Сабзавот экинлари учун тупроқ бонитировкаси

Ushbu monografiya "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni e'lon qilinganligini hisobga olib, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan sabzavot ekinlari uchun tuproq bonitirovkasini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Kitobda tuproq unumdorligini baholash tamoyillari, turli mintaqalar uchun baholash mezonlari boʻyicha bajarilgan ishlar tahlil qilingan. Shuningdek, sabzavot ekinlari uchun baholashning asosiy shkalasi va tuzatish koeffisiyentlari keltirilgan. Monografiya universitetlarning tuproqshunoslik, agrokimyo va agrotuproqshunoslik taʼlim yoʻnalishi bakalavr, magistr talabalari, ilmiy izlanuvchilar va ilmiy xodimlari uchun moʻljallangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-iyun 2019-yildagi 510-sonli «Qishloq xoʻjaligida agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorida "Qishloq xoʻjaligi yerlarining ball bonitetini, ... ozuqa elementlari bilan ta'minlanganligi darajasi boʻyicha kartogrammalar tuzish organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish" vazifalari qoʻyilgan. Oʻrmon yerlarini bonitirovka qilishda shkalalar, obyektiv belgilar va tuproq xususiyatlari hisobga olinadi. Bu tuproqlarda oʻrmon oʻsimliklari hosili jihatidan bonitirovka shkalalari bu tuproqlarda alohida olingan oʻsimliklarning hosilini aniqlab topiladi va har bir kesmadan analiz uchun namunalar olinadi. Dala xaritalari chiziladi. Tuproq bonitirovkasining oxirgi kameral – analitik bosqichi. Oxirgi bosqichda tugallangan bonitirovka shkalalarini tuzish, bu tuproqlar uchun diagnostik morfogenetik, agrokimyoviy, agrofizik belgilarni tuzish, ekspeditsiya davridagi toʻplangan ma'lumotlarni koʻrib chiqish va shu kabi juda koʻp vazifalar bajarilishi kerak. Bonitirovka shkalalarini tuzishda eng asosiy avvalo tamoyillarni topish kerak va qabul qilingan tamoyil asosida zonal tuproqlari bonitetini tuzmoq kerak. Zonal tuproq bonitetini bilgan holdagina viloyat bonitirovka shkalalarini ishlab chiqmoq lozim. Xoʻjaliklarda yer baholash ishlarini oʻtkazishning birlamchi obyekti bu haydalma ekin ekiladigan yerlar, koʻp yillik mevali daraxtlar, tabiiy yaylovlaridir. Maydonlar boʻyicha baholash ballini shu maydonga kiruvchi tuproq agroguruhini oʻrtacha nisbiy bahosi koʻrsatkichi sifatida baholash shkalasi asosida hisoblab chiqaziladi. Tuproqlar agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtirilayotganda sugʻoriladigan haydalma yerlar va lalmikor haydalma yerlar, alohida “Yirik masshtabda tuproq kartalarini tuzish” qoʻllanmasi asosida bajariladi. Tuproq ayirmalarini agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtirishning asosiy yoʻllari quyidagilardir: 1) bir tuproq - iqlim provinsiyasiga yoki togʻli maydonlarga mansubligi; 2) tuproq genetik kelib chiqishining, tuproq profilining morfologik tuzilishi, ayniqsa yuqori gorizontlarning bir-biriga oʻxshashligi; 3) tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqning mexanik tarkibi; 4) tuproqning asosiy fizik xossalari, ularning suv, havo va issiqlik tartiblari; 5) tuproqdagi har xil shaklli ozuqa elementlarining miqdori va zahirasi, ximiyaviy va fizik-ximiyaviy xossalarining koʻrsatkichlari. Xoʻjaliklar boʻyicha baholash koʻrsatkichlarining tuproq agroguruhlari, almashlab ekish hududlari ekin turlari (koʻp yillik mevali daraxtlar boʻyicha) quyidagi formula bilan hisoblab chiqaziladi: B = b1s1 + b2s2 + b3s3 + +bn * sn M1 + +....+Mp bu yerda: B hisoblab chiqazilgan oʻrtacha baholash balli; B₁, B maʼlum bir oʻsimlik ekilgan maydonning balli; M, M p ma'lum bir oʻsimlik ekilgan maydon. Yerni baholash hujjatlari. Yerni baholash boʻyicha hujjatlar ikkiga boʻlinib, hisoblangan - normativ va natijali yer baholash hujjatlaridan iborat boʻladi. Hisoblangan normativ hujjatlar ishlab chiqarishning jadal-lashtirish sur'atini koʻrsatadigan tuproqning agronomik ishlab chiqarish guruhlari boʻyicha baholash koʻrsatkichlarining shkalasi. II. Natijali yer baholash hujjatlari: alohida maydonlar boʻyicha, almashlab ekish dalalari Yer baholash boʻyicha birlamchi maʼlumotlar va bir nusxa yer baholash hujjatlari Yer kadastri filiali arxivida saqlanadi. Bu yer baholash hujjatlari har besh yilda yangilanib turadi. Yer baholash natijalarini qoʻllash boʻyicha tavsiyalar. Yerni baholash ma'lumotlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining boshqarishni takomillashtirish uchun obyektiv asos boʻlib xizmat qiladi. Qishloq xoʻjalik korxonalarining xoʻjalik faoliyatining tahlili bilan ta'minlanib, unga kelgusida reja - iqtisodiy topshiriqlar ishlab chiqarishni imkoniyatini yaratadi, shuning bilan birga qishloq xoʻjalik korxonalarini davlat bilan oldi-sotdi munosabatlarini takomillashtiradi. Xoʻjaliklarni va ularning boʻlimlarini xoʻjalik faoliyatini tahlil qilishni asosiy koʻrsatkichi erishgan hosildorlik, mahsulotning tannarxi ishlab chiqarish foydalaridan unumli foydalanayotganligi haqiqiy koʻrsatkichlari bilan yer baholash ishlari natijasida hisoblab chiqazilgan normativ koʻrsatkichlar bilan solishtirib koʻrishga asoslanadi. Ishlab chiqarishning haqiqiy koʻrsatkichlarini solishtirib koʻrganda oʻrtacha normativ koʻrsatkichlaridan farq qilishi, bir tomondan ilgʻor tajribaga asoslangan holda ishlab chi-qarishning yaxshilash imkonini bersa, ikkinchi tomondan mavjud resurslardan foydalanish kamchiliklarini yoʻqotish imkonini beradi. Xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish maqsadida jadval tuziladi va bu jadvalda ishlab chiqarishning haqiqiy natijalari bilan baholash natijalari solishtirib koʻriladi. Har xil qishloq xoʻjalik oʻsimliklari ekishning foydaliligi boʻyicha yer baholash maʼlumotlari, xoʻjalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda oʻsimliklarni joylashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ixtisos-

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevral kuni 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustivor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlash boʻyicha PF-4947-sonli Farmoni e'lon qilindi. Ushbu Harakatlar strategiyasining qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish boʻlimida paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, boʻshagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan ekinlarni ekish. Shuningdek, yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Ekin maydonlarini optimallashtirishda tuproq xossalari haqidagi materiallari va sifat bahosi koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
  • I. ADABIYOTLAR SHARHI: 1.1. Mirzachoʻl vohasi sugʻoriladigan tuproqlarining oʻrganilish tarixi V.V. Dokuchayev nomli Tuproqshunoslik institutining ilmiy xodimlari E.I. Pankova va D.I. Ruxovichlarning [2005; 258 b] Mirzachoʻl sharoitida olib borgan tadqiqotlarida tuproqning asosiy oʻzgaruvchan xossalariga shoʻrlanish darajasi kirishini ta'kidlashgan. Shoʻrlanish darajasi turli omillar natijasida oʻzgarib boradi. O. Komilovning fikriga koʻra, [1972; 121-129 b] Mirza-choʻlning Markaziy massivida sugʻorishdan sizot suvlarining sathi 15-20 m chuqurlikda, minerallashganlik darajasi esa 10-20 g/l ni tashkil yetgan. Sugʻorishlar boshlanishi natijasida yiliga oʻrtacha sizot suvlarining sathi 2 m dan koʻtarilib borgan. Buning natijasida sizot suvlari kritik chuqurlikdan yuzada joylashgan. Keyingi muammo sizot suvlarini sathi pasaytirish boʻlib qolgan. A. Yuldashev va boshqalarning [2004; 286-287 b] Sir-daryo va Jizzax viloyatlarida olib borilgan kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, tuproqlardagi chirindi va oziqa moddalar miqdori kamayib, shoʻrlanish darajasi oshib ketgan. Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqlarning xossa va xususiyatlari doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Insonning xoʻjalik faoliyati ta'sirida yerlarni tuproq-meliorativ holatinining yaxshilanishi hisobiga ularning unumdorlik darajasi ham oshishi mumkin. Lekin shu oʻrinda shuni ham taʼkidlab oʻtish lozimki, tuproqning oʻzgarishga uchrashiga qarab barqaror va nobarqaror xususiyatlarga ajratish lozim. Barqaror xususiyatlar (mexanik tarkib, gumus miqdori va boshqalar) sugʻorish ta'sirida uzoq muddat davomida oʻzgarishi mumkin. Nobarqaror xususiyatlar (shoʻrlanish, oziqa moddalar bilan ta'minlanganlik va boshqalar) inson xoʻjalik faoliyati ta'sirida tez oʻzgarishi mumkin. Bu xususiyatlarni boshqarib, tuproqlarning xossalarini va qishloq xoʻjalik ekinlaridan olinayotgan hosildorlikni oshirish mumkin. Z. Abdushukurova va boshqalar [2001; 95 b] Mirzachoʻl vohasida eng koʻp tarqalgan tuproqlar karbonatli oʻtloqi tuproqlar boʻlib, ular sugʻorish taʼsirida ishqorsizlanib, tuproq profili boʻylab deyarli bir xil koʻrinishda tarqalgan. Yerlarning pastqam relyefli joylarida esa sizot suvlarining koʻp yillik harakati tufayli tuproq qatlamlarida tuzlar yigʻila boshlaydi va tuproq havo almashinish qatlamlarida gips ham toʻplana boradi, deb ta'kidlaydilar. Sug'orish muddatining ortishi bilan tuproq tarkibida chi-rindi miqdorining ham ortib borishi tadqiqot ishlari olib borilgan tuproqlarda yaqqol sezilgan. Bundan tashqari, kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sugʻorilgan tuproqlarda sugʻorish muddati ortishi bilan tuzlarning toʻplanishi va konsentratsiyasining pasayib borishi aniqlangan. Sirdaryo viloyati tuproqlarida olib borgan tadqiqotlaridan nitratlarning tuproqda qanchalik darajada ta'minlanganligiga qaramay, gʻoʻzaning shonalash fazasida eng koʻp miqdorda boʻlishi aniqlangan. Nitratlarning yuqori miqdori yangidan sugʻoriladigan yengil qumoqli, kuchsiz shoʻrlangan oʻtloqi tuproqlar haydalma qatlamida –105,0 mg/kg va yangidan sugʻoriladigan oʻrta qumoqli oʻtloqi tuproqlarda 81,3 mg/kg ekanligi qayd etilgan. A.Axatov, S.S.Boʻriev, A.T. Butayarovalarning [2007; 127-129 b] Sirdaryo viloyati gidromorf tuproqlarida olib borgan tajribalarida sugʻorish natijasida tuproqlar ba'zi kesma profilida yuqori qatlamdagi zarrachalarning pastga qarab yuvilishi kuzatiladi. Sug'oriladigan oʻtloqi tuproqlar ustki qatlami mexanik tarkibining yengilashishi unumdorligining pasayishiga olib keladi. Sug'oriladigan oʻtloqi va boʻz-oʻtloqi tuproqlarda gumus miqdori 0,66-1,68 % ni tashkil etadi. Uning ko'p miqdori haydalma va haydalma osti qatlamiga toʻgʻri keladi. Yangidan sug'oriladigan tuprqlarda gumusli qatlam qalinligi eskidan sug'oriladigan tuproqlardagiga qaraganda birmuncha kam. Gumus qatlamining shaklllanishi sekinlik bilan sodir boʻladigan jarayon boʻlib, u qoʻllaniladigan organik oʻgʻitlar, sugʻorishga beriladigan suvdagi loyqa tarkibi, dehqonchilik madaniyatiga bogʻliq. D.S. Kamilovaning [2007;108-109b]Mirzachoʻlning boʻz-oʻtloqi tuproqlarida olib borgan tajribalarida tuproqni tekislash va chimli qatlamni haydash natijasida organik moddalarning intensiv parchalanishi aniqlangan. Yangidan sug'oriladigan bo'z-oʻtloqi tuproqlarda gumus u yoki bu darajada 40 sm li qatlamda tarqaladi, pastki qatlamda esa uning miqdori keskin kamayadi. N.Yu. Abdurahmonov [2007; 142-144 b] rahbarligida Sir-daryo viloyatining Sayxunobod tumanida ochiq maydonlar sifatida sug'oriladigan oʻtloqi va boʻz-oʻtloqi tuproqlar tarqalgan bir nechta fermer xoʻjaliklari tanlab olinib oʻrganilgan va unumdorligi baholangan. Tumanda tarqalgan bir xil tipdagi tuproqlarning sifati jihatidan bahosi (ball boniteti) har xilligi aniqlangan. Bu 1.2. Tuproq bonitirovkasi usulubiyoti va tamoyillari boʻyicha Tuproqning sifat bahosini oʻrganishga oid materiallar eramizdan avalgi tabiatshunos olimlarning ilmiy ishlarida ham uchraydi. Ushbu ishlarda tuproqning unumdorligini oshirishga oid tavsiya va koʻrsatmalar berilgan. Tuproqning sifati haqidagi ma'lumotlar eramizdan avvalgi davrdagi mashhur Yunon va Rimlik olimlarning asarlarida uchraydi. Mamlakatimizda dastlabki ma'lumotlar IX-X asr-larda ijod qilgan sharqning buyuk qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino asarlarida tuproq haqida fikrlar aytilgan. Beruniy kitoblarida Oʻrta Osiyo hududida tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va xossalari toʻgʻrisida mulohazalar bildirilgan. Tuproq, dehqonchilik va chorvachilik haqidagi qimmatli fikrlar “Avesto” kitobida uchraydi. Ushbu kitobda Yer Ona bilan teng baholanadi. Tuproqqa qancha yaxshi ishlov berilsa, u ham shuncha yaxshi hosil beradi, ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil kutib boʻlmaydi, degan fikrlar keltirilgan. Koʻpgina Sharq mamlakatlari Misr, Xitoy va Hindistonda yerdan soliq olishda tuproqning sifat bahosi asosiy koʻrsatkich hisoblangan. Ya'ni unumdor tuproqlardan koʻproq, kam unumsiz tuproqlardan esa kamroq soliq olingan. Misrda tuproq sifatini hisoblash aniqlik bilan bajarilgan. Bunda tuproq sifatini belgilash don hosildorligini olish uchun muhim edi. Shuningdek, koʻpgina Sharq mamlakatlarida yerlardan soliq olishda tuproqning sifat bahosiga e'tibor qaratishgan. X-asrda yerlar baholanishi boʻyicha bir qancha materiallar Vizantiya qishloq xoʻjalik ensiklopediyasidan joy 1724 yilda tashkil etilgan Rossiya (Peterburg) fanlar Akademiyasi tuproqlar qoplamini oʻrganishda yagona markaz boʻlib qoldi. Rus olimi M.V. Lomonosovning butun faoliyati shu Akademiyada oʻtgan. 1757 yildan boshlab M.V. Lomonosov fanlar Akademiyasining geografiya departamentini boshqarib "Rossiya atlasi” va “Rossiya geografiyasi” ga oʻzgartirishlar kirtib boshladi. 1755 yilda esa Moskva universiteti tashkil etildi. Univer- sitetning birinchi professorlaridan biri boʻlgan M.I.Afonin tuproqni sozli qoratuproq, toshli qoratuproq, oʻrmonli qora- tuproq, botqoqli qoratuproq, yongʻoqli (ancha unumdor) qoratuproq kabi guruhlarga ajratgan. XIX asrning birinchi yarmida davlat yer-mulklari vazirligi (1833 yilda tuzilgan) da yer kadastri, ya'ni roʻyxatga olish ishlari olib borilgan. Bunday ishlarni oʻtkazish uchun kata mablagʻlar sarf qilindi. Yer kadastri 17 ta guberniyada amalga oshirildi. Bu komissiya materiallaridan statist (hisobchi) K.S.Veslovskiy keng foydalandi va Rossiyaning Yevropa qismi tuproq kartasi 1:8700 000 masshtabda tuzildi.
  • II. TADQIQOT OBYEKTI, TADQIQOT JOYINING TABIIY-IQLIM SHAROITI, USULLARI: 2.1. Tadqiqot obyekti etib Mirzachoʻlning eskidan oʻzlashtirilgan qismida joylashgan Sayxunobod tumani sugʻoriladigan boʻz-oʻtloqi va oʻtloqi tuproqlari tanlab olindi. Ushbu massivlar Mirzachoʻlning shimoli-sharqida joylashgan boʻlib, Sirdaryoning uchinchi terrasasiga toʻgʻri keladi. 2.2. Tadqiqot joyining tabiiy-iqlim sharoiti Geografik joylashuvi. Mirzachoʻl Sirdaryoning chap sohili boʻylab, Turkiston tizmasining shimoligacha boʻlgan hududda joylashgan. Mirzachoʻlning janubiy chegarasi Tur-kiston va Molguzar tizmasi togʻoldi hisoblanadi, sharqiy qismidan Sirdaryo daryosi, shimoli-gʻarbdan esa Qizilqum qumliklari bilan chegaralanadi. Mirzachoʻl shimol va shimoliy-gʻarbga tomon biroz nishablikka ega (M.U.Umarov [1974; 26-52 b]). Nishablik janubiy tomondan 0,006 dan boshlanib, shimolga tomon 0,002-0,003 m gacha kamayadi. Mirzachoʻlning dengiz sathidan oʻrtacha balandligi 250-300 m boʻlib, eng baland qismi janubi-sharqda, yaʼni sugʻorish kanallarining boshlanish qismlari yaqinida boʻlib, uning balandligi 350 m dir. Shimoli-gʻarbdagi, yaʼni Mirzachoʻldagi botiqlar va shoʻrxoklarning eng past yeri dengiz sathidan 230 m balanddadir. Mirzachoʻl tekisligi shimolga va shimoli gʻarbga tomon pasayib boradi. Asosiy suv manbai Sirdaryo daryosi boʻlib, «Doʻstlik» va Janubiy Mirzachoʻl kanallari orqali sugʻoriladi. «Doʻstlik» magistral kanalining uzunligi 123 km boʻlib, suv oʻtkazish qobiliyati 260 m³/sek boʻlib, sugʻorish maydoni 275 ming gektarga tengdir. Janubiy Mirzachoʻl kanali Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oqar suv bilan taʼminlaydi, uzunligi 242 km, sugʻorish maydoni 375 ming gektar boʻlib suv oʻtkazish qobilyati 500 m³/sek. Iqlimi. Mirzachoʻlning iqlimi kontinental subtropik hisoblanadi (M.U.Umarov [1974; 26-52 b]). Tropik va moʻtadil havo massasining mavsumiy oʻzgarishi, yozda barqaror issiq va quruq ob-havoning saqlanib turishi hamda qishning turgʻun boʻlmasligi Oʻzbekiston, xususan Mirzachoʻl uchun xosdir. Havoning harorati. Mirzachoʻlning harorat tartibiga shimoli-gʻarb tomonining ochiqda joylashganligi, yaʼni ushbu tomondan sovuq va nam havo massasining kirib kelishi hamda sharq va janub tomonidan togʻ tizmalari bilan himoyalanganligi katta ta'sir koʻrsatadi. Mirzachoʻlda oʻrtacha havoning harorati 12,2 dan 14,5° gacha oʻzgarib turadi. Oʻrtacha havoning harorati Mirza-choʻlning sharqi va shimoliy tomonidan pastroq boʻlib, janubga tomon harorat sekinlik bilan koʻtarilib boradi va 13,3- 14,5° gacha yetadi. Eng sovuq davrda (yanvar) oʻrtacha harorat minus 0,8 dan minus 4,4° gacha, eng issiq davrda (iyul) 26,5° dan 29,9° gacha. Mirzachoʻl hududida absolyut minimal harorat koʻp yillik kuzatuv natijalariga koʻra minus 28 dan minus 37° gacha. Oxirgi bahorgi sovuqlar gʻoʻza, gullaydigan mevali daraxtlar va sabzavot ekinlariga katta zarar keltiradi. Oʻrtacha koʻp yillik ma'lumotlarga koʻra bahorgi sovuqlar martning oxiriga toʻgʻri keladi, faqatgina Mirzachoʻlning shimoli-
  • III. ASOSIY QISM: 3.1. Tadqiqot joyi tuproqlarining asosiy xossalari. Tadqiqot obyekti tuproqlarining xossa va xususiyatlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni yoritish uchun xoʻjalik tuproq-larning joylashgan hududiga, relyefiga, gidrologik sharoitiga va bosh-qalarga bogʻliqdir. Qishloq xujaligida foydalaniladigan yerlarni ilmiy asos-langan tarzda hisobga olish, oqilona foydalanish, baholash imkonini yer kadastri beradi. Yer kadastri quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ro'yxatdan oʻtkazish, yerlarning miqdoriy hisobi, yerlarning sifat bahosi - bonitirovkasi, yerlarni iqtisodiy baxolash. Tuproqlarni har tomonlama yaxshilash, uning unumdorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xoʻjaligi kelgu- sidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni oshirish yerdan toʻgʻri va samarali foydalanish bilan bog'liqdir. Ana shu vaziyatda yer kadastrining ahamiyati kattadir. Sug'oriladigan yerlardan unumli foydalanish Tuproq xaritalari va tuproq bonitirovkasiga tuzatishlar kiritish natijalari shuni koʻrsatdiki, oxirgi yillarda yerlarning sifati holati yomonlashgan, tuproqlarning shoʻrlanishi, yer osti suvlarining sathi koʻtarilishi jarayonlari davom etmoqda, suv va shamol eroziyasi rivojlanmoqda. Sug'oriladigan yerlar tuproq sharoiti, mexanik tarkibi, sho'rlanish darajasi, gipsning mavjudligi, toshloqligi, eroziyaga moyilligini va boshqa xususiyatlari boʻyicha farqlanadi. Respublikadagi sho'rlangan yerlar jami sug'oriladigan yerlarning 64,4 foizini tashkil etadi, shu hisobda kuchsiz sho'rlangan yerlar 35,4 foiz, oʻrtacha shoʻrlangan 17,9 foiz va kuchli shoʻrlangan yerlar 11,2 % ni tashkil qiladi. Bugungi kunda respublikamizda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan 'prog'i ta'mirlab, meliorativ holatini yaxshilash talab etiladi. Tuproqlarning ikkilamchi shoʻrlanishi keltirib chiqaradigan sabab minerallashgan sizot suvlarining yer yuzasiga yaqin- ligidir. Sug'orish suvlarini katta me'yorda ishlatilish sizot suvlari sathining koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda grunt suvlari kam mineralizatsiyalashgan maydon 1,5 mln. gektarni, oʻrtacha mineralizatsiyalashgan 0,7 mln. gektarni va kuchli 0,5 mln. gektarni tashkil etadi. Yerga mexanizmlar bilan ishlov berishni chegaralovchi va tuproqlarning unumdor qatlami hajmini kamaytiruvchi salbiy omil yerning toshloqligidir. Oxirgi yillarda Namangan, Farg'ona, Navoiy va bir qator boshqa viloyatlarda toshloqli adir yerlar oʻzlashtirildi, bu esa mazkur toifadagi sugʻori- ladigan yerlar maydonining 156,7 ming gektarga koʻpayishiga sabab boʻldi. Respublika boʻyicha gipslashgan yerlarning umumiy maydoni 291,5 ming gektarni tashkil qiladi. Tuproqlarning unumdorligiga shamol va suv eroziyalari katta ta'sir koʻrsatadi. Respublikadagi 26734 gektar qishloq xoʻjaligi yerlarning 2700 gektari suv eroziyasiga, 20478 gektari shamol eroziyasiga, 2005 gektari esa suv va shamol eroziyasiga uchragan yerlardir. Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi hisobotga asosan respublikada 80 ming gektarga yaqin meliorativ qurilish holatidagi yerlar mavjud. Aksariyat, viloyat va tumanlarda mazkur yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha 3.2. Sabzavot ekinlari uchun tuproq bonitirovkasi va gipslashganlik darajasiga koʻra bonitirovka koeffisiyentlari Gipsli tuproqlar choʻl zonasida va boʻz tuproqlar minta- qasida tarqalgan. Gipsli tuproqlar Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysi, Jizzax, Mirzachoʻl, Malikchoʻl, Sherobod choʻli va Ustyurt platosida katta maydonlarni egallagan. Gipslashganlik darajasi, gips shakli va uning tuproq profi- lida joylashgan chuqurligi tuproqning unumdorligini ma'lum darajada belgilaydi. Qumoqli va loyli tuproqlarda gipsning miqdori 10-30 foizgacha boʻlishi uning zichligini keskin oshirib yuboradi [Molodsov, 1982; 95 b]. Tajribada Mirzachoʻlning janubiy qismi oʻzlashtirilganligiga 15 yildan ortiq boʻlsa- da, gʻoʻzaning hosildorligi 7-13 s/ga ligicha qolmoqda, vaholanki, xuddi shunday mintaqadagi gipslashmagan boʻz- oʻtloqi tuproqlarda hosildorlik 25-35 s/ga ni tashkil yetgan. Bunday qatlamning tuproq yuzasida joylashishi uning ishlab chiqarish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Tuproq zichligining ortishi nafaqat qishloq xoʻjaligi ekinlarining ildizini tuproqqa kirishini kamaytirib yuboradi, balki tuproqning suv-fizik xossalari va oziqa rejimiga ham salbiy ta'sir koʻrsatadi. N.D. Kiseleva, O.G. Lapotovskayalar [2001; 95 b] tup- roqdagi gips qatlamining joylashishi, kelib chiqishi va uning tuproq xossalariga ta'sirini oʻrganish uchun maxsus tajribalar oʻtkazishgan. Tuproqdagi gips miqdorining ortishi bilan tup- roqning fizik xossalarini keskin yomonlashtirib yuborishini aniqlashgan. Gips foydali suvning umumiy zahirasini va tuproqning suv ushlash qobiliyatini pasaytiradi. Malikchoʻlning kuchsiz gipslashgan tuproqlarida hatto yuqori me'yorda oʻgʻitlar qoʻllagan sharoitda ham, gipslashmagan tuproqlarga nisbatan paxta hosildorligi 6 s/ga ga kam boʻlgan [Minashina, 1983; 95 b]. Yuqori miqdorda gips (40-50 %) boʻlganda gʻoʻzaning hosildorligi bor-yoʻgʻi 3,2 s/ga boʻlgan. Mayda donador gipsning miqdori gʻoʻza ildizi atrofida (0- 70 sm) 1% ga ortishi Minashina ma'lumotlariga koʻra [2001; 95 b] paxta hosilini 1,-1,7 % ga kamayishiga olib keladi. Bu tuproqning suv-fizik xossalarining yomonlashuvi bilan bog'liq.