Farmatsevtik texnologiya
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti «FARMOTSEVTIK TEXNOLOGIYA» FANI ISHCHI O‘QUV DASTURI
Asosiy mavzular
- 1-mavzu. Fanning, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi.: Farmatsevtik texnologiya fani asosiy tushunchalari, tizimi, dori turlari nomenklaturasi va tasnifi, dorixonada dori tayyorlash sharoitlari, dori turlarini tayyorlash texnologiyasi, dori sifatini baholash, dorilarni qadoqlash va jihozlash, dorivor moddalar va ularning fiziko-kimyoviy xossalarini o’rganish, dozalash qoidalari, shuningdek, ko’z dorilari, in’yeksion va infuzion dorilar, antibakterial dori shakllari, dori tayyorlashdagi nomutanosibliklar hamda ularni bartaraf etish usullari.
- 2-mavzu. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‘zg‘uvchi, bo‘yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida): Murakkab tarkibli poroshoklar tayyorlash usullari. Bo‘yovchi, qiyin maydalanuvchi, to‘zg‘uvchi moddalar ro‘yxati, ular bilan poroshoklar tayyorlashning o‘ziga xosligi. Ekstraktlar ta’rifi, tasnifi. Suyuq, quyuq va quruq ekstrakt bilan poroshoklar tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari. Efir moylari ishtirokida poroshoklar tayyorlash qoidalari. Poroshoklarni jihozlash va sifatini tekshirish.
- 3-mavzu. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro’yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash: O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1996 yil 17 iyundagi 489-son buyrug‘i. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari. Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan murakkab poroshoklar tayyorlashning o‘ziga xosligi. Trituratlar tushunchasi. Trituratlar tayyorlash texnologiyasi. Trituratlardan foydalangan holda poroshoklar tayyorlash, ularni qadoqlash qoidalari, yorliqlash va sifatini tekshirish.
- 4-mavzu. Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash: Dorixona sharoitida yig‘malar texnologiyasi. Yig‘malar ta’rifi, tasnifi, retsept yozish qoidalari. Yig‘malar texnologiyasi (maydalash, elash, aralashtirish, dozalash). O‘simlik xom ashyosiga qo‘yilgan talablar. Dori moddalarni (tuzlar, efir moylari, spirtli eritmalar) yig‘malar tarkibiga kiritish qoidalari. Yig‘malarning mualliflik tarkiblari. Dozalangan yig‘malar. Yorliqlash. Yig‘malarlarni qadoqlanishi, sifatini tekshirish va saqlash.
- 5-mavzu. Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi: Suyuq dori shakllarining ta’rifi, tasnifi. Eruvchanlik tushunchasi. Erituvchilar tasnifi, ularga qo‘yilgan talablar. Suyuq dori turlariga retsept yozish tartibi va konsentratsiyasini belgilash usullari. Eritma tayyorlashni umumiy texnologik jarayoni. Eritmalariga xos tayyorlash usullari. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyrug‘i bilan tanishish. Poroshoklar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar.
- 6-mavzu. Suvli eritmalar texnologiyasi. Konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi: Konsentrlangan eritmalar tayyorlash, ularni suyultirish va quyultirish usullari. Eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan suv va boshqa erituvchilarning texnologiyasi. Eritmalarni sifatini baholash.
- 7-mavzu. Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari: Murakkab miksturalar ta’rifi, tasnifi. Dorixona sharoitida murakkab miksturalar tayyorlashda ishlatiladigan dorivor moddalarni qo‘shish qoidalari. Dori moddalarini, yordamchi moddalarni va erituvchilarni tanlash. Murakkab miksturalarni sifatini baholash.
- 8-mavzu. Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Suvsiz eritmalar: Standart farmakopeya suyuqliklari ta’rifi, tasnifi. Standart farmakopeya suyuqliklarini shartli yoki kimyoviy nom bilan keltirilgan suyuqliklarni suyultirish qoidalari. Suvsiz eritmalar texnologiyasi. Uchuvchan va uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar bilan suvsiz eritmalar texnologiyasi.
- 9-mavzu. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash: Tomchi dorilarning ta’rifi, tasnifi. Tomchi dorilarga qo‘yiladigan talablar. Tashqi ishlatish uchun mo‘ljallangan tomchilar texnologiyasi. Ko‘z tomchilari va namlamalar uchun talablar.
- 10-mavzu. Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Himoyalangan va yarim kolloidlar texnologiyasi: Yuqori molekulyar birikmalar ta’rifi, tasnifi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari. Kolloid eritmalar tushunchasi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Kolloid eritmalarni tayyorlash texnologiyasi.
- 11-mavzu. Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar: Suspenziyalar ta’rifi, tasnifi, hosil bo‘lish yo‘llari. Suspenziya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar. Suspenziyalarni sifatini baholash.
- 12-mavzu. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash: Stabilizatorlar tushunchasi, qo‘llanilishi. Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash texnologiyasi. Kuchli va kuchsiz gidrofob xususiyatga ega moddalardan suspenziyalar tayyorlash. Suspenziyalarni sifatini baholash.
- 13-mavzu. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar: Emulsiyalar ta’rifi, tasnifi, emulsiya turlari va hosil bo’lish nazariyasi. Emulgatorlar ta’rifi, tasnifi. Emulsiya tipini e’tiborga olib emulgator tanlash. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.
- 14-mavzu. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash: Moyli emulsiyalar texnologiyasi. Birlamchi emulsiyani hosil bo’lish yo’llari, bosqichlari. Birlamchi emulsiyani suyultirish. Moyli emulsiyalarni tayyorlashda ishlatiladigan va olingan o‘simlik muxitlariga qarab emulgator tanlash.
- 15-mavzu. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.: Suvli ajratmalar. Damlamalar tayyorlash, damlamalarga dori moddalarini qo‘shish usullari. Qaynatmalar tayyorlash va ularga dori moddalarini qo‘shish usullari.
- 16-mavzu. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar: Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar. Alkaloid saqlovchi o‘simlik xom ashyosidan suvli ajratmalar tayyorlash. Yurak glikozidlari saqlovchi xom ashyodan ajratma olish. Efir moylari saqlovchi xom ashyodan ajratma olish.
- 17-mavzu. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash: Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash usullari. Shilimshiqlarning xususiy texnologiyasi va sifatini baholash.
- 18-mavzu. Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy texnologiyasi: Fitoterapiya tushunchasi, ahamiyati, qoidalari va prinsiplari. Fitoterapiya turlari va ularning xususiy texnologiyalari. Fitoterapiya vositalari va ularni tayyorlash.
- 19-mavzu. Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok tushunchasi: Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi. Aseptika tushunchasi. Steril eritmalarni tayyorlash texnologiyasi.
- 20-mavzu. Kuchli va kuchsiz gidrofob xususiyatga ega moddalardan suspenziyalar tayyorlash. Sifatini baholash: Kuchli va kuchsiz gidrofob xususiyatga ega moddalardan suspenziyalar tayyorlash texnologiyasi. Suspenziyalarni sifatini baholash.
- 21-mavzu. In’yeksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholash: In’yeksion dori turlari, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash. In’yeksion eritmalarni tayyorlash texnologiyasi.
- 22-mavzu. Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari: Izotonik eritmalarning tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari. Natriy xlorid bo’yicha ekvivalenti yordamida hisoblash.
- 23-mavzu. Infuzion eritmalarning xususiy texnologiyasi (Ringer, Ringer-lokk, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar): Infuzion eritmalarning klassifikasiyasi, tayyorlash texnologiyasini, izotoniklik, izogidriklik, izoioniklikni hisoblash, infuzion eritmalar texnologiyasini va sifatini baholash.
- 24-mavzu. Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ularga qo‘yilgan talablar, tayyorlash texnologiyasi, sifatini baholash: Ko’z dori turlari klassifikasiyasi, tayyorlash texnologiyasi, ko’z tomchilari va namlamalari, ularga qo‘yilgan talablar, sifatini baholash.
- 25-mavzu. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq (surtma va shamchalar) dorilar texnologiyasi: Ko’z surtmalari, antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq dori turlari klassifikasiyasi, tayyorlash texnologiyasi, antibiotiklar bilan tayyorlanadigan shamchalar va surtmalarning texnologiyasi.
- 26-mavzu. Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari: Dori shakllarini tayyorlashdagi uchraydigan nomutanosibliklar, ularni bartaraf etish usullari. Fizikaviy, kimyoviy va farmakologik nomutanosibliklar.