Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi
Kitob «Yogʻlarni qayta ishlash texnologiyasi» fani bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Unda yog'lar va moylar turlari, ularning tarkibi, rafinatsiyalash, gidrogenlash, neytrallash, dezodoratsiya, oqlash, yogʻ kislotalarini olish, glitserin ishlab chiqarish, sovun ishlab chiqarish, margarin va mayonez ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ulardagi uskuna va jarayonlar, sifat ko'rsatkichlari, laboratoriya mashg'ulotlari, savol va javoblar kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda keltirilgan har bir mavzu o'zining nazariy asoslari bilan birga amaliy jihatdan ham keng yoritilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasida yog'-moy sanoatining rivojlanish istiqbollari ham ko'rsatib berilgan.
Asosiy mavzular
- Yogʻlarni qayta ishlash texnologiyasi: Bu mavzu yogʻlar va moylarning umumiy turlari, ularning tarkibi, rafinatsiyalash, gidrogenlash, neytrallash, dezodoratsiya, oqlash jarayonlari, ularda ishlatiladigan uskunalar va texnologik jarayonlar hamda shu soha bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
- Yogʻlarni qayta ishlashning asosiy bosqichlari: Bu mavzu yogʻlarni qayta ishlashning asosiy bosqichlari, jumladan, tindirish, sentrifugalash, filtrlash, gidratatsiya, neytrallash, oqlash va dezodoratsiya jarayonlarini chuqur yoritib beradi.
- Yogʻlarni gidrogenlash texnologiyasi: Bu mavzu yogʻlarni gidrogenlash jarayoni, uning mohiyati, kimyoviy oʻzgarishlar, toʻyinmagan yogʻ kislotalarini selektiv gidrogenlash va izomerizatsiyasi, qanday katalizatorlar ishlatilishi va ularning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot beradi.
- Vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi: Ushbu mavzu vodorod ishlab chiqarishning sanoat miqyosidagi usullari, texnologik sxemasi va uni saqlash kabi muhim jihatlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, temir-bugʻ usuli, tabiiy gaz konversiyasi va suvni elektroliz qilish usullari yoritib berilgan.
- Glitserin ishlab chiqarish texnologiyasi: Glitserin ishlab chiqarish jarayoni, uni olish usullari, texnik va distillangan glitserinni olishning texnologik sxemalari, glitserin sifatini ko'rsatkichlari hamda glitserinli suvni tozalash usullari haqida batafsil ma'lumot beradi.
- Sovun ishlab chiqarish texnologiyasi: Bu mavzu sovun olish usullari, sovunlarning fizik-kimyoviy xossalari, jumladan, eruvchanlik, elektr o'tkazuvchanlik, gidroliz, ko'piklanish va sirt faolligi kabi jihatlar, shuningdek, xo'jalik va atir sovunlarining retsepturalari va ishlab chiqarish texnologiyasi bayon etilgan.
- Margarin va mayonez ishlab chiqarish texnologiyasi: Ushbu mavzu margarin va mayonez mahsulotlari assortimenti, ularning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladigan xomashyolar va qo'shimcha moddalar, retsepturalar, tuzilishi va shanitar-gigienik sharoitlar haqida batafsil ma'lumot beradi.
- Xom yogʻ kislotalari va distillangan yogʻ kislotalari olish texnologiyasi: Bu mavzu xom yogʻ kislotalarini olish, ularni qayta ishlash, distillyasiyalash texnologik sxemalari, texnik olein va stearin olish jarayonlari hamda yogʻ kislotalarining tuzilishi va xossalari haqida ma'lumot beradi.