Fuqarolik jamiyati

«Fuqarolik jamiyati» fanidan ishchi o‘quv dasturi. Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fanni dasturi asosida tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • 1-MAVZU: FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI, OB’EKTI, MAQSADI VA VAZIFALARI: Fuqarolik jamiyati tushunchasining paydo bo‘lishiga tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy sheriklik, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, ijtimoiy gumanitar, jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, fuqarolik jamiyati – ochiq ijtimoiy tuzilma. Ushbu mavzu talabalarga fuqarolik jamiyati haqida tushuncha berishga qaratilgan.
  • 2 - MAVZU: FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARI EVOLYUTSIYASI.: Fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar evolyutsiyasi, nazariyalar va uning xususiyatlari, zamonaviy konsepsiyalar hamda fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida. Mavzu fuqarolik jamiyatining qadimiy davrdagi shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan.
  • 3-MAVZU. JAHON TAJRIBASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI FAOLIYATI.: G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi, rivojlangan mamlakatlarnig fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlik, Sharq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlari, rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotinig modernizatsiyalashuvida fuqarolik jamiyati institutlarinin o‘rni. Ushbu mavzu talabalarga dunyo tajribasidan kelib chiqib fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishga qaratilgan.
  • 4-MAVZU: FUQARO FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI.: Fuqaro, fuqaviylikning mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari, fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari, fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari. Mavzu fuqarolik jamiyatining asosiy tushunchalarini o‘rganishga qaratilgan.
  • 5-MAVZU: QONUN USTUVORLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM OMILI.: Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati, jinoiy jazolarni liberallashtirish-qonun ustuvorligining muhim sharti, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurishdagi ahamiyati, qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklarining kafolati. Mavzu qonun ustuvorligining ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan.
  • 6-MAVZU: SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI–FUQAROLIK JAMIYATINING SHARTI.: Demokratik institutlarni rivojlanishi davr talabi, Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi, Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi, Erkin saylovlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositalarining roli. Ushbu mavzu erkin saylov huquqining mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
  • 7-MAVZU: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNIG USTUVOR SHARTI.: Korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashishning mazmun-mohiyati va uning milliy hamda xalqaro huquqiy asoslari, "Korrupsiya qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va qo‘llash doirasi, Korrupsiyaga qarshi kurash olib borishning yo‘llari va usullari, Korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashishning mazmun-mohiyati va uning milliy hamda xalqaro huquqiy asoslari. Mavzu korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan.