Dorivor o’simliklar genetikasi va seleksiyasi
Ushbu kitob tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun muhim boʻlgan dorivor oʻsimliklarning genetika va selektsiya asoslari, irsiy oʻzgaruvchanlik, mutatsiya, gendr alashish, gametogenesis, urugʻlanish, DNK va RNK tuzilishi, xromosomalar va ularning oʻzgarishlari, DNK reparatsiyasi, genetik kod, genetik injeneriya, populatsiya genetikasi, geterozis va seleksiya usullari kabi keng qamrovli mavzularni oʻz ichiga oladi. Kitobda nazariy maʼlumotlar bilan bir qatorda amaliy misollar, jadvallar, rasmlar va mavzuni mustahkamlash uchun savollar ham berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dorivor oʻsimliklar, genetika va seleksiya fanining maqsadi, vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi hamda tibbiyot va farmatsevtika sanoatidagi ahamiyati haqida tushuncha beriladi.
- Dorivor oʻsimliklar irsiyatining sitologik asoslari: Dorivor oʻsimliklar hujayrasi tarkibi, organoidlarining funksiyalari, irsiyat va oʻzgaruvchanlik haqida tushuncha, dorivor oʻsimliklar genetikasi va seleksiyasining zamonaviy usullari yoritilgan.
- Dorivor oʻsimliklar irsiyatining molekulyar asoslari: DNK, RNK va oqsilning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, DNK replikatsiyasi va reparatsiyasi, dorivor oʻsimliklarda oqsil biosintezi jarayoni kabi mavzular qamrab olingan.
- Irsiyatning asosiy qonuniyatlari: Organizmga xos boʻlgan irsiyatni va uning naslga oʻtish mexanizmini oʻrganish uchun maxsus genetik uslublar zarurligi, Mendelning genetik qonunlari, chala dominantlik va duragaylash usullari tahlil qilingan.
- Belgilarning birikkan holda irsiylanishi: Genlarning birikkan holda irsiylanishi, xromosomada genning oʻrnini aniqlash va genetik xarita tuzish usullari, crossing over va uning ahamiyati haqida maʼlumot berilgan.
- Oʻzgaruvchanlik. Mutatsion oʻzgaruvchanlik: Oʻzgaruvchanlikning turlari, mutatsion jarayon, uning sabablari, mutatsiyalarni hisoblash usullari, kimyoviy va radiatsion mutagenlar hamda ularning oʻzgaruvchanlikka taʼsiri yoritilgan.
- Gen va uning tarkibi: Genning tuzilishi, transkripsiya va translatsiya jarayonlari, genetik kod, genning ekspressiyasi va regulyatsiyasi kabi mavzular tahlil qilingan.
- Geterozis: Geterozis hodisasi, uning turlari, sabablari va oʻsimliklar selektsiyasida ahamiyati hamda gеtеrozigotlikning tabiatdagi roli yoritilgan.
- Seleksiyaning genetik asoslari: Seleksiya fanining nazariy asoslari, tanlash, duragaylash, inbriding, autbriding, crossbreeding usullari va ularning genetik asoslari tahlil qilingan.
- Populyasiyalar genetikasi: Populyatsiya, genetik yuk, Hardy-Weinberg qonuni, migratsiya, izolyatsiya va inbridingning taʼsiri, genetik xaritani tuzish kabi mavzular yoritilgan.
- Mutatsiyalar va ularning turlari: Mutatsiyaning turlari (gen, xromosomali, genom), mutatsiyalarning sabablari va ularni aniqlash usullari, kimyoviy va radiatsion mutagenlar taʼsiri haqida maʼlumot berilgan.
- Yadrog'a bog'liq bo'lmagan irsiyat: Sitoplazmatik irsiyat, xloroplast va mitoxondriyalar DNKsi, ularning irsiy ahamiyati, anevploidiya va geteroploidiyaning turlari va sabablari tahlil qilingan.