morfologiyasi, tuzilishi, vazifalari, shakli, tomirlanishi, joylanishi, metamorfozlari hamda barg anatomiyasi bilan tanishtiradi. Dorivor o‘simliklar barglarining ahamiyati ham ko‘rsatilgan.
  • Bargdagi fiziologik jarayonlar. O’simliklarning ko’payishi, o’sishi va rivojlanishi: Mavzu barglarning asosiy vazifalari: fotosintez, dissimilyatsiya va transpiratsiya jarayonlari, ularning ahamiyati. O‘simliklarning ko‘payish usullari, o‘sishi va rivojlanishi hamda rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot beriladi.
  • O’simliklar sistematikasi. Tuban o’simliklarga xarakteristikasi. Bakteriyalarning tuzilishi va ko‘payishi: Mavzu o‘simliklar sistematikasining tarixi, klassifikatsiyasi, tuban o‘simliklar (suv o‘tlari, zamburug‘lar, lishayniklar)ning tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati bilan tanishtiradi.
  • Yuksak sporali o’simliklar, moxsimonlar, plaunlar, qirqbo‘g‘imsimonlar, qirqquloqsimonlilar: Mavzu yuqori sporali o‘simliklarga umumiy tasnif, moxsimonlar, plaunlar, qirqquloqsimonlar, qirqbo‘g‘imsimonlar va ularning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi hamda ahamiyati bilan tanishtiradi.
  • Yopiq urug’li o’simliklar. Reproduktiv organlarning paydo bo’lishi. Gul va to’pgullar: Mavzu yopiq urug’li o’simliklarning kelib chiqishi, xarakterli belgilari, navlari, sinflari, hamda gul tuzilishi, to’pgullar va ularning turlari bilan tanishtiradi.
  • Changlanish va otalanish. Meva, to’pmeva va urug’ tuzilishi: Mavzu changlanish va otalanish jarayonlari, mevalarning paydo bo’lishi, meva va urug’larning tuzilishi hamda ularning tarqalishi bilan tanishtiradi.
  • Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko’knordoshlar: Mavzu yopiq urug’li o’simliklarning tasnifi, ikki pallali o’simliklar bilan bir pallali o‘simliklarni farqlari, magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko’knoriguldoshlar oilalari bilan tanishtiradi.
  • Grechixadoshlar, choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, karamdoshlar, gulxayridoshlar oilalari: Mavzu grechixadoshlar, choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, karamdoshlar, gulxayridoshlar oilalarining umumiy xarakteristikasi, asosiy vakillari va ularning ahamiyati bilan tanishtiradi.
  • Atirguldoshlar, selderdoshlar, dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va astraguldoshlar oilalari: Mavzu atirguldoshlar, selderdoshlar, dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va astraguldoshlar oilalarining umumiy xarakteristikasi, asosiy vakillari va ularning ahamiyati bilan tanishtiradi.
  • Mirtadoshlar va jo‘kadoshlar oilalari. Bir pallalilar sinfi. Liliyagullilar va qo’ng’irboshlilar tartibi.: Mavzu mirtadoshlar va jo‘kadoshlar oilalarining umumiy xarakterli belgilari, xayotiy formalari, tarqalish areali, oila vakillari, tibbiyotdagi ahamiyati bilan tanishtiradi. Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif va Liliyagullilar hamda qo’ng’irboshlilar tartiblarining umumiy tavsifi beriladi.
  • Ekologiya, fitosenologiya va o’simliklar geografiyasi: Mavzu ekologiya, fitosenologiya va o’simliklar geografiyasi fanlari, ularning asosiy tushunchalari, omillari, rivojlanish tarixi, o’simliklar dunyosini o’rganish usullari va ahamiyati bilan tanishtiradi.