Тикув буюмлари матeриалшунослиги

Ushbu maʼruza matni kunduzgining 5321600 – «yengil sanoati texnologiyalari va jihozlari», yoʻnalishidagi bakalavrlar uchun tuzilgan boʻlib, unda tabiiy va kimyoviy tola-iplarning tuzilishi, xossalari, ularning olish usullari va qoʻllash sohalari, shuningdek shu tola va iplardan toʻqilgan gazlamalarning, trikotaj va notoʻqima polotnolarning, tabiiy va sunʼiy moʻyna, charmlarning, biriktiruvchi materiallarning tuzilishi va xossalari, ularni pardozlash jarayonlari, assortimenti, geometrik, mexanik, fizik, optik va issiqlik xossalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH. YeSMM FANING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI: Yengil sanoati mahsulotlari materialshunosligi fanining ahamiyati, materiallarning guruxlanishi, fanning boshqa fanlar bilan bogʻliqligi.
  • TO’QIMAChILIK TOLA VA IPLARNING SINFLANISHI: To’qimachilik materiallarining asosiy tuzilish elementlari, to’qimachilik tola va iplarning sinflanishi, makromolekullarning tuzilishi, mikrofibrillalarning tuzilishi.
  • TOLALARNING ASOSIY XOSSALARI: Tola va iplarning geometrik xossalari, mexanik xossalari, fizik xossalari.
  • O’SIMLIK TOLALARNING TUZILISHI VA XOSSALARI: Tabiiy o’simlik tolalarining tuzilishi, paxta tolasining tuzilishi, zig’ir tolasining tuzilishi, o’simlik tolalarining xossalari.
  • JONIVORLARDAN OLINADIGAN TOLALAR. KIMYOVIY TOLALAR.: Jonivorlardan olinadigan tolalarning tuzilishi, jun tolasining tuzilishi, ipak tolasining tuzilishi, kimyoviy tola olishning boskichlari, sun’iy va sintetik tolalarning tuzilishi va xossalari.
  • TO’QIMAChILIK IPLARI.: Yigirish usullari, iplarning turlanishi, iplarning xossalari.
  • GAZLAMALARNING TUZILISHI VA XOSSALARI: Gazlamani ishlab chiqarish jarayoni, gazlama o’rilishining sinflanishi, tuzilishi, xarakteristikalari, fazalari, sirti.
  • T R I K O T A J: Trikotajni olinishi, o’rilishlari, tuzilish xarakteristikalari.
  • TO’QIMACHILIK MATERIALLARINI PARD OZALASH: Gazlamalarni pardozlash va tayyorlash, bo’yash, gul bosish, yakunlovchi pardozlash.
  • MATERIALLARNING GEOMETRIK XOSSALARI VA MASSASI.: Materiallarning xossalarining sinflanishi, materiallar qalinligi, eni, uzunligi, chiziqli va sirt zichligi.
  • MATERIALLARNING MEXANIK XOSSALARI. MATERIALLARINING CHO’ZISH XARAKTERISTIKALARI.: Mexanik xossalar, sinflanishi, cho’zish, bir o’qli cho’zish, yirtish, ko’p o’qli cho’zish, bir davrli cho’zish va uning tekshirish usullari, to’liq deformatsiya va uning qismlari, ko’p davrli cho’zish va uning xarakteristikalari.
  • MATERIALLARNING FIZIK XOSSALARI: Materiallarning fizik xossalari, yutish qobiliyati, gigroskopik xossalar, namlik, optik xossalar.
  • MATERIALLARNING O’TKAZUVCHANLIK: To’qimachilik materiallarining o’tkazuvchanligi, xavo o’tkazuvchanlik, nam o’tkazuvchanlik, suv o’tkazuvchanlik, chang o’tkazuvchanlik.
  • MATERIALLARNING ISSIQLIK XOSSALARI: Issiqlik xossalari, issiqlik o’tkazuvchanlik, issiqlik sigimi, harorat o’tkazuvchanlik, issiq va haroratbardoshlik, past haroratga chidamlilik.
  • MATERIALLARNING OPTIK XOSSALARI: Optik xossalar, materiallarning rangi, oppokligi, yaltirokligi, tinikligi, elektrlanishi.
  • MATERIALLARNING KIRISHISHI: Gazlamalarning kirishishi, kirishishini kamaytirish, xullash-dazmollashda shakl olish xususiyati, plastik xossalar.
  • MATERIALLARNING EMIRILISHGA CHIDAMLILIGI: Emirilishga chidamlilik, emirilishga sabab bo’ladigan faktorlar, eyilish, pillinglanish, eyilanishning fizik-kimyo faktorlari.