Dori vositalarini modifikatsiyalash va yo’naltirish tizimlari

Mazkur o‘quv moduli magistratura talabalariga dori vositalarini modifikatsiyalash va yo‘naltirish tizimlari, ta’siri modifikatsiyalangan va yo‘naltirilgan dori vositalarini yaratishning nazariy va amaliy masalalariga oid bilimlarni berishga moʻljallangan. Unda dori vositalarini modifikatsiyalash va yo‘naltirish tizimlari haqida tushuncha beriladi, ularni yaratish usullari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, ta’siri modifikatsiyalangan dori tizimlari, applikatsion dori vositalari, davolovchi dorivor tizimlar, sintetik va tabiiy matritsalar bilan bog‘langan dori vositalarining tuzilishi va ta’sir etish mexanizmlari, ta’siri yo‘naltirilgan tizimlar, lipidli vezikulalar asosidagi tashuvchi tizimlar, dori zarrachalari qobiqlangan vositalari, magnit zarrachalar asosida olingan dori vositalarini yaratilishi bo‘yicha nazariy bilimlar, parenteral va ingalyatsiyali dori tizimlari, gidrogellar va mikroemulsiyalarning tuzilishi va ta’sir etish mexanizmlari o‘rgatiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar dars jarayoniga tadbiq etiladi, bu esa talabalarning fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Dori vositalarini modifikatsiyalash va yo‘naltirish tizimlari: Ushbu modul dasturi magistratura talabalariga mutaxassislikka oid ta’siri modifikаtsiyalangan va yo‘naltirilgan dori vositalari tuzilishi, ta’sir etish mexanizlari, texnologiyasini asoslash, ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish, ularning bioekvivalentligini aniqlash bo‘yicha zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni, kerakli ko‘nikmalarni va kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydi.
  • Dori vositalarini yo‘naltirish tizimlarini yaratish asoslari: Dori moddasining (DM) ajralib chiqishida maqsadli yo‘naltirish uchun dori vositasini etkazib beruvchi sistemalar, afzalligi, zaruriyati. DMning maqsadli ajralib chiqish uchun etkazib beruvchi sistemalar funksiyalari. DMning maqsadli etkazib berilishini mexanizmlari (passiv va aktiv).
  • Dorilarni ajralib chiqishi modifikatsiyalangan peroral dori turlari. Tez eruvchan (parchalanuvchan) peroral dori turlari: Ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishi modifikatsiyalangan peroral dori turlarini ta’rifi, tasnifi, yaratish zaruriyati. Dori moddalarni eruvchanligini, biosamaradorligini va so‘rilishini oshiruvchi dori turlari. Tez eruvchan yoki parchalanuvchan peroral dori turlarini yaratish zaruriyati, ularning texnologik aspektlari. Tez eruvchan ( parchalanuvchan) peroral dori turlarini tuzilishi va asosiy vakillari. Tez eruvchan yoki parchalanuvchan peroral dori turlarini yaratishdagi muammolar.
  • Peroral osmotik, bukkal, sublingval, flotatsiyali va peroral mukoadgeziv tizimlar: Og‘iz bo‘shlig‘ida ta’sir ko‘rsatuvchi bukkal va sublingval dori turlari. Og‘iz bo‘shlig‘ida ta’sir ko‘rsatuvchi modifikatsiyalangan dori turlari ta’rifi, ularni yaratish maqsadlari. Og‘iz bo‘shlig‘ida ta’sir ko‘rsatuvchi modifikatsiyalangan dori turlarini afzalliklari va kamchiliklari. Dori moddalarni og‘iz shilliq qavatlari orqali so‘rilish mexanizmi va shu jarayonga ta’sir etuvchi omillar. Bukkal dori turlari ta’rifi, vakillari. Sublingval dori turlari ta’rifi, tasnifi, vakillari.
  • Peroral osmotik tizimlar texnologiyasi: Ta’siri nazoratlanadigan dori turlari peroral osmotik tizimlari ta’rifi, yaratilish maqsadi. Peroral osmotik tizimlarning umumiy ta’sir etish mexanizmi, ularning afzalliklari. Oddiy peroral osmotik tizimining (OROSturdagi) tuzilishi ta’sir mexanizmi. OROSturdagi peroral osmotik tizimlarning modifikatsiyalari.
  • Flotatsiyali va peroral mukoadgeziv tizimlar: Flotatsiyali peroral dori turlarini ta’rifi, yaratish maqsadlari. Flotatsiyali peroral dori turlarini ta’rifi, ta’sir etish mexanizmi, asosiy vakillari. Flotatsiyali peroral dori turlarini yaratishda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar. Peroral mukoadgeziv dori turlarini ta’rifi, yaratish maqsadlari. Peroral mukoadgeziv dori turlarini ta’sir etish mexanizmi. Peroral mukoadgeziv dori turlarini shakllari.
  • Kompleks ta’sirli applikatsion dori turlari texnologiyasi: ADT ta’rifi, tasnifi, ularni zamonaviy farmakotperapiyadagi ahamiyati. ADT texnologiyasida qo‘llaniladigan polimerlar. ADT ahamiyati, nomenklaturasi. ADT ni tayyorlash bosqichlari. Murakkab tarkibli ADT polimer dorivor pardalar tayyorlash asoslari. Dermatologik kompleks ta’sirli ADT polimer dorivor pardalar texnologiyasi.
  • Stomatologik applikatsion dori turlari texnologiyasi: ADTlar ta’rifi, tasnifi, ularni zamonaviy farmakoterapiyadagi ahamiyati. ADTni stmomatologiyadagi axamiyati, afzalliklari. Stomatologik ADT ni nomenklaturasi. Stomatologik ADT- polimer dorivor pardalarni tayyorlash bosqichlari.
  • Fitopardalar texnologiyasi: O‘simliklar ajratmalari asosida olingan fiotpardalarning axamiyati, afzalliklari. Fitopardalar texnologiyasida qo‘llaniladigan o‘simliklar. Fitopardalarning nomenklaturasi. Fitopardalarni tayyorlash bosqichlari.
  • Applikatsion dori turlarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash: Applikatsion dori turlarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish. Tayanch atama va iboralar: polimer parda, adgeziya, plastifikatorlar, bo‘quvchanlik, suvni absorbsiyalash darajasi, adgezion xususiyati, erish vaqti, рН ko‘rsatkichi.
  • Applikatsion dori turlarining biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini aniqlash: Applikatsion dori turlari- dorivor pardalarning ta’rifi, tasnifi. Applikatsion dori turlari- dorivor pardalarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omillar. Applikatsion dori turlari- dorivor pardalarning biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari.
  • Parenteral implantatsiyali dori vositalari. Parenteral polimerli implantantlar: Parenteral implantatsiyali dori vositalari. Parenteral polimerli implantantlar yaratish asoslari, nomenklaturasiga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Parenteral implantatsiyalanadigan nasoslar yaratish asoslari: Parenteral implantatsiyalanadigan dorilarni etkazish tizimlari ta’rifi, afzalliklari, maqsadlari. Implantatsiyalanadigan nasoslar tuzilishi, ta’sir etish mexanizmi. DUROS® Implant Technology implantatsiyalanadigan dori vositasi. Implan-tatsiyalanadigan nasoslar yordamida dori vositalarni tanaga kiritish.
  • Parenteral imlantatsiyali mikromoslamalar- mikrochiplar: Parenteral imlantatsiyali mikromoslamalar- mikrochiplarga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Ingalyatsiyali dori vositalarini va rinologik dori turlari: Ingalyatsiyali dori vositalarini yaratish asoslari, turlari. Ingalyasion yo‘li bilan dori vositalarni tanaga kiritish afzalliklari va zaruriyati. Ingalyasion vositalarni (IV) rivojlanish tarixi. Ingalyasiya yo‘li bilan kiritilgan dorilarning farmakokinetikasining o‘ziga xosligi. DM ingalyasiya yo‘li bilan etkazish mexanizmlari va moslamalari. Dozalovchi aerozol ingalyator (DAI). DAI tarkibidagi propellent va surfaktantlar. Dozalovchi poroshok uchun ingalyator (DPI). Speyserlar.
  • Ingalyatsiyali dori vositalari. Nebulayzerlar: Ingalyasiyali dori vositalari-nebulayzerlarga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Rinologik dori turlarining texnologiyasi: Rinologik dori turlarini texnologiyasiga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Mikroemulsiyalar asosida dori vositalarini tayyorlash asoslari: Mikroemulsiyalar asosida dori vositalarini tayyorlash asoslariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Gidrogellar asosida dori vositalarini tayyorlash asoslari: Gidrogellar asosida dori vositalarini tayyorlash asoslariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Magnit zarrachalar asosida dori turlarining texnologiyasi: Magnit zarrachalar asosida dori turlarini texnologiyasiga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Qattiq dispers tizimlar texnologiyasi (eritish usuli): Qattiq dispers tizimlarni eritish usulida tayyorlashga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Qattiq dispers tizimlar texnologiyasi (qotishma hosil qilish usuli): Qattiq dispers tizimlarni qotishma hosil qilish usulida tayyorlashga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Faol moddalar sintetik va tabiiy matritsalar bilan bog‘langan dori vositalarini texnologiyasi: Faol moddalar sintetik va tabiiy matritsalar bilan bog‘langan dori vositalarini tayyorlash usullariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Dorilarning so’rilish darajasini mutanosibligi va unga ta’sir etuvchi omillar: Dorilarning biologik samaradorligini va unga ta’sir etuvchi omillarga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Dori vositalarning bioekvivalentlik ko’rsatkichini qattiq dori turlarida in vitro usulida aniqlash: Dozalangan qattiq dori turlarini bioekvivalentligini in vitro usulida aniqlashning mohiyatini tushuntirish va tegishli hisob-kitoblarni olib borishga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Qattiq va yumshoq dori turlaridan ta'sir etuvchi moddani ajralib chiqishini aniqlash usullari: Qattiq va yumshoq dori turlaridan ta'sir etuvchi moddani ajralib chiqishini aniqlash usullariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Davolovchi dorivor tizimlar: Davolovchi dorivor tizimlar texnologiyasiga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Dermatologik dori tizimlari. Rezervuarli dermatologik dori tizimlari texnologiyasi: Rezervuarli dermatologik dori tizimlari texnologiyasi. DDTlarda ishlatiladigan dori moddalar, ularga quyiladigan talablar. DDTlarni afzalligi. Rezurvuarli DDTlarning asoaiy komponentlari. DDTlarda DMni penetratsiyasini oshiruvchi moddalar, ularning mexanizmlari. DDTlarda DMni penetratsiyasini oshirish uchun qo’llaniladigan tashuvchilar: liposomalar, transfersomalar, neosomalar, etosomalar va boshqalar. Rezervuarli DDTlarning nomenklaturasi.
  • Matritsiyali dermatologik dori tizimlar: Matritsiyali DDTning zamonaviy tuzilishi, undan DMning ajralib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar. Matritsiali DDT nomenklaturasi.
  • Insulin saqlovchi modifikatsiyalangan dori vositalari: Insulin saqlovchi modifikatsiyalangan dori vositalariga oid amaliy va nazaiy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Yurak-qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi moddalarning modifikatsiyalangan dori turlari: Yurak-qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi moddalarning modifikatsiyalangan dori turlariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi moddalarning modifikatsiyalangan dori turlari: Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi moddalarning modifikatsiyalangan dori turlariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Lipidli vezikulalar asosidagi tashuvchi tizimlarning tayyorlash asoslari: Lipidli vezikulalar asosidagi dori turlarini tayyorlash asoslariga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Lipidli vezikulalar asosidagi dori vositalar nomenklaturasi: Lipidli vezikulalar asosida olingan dori vositalar nomenklaturasiga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
  • Lipidli vezikulalar asosidagi tizimlarni turg‘unlashtirish: Lipidli vezikulalar asosidagi dori turlarini turg‘unlashtirishga oid nazaiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.