Energiya va iqlim

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Energiya va iqlim" fanini o'rganish jarayonida talabalarga quyosh elementlari, energiya, iqlim o'zgarishlari, ularning sabablari va oqibatlari, shuningdek ularga moslashish va ularni yumshatish choralari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berishni maqsad qilgan. Majmua mazmuni aniq va mukammal shakllantirilgan bo'lib, unda energiyaning asosiy turlari, manbalari, foydalanish usullari, elektr energiyasining ishlab chiqarilishi, iqlim o'zgarishlarining sabablari va oqibatlari, shuningdek ularga moslashish va ularni yumshatish choralari keng qamrab olingan. Kitobda talabalar uchun nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda, ularning amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga ham alohida urg'u berilgan. Laboratoriya mashg'ulotlari esa talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ularni mustaqil ishga o'rgatishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Energiya asoslari: Energiyaning jamiyat va hayotimizdagi o'rni, energiya turlari, energiya ta'minoti, elektr kuchi va uning mohiyati, energiya bu ishlash imkoniyati, energiya samaradorligi, "materiallashgan energiya" tushunchasi.
  • Energiya statistikasi: Energiyadan foydalanish tarixi, neft ishlab chiqarish va iste'moli, energiya ishlab chiqarish va foydalanish, energiyaning yetarliligi va samaradorligi.
  • Energiyadan samarali foydalanish strategiyalari: Yaxshi energiya menejmenti tamoyillari, energiya ta'minoti tizimi, elektrostansiyalar, transport uchun energiya, elektr energiya – samaraliroq yoritish, motorlar va jarayonlar, issiqlik energiyasi – tejash, yuqori va past sifati, umumlashgan yechimlar.
  • Energiya manbalari va O'zbekistonda energiyadan foydalanish: O'zbekistonda energiya sektori, neft va gaz sektori – issiqxona gazlari ajralib chiqishi, gaz sektoridan tabiiy gazning oqib chiqishi, elektr energiya muhandisligi, energiyadan foydalanish samaradorligini yaxshilanishi – elektr tarmoqlari.
  • Iqlim tizimi: Yer sayyorasi iqlimiga ta'sir etuvchi omillar, iqlim tizimidagi o'zgarishlar, quyosh radiatsiyasi va global issiqlik balansi, suv sikli, global darajada uglerodning harakatlanish sikli, dunyo okeani va atmosferadagi oqimlar, hududlar iqlimi, iqlim ilmi.
  • Iqlim o'zgarishlari – sabablari va oqibatlari: Iqlim tizimidagi kuzatilgan o'zgarishlar – global isish, muz va ulkan muzliklarning kamayib borishi-Arktika, dengiz sathining ko'tarilishi, favqulodda ob-havo hodisalari, issiqxona gazlari konsentratsiyasining oshib borishi, iqlim tizimi va unda yaqinda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni anglash, iqlim o'zgarishlariga shubha bilan qarovchilar va uni inkor etuvchilar.
  • Kelajakdagi iqlim o'zgarishlari – risk darajasini baholash: Kuzatilgan ta'sirlar, zaif nuqtalar va tashqi ta'sirlardan himoyalanmaganlik, iqlim bilan bog'liq xavf-xatarlar, individual sektorlarga ta'siri.
  • Iqlim o'zgarishlariga moslashish va ularni yumshatish: Kelajakdagi risklarni boshqarish va kuchlarni tezda qayta tiklashni tashkil etish – yumshatish va adaptatsiya, ajralib chiqish va yumshatish harakatlari rejasi va barqaror rivojlanishb doirasidagi chora tadbirlar, yumshatish yo'llari va choralari, energiya ta'minoti, transport, bino-inshootlar, sanoat, qishloq xo'jaligi, o'rmonchilik va boshqa yerdan foydalanish (AO'BYF), insonlarning o'rnashib olishi, infratuzilma va fazoni rejalashtirish (bo'sh yerlarni).
  • Iqlim o'zgarishlariga moslashuvning O'zbekistonga ta'siri: O'zbekistonda iqlim o'zgarishlarini oldindan aytish, iqlim o'zgarishlarining oqibatlari yoki turli iqtisodiyot sektorlari, moslashish talablarini baholash, qishloq xo'jaligi va suv resurslari.
  • Iqlim siyosati: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim konvensiyasi, atrofdagi muhitni muhofazasida xalqaro hamkorlik, iqlim muammolari, iqlimga oid muzokaralar va Kioto Protokoli, Kioto Protokolining tadbiqi, Yevropa Ittifoqining iqlimga oid siyosati, Global iqlim kelishuvi.
  • Iqlim o'zgarishlariga qarshi kurashda O'zbek milliy siyosati: Xalqaro konvensiyaning qo'llanilishi, iqlim o'zgarishlariga oid siyosatni qo'llab quvvatlashga qaratilgan O'zbekiston qonunlari.
  • Iqlim harakatlarini amalda joriy etishda siyosiy vositalar: Siyosiy vositalari, boshqaruv organlari: siyosatchilardan tortib jamoat tashkilotlarigacha, tartibga solish – 3ta holat.
  • Energiya tejovchi texnologiyalar: Elektr energiyasini tejash, talab chizigʻining eng yuqori nuqtalarini bir xil darajaga keltirish, termal energiyani tejash – qaynatgichlar, issiqlikni qayta tiklash tizimi plazma texnologiyasi, issiqlik nasoslari, termal energiyani tejash – sovutish tizimi.
  • Energiyani boshqarish: Resurslarni boshqarish asoslari, sanoat sektorida energiyani boshqarish, menejment yondashuvi natijasi sof mahsulotlar, uy xoʻjaligi sektorida energiyani boshqarish, mahalliy jamoada energiyani boshqarish, energiya boshqarish tizimida ISO50001.