Cofféa arábica o’simligining kimyoviy tarkibini o’rganish

Ushbu ishning asosiy maqsadi Coffea arabica o'simligidan ajratib olingan kimyoviy birikmalarni o'rganish, ma'lumotlarni qiyoslab o'xshashlikni aniqlash, ya'ni birikmalarni tuzilishini tahlil qilish, fiziologik faolligi yuqori bo'lgan birikmalarini muhokama etish hamda shu o'simlik tarkibida uchraydigan ayrim moddalarning tibbiy ahamiyatga ega ekanligini o'rganishdan iborat. Ishda Coffea arabica o'simligining botanik tavsifi, turlari, tarqalish areali oid ma'lumotlar keltirilib, jamlanib tahlil qilingan. Kimyoviy birikmalar tuzilishi asosida o'rganilib, umumlashtirilgan va tasniflangandan so'ng, ular orasida o'ziga xos tuzilishga ega turli birikmalar mavjudligi ko'rsatilgan. Shuningdek, kimyoviy birikmalar farmakologiyasiga oid ma'lumotlar jamlanib, umumlashtirilgan hamda ishlatilish sohalari keltirilgan. Qahvani methanol, dixlormetan va geksan erituvchilari bilan ekstraksiyasi amalga oshirilgan hamda olingan ekstrakt asosida flavonoidlar, alkaloidlar va terpenoidlarga xos sifat reaksiyalari amalga oshirilgan. Qahva tarkibidan kofeinni ajratib olish tajribasi amalga oshirilib, ajratib olingan kofeinni fizik xossalari o'rganilgan va sifat reaksiyasi amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular

  • Coffea arabica o'simligining botanik tavsifi va tarqalish areali: Coffea arabica o'simligining umumiy tavsifi, botanik tavsifi, turlari, tarqalish areali va genetik jihatdan tavsiflab berilgan. O'simlikning vatani Efiopiya bo'lib, keng ko'lamda ekilishi va undan olingan mahsulotlarning inson hayotidagi muhim ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
  • Coffea arabica kimyoviy tarkibining o'rganilishi: Coffea arabica o'simligi va undan tayyorlangan qahvadan ajratib olingan kimyoviy birikmalar tuzilishi asosida o'rganilgan. Yashil va qovurilgan qahva tarkibida mavjud uglevodlar, lipidlar, proteinlar, alkaloidlar, xlorogen kislotalar, efir moylari, vitaminlar, hamda boshqa muhim birikmalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
  • Coffea arabica kimyoviy birikmalarining farmakologik xususiyatlari va ishlatilish sohalari: Coffea arabica tarkibidagi kimyoviy birikmalarning farmakologik xususiyatlari, inson salomatligiga ta'siri, ularning tibbiy ahamiyati va ishlatilish sohalari haqida ma'lumotlar jamlangan.
  • Qahva ekstraktlaridan kimyoviy moddalarni ajratib olish va sifat tahlili: Qahva ekstraktlaridan methanol, dixlormetan va geksan erituvchilari bilan flavonoidlar, alkaloidlar va terpenoidlar ajratib olingan hamda ularning mavjudligi sifat reaksiyalari orqali aniqlangan. Shuningdek, kofeinni ajratib olish tajribasi o'tkazilib, uning fizik xossalari va sifat reaksiyalari amalga oshirilgan.