XVII-IXX” asrlarda markaziy osiyoda jismoniy madaniyat taraqqiyoti va uning ilmiy pedagogik asoslari

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti, Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasida bajarilgan. Muallif Qobiljonov Qosimjon Qobiljon oʻgʻli. Ushbu tadqiqot 16-19 asrlarda Markaziy Osiyoda jismoniy madaniyat taraqqiyoti va uning ilmiy pedagogik asoslariga bag'ishlangan. Dissertatsiyada oʻsha davrdagi taʼlim tizimi, jismoniy madaniyatga oid qarashlar, shuningdek, jismoniy tarbiya usullari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: 16-19 asrlarda Markaziy Osiyo ta'lim-tarbiya tizimidagi ma'naviy-axloqiy, tabiiy, badiiy, iqtisodiy, huquqiy qarashlarga oid bir qator maqola, risolalar e'lon qilingan bo'lsa-da, jismoniy madaniyatga oid qarashlar aloxida tadkiqot sifatida oʻrganilmagan. Bu esa tadqiqot mavzusining dolzarbligini ko'rsatadi.
  • Dissertatsiyaning maqsadi: 16-19 asrlarda Markaziy Osiyodagi jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning mohiyatini aniqlash va ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Dissertatsiyaning oʻrganilganlik darajasi: Ajdodlarimiz jismoniy madaniyati va tarbiyasini oʻrganishga doir A.K.Ataev, T.S.Usmonxo'jaev, X.A.Botirov, R.S.Salomov, R.D.Xalmuxamedov, K.D,YArashev, R.Abdukarimov, F.A.Kerimov, B.B.Mamurov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ammo ta'lim tizimi, undagi jismoniy madaniyatga oid ilg'or fikr va qarashlarni maxsus oʻrganib, hozirgi kundagi ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo'yicha maxsus tadqiqot amalga oshirilmagan.
  • Dissertasiyaning yangiligi: 16-19 asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlar asarlaridagi jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaga doir fikrlar ilk bor toʻliq jamlanadi va bir tizimga keltiriladi.
  • Dissertasiyaning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalaridan oliy ta'lim muassasalarida aqliy, ma'naviy-axloqiy, mehnat, jismoniy, nafosat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiya yoʻnalishi, tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etishda unumli foydalanish mumkin.
  • Dissertasiyaning metodologik asoslari: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya toʻgʻrisidagi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-son «Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori tadqiqotimiz uchun metodologik asos boʻlib xizmat qildi.
  • Tadqiqotning tuzilishi va hajmi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
  • Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 1. 16-19 asrlarda Markaziy Osiyodagi jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaga oid ilg'or g'oyalar va qarashlar mazmunini tadqiq etish muhim pedagogik muammo ekanligi. 2. 16-19 asrlarda Markaziy Osiyo madrasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining mohiyati. 3. 16-19 asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlarning jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaga doir g'oya va qarashlarini barkamol yoshlarni tarbiyalash yo'nalishida o'rgatish yo'llari, shakl, metod va usulllari. 4. 16-19 asrlarda Markaziy Osiyodagi jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning etakchi metod va usullarni tadbiq etish vositasida ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish. 5. 16-19 asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlarning asarlarida ifodalangan jismoniy madaniyat va tarbiyaga oid ilg'or fikr va qarashlarni ta'lim tizimidagi ta'lim-tarbiya jarayonida qoʻllashga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.