Buxoro tarixi

Ushbu kitob Buxoro tarixini qadim zamonlardan hozirgi kunlargacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Unda Buxoro vohasining arxeologik o‘rganilishi, Poykent, Varaxsha yodgorliklari arxeologiyasi, Buxoro shahri yoshini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, Buxoroning qadimgi zamonlardan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi o‘z aksini topgan. Mustaqillik yillari, shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoev rahnamoligida Buxoroda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, madaniy-ma’rifiy sohadagi tub o‘zgarishlar ushbu o‘quv qo‘llanmadan joy olganki, ushbu ma’lumotlar talaba yoshlarda madaniy meros va qadriyatlarga hurmat, uni e’zozlash, ona yurtga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular

  • So‘zboshi: Buxoro O‘zbekistonning qadimiy madaniy maskanlaridan biri. Uning tarixi, madaniyati O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlar o‘tmishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Alohida olingan bir qadimiy hudud o‘tmishini O‘zbekiston tarixi doirasida maxsus o‘rganish O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi.
  • Muqaddima: Mazkur o‘quv qo‘llanmaning muqaddimasida birinchidan, asosiy narrativ manbalarning Buxoro tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berish, ikkinchidan Buxoro tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ilmiy salohiyati va qiyosiy tahlilini amalga oshirish (bunga Mustaqillikkacha va Mustaqillik yillaridagi nashrlar, jumladan, xorijiy nashrlar kiradi), uchinchidan Buxoro tarixining muayyan tomonlarini qamrab olgan o‘quv adabiyotlarini tahlil qilishga harakat qilindi.
  • 1-Modul. Qadimgi va o‘rta asrlarda Buxoro: Buxoro shahrining shakllangan tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish va tartibga solish, tarix, madaniyat va me’morchilik yodgorliklarini har tomonlama o‘rganish, ommalashtirish va targ‘ib qilish, o‘zbek xalqining bebaho milliy qadriyatlarini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish, Buxoro shahrining tarixiy qismi yagona kompleks sifatida to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
  • 1-mavzu: Buxoro vohasining o‘rganilish tarixi: O‘rta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri Buxoroning tarixiy o‘tmishi va hozirgi davri ko‘plab tarixiy manba va adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Buxoro vohasida amalga oshirilgan dastlabki ilmiy-tarixiy tadqiqotlarda Rossiya olimlari sermahsul faoliyat olib bordi. Ular orasida mashhur sharqshunoslar ham ko‘p edi. Buxoroning o‘tmishi va bugunini o‘rganish borasida N.I.Veselovskiy ko‘p mehnat qildi.
  • 2-mavzu: Buxoro vohasi tarixiy geografiyasi: Buxoro vohasida o‘troq dehqonchilik, shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishida Zarafshon daryosining hayotbaxsh o‘rni beqiyos. Qadimda Misr «Nilning hadyasi» bo‘lganidek, Buxoro vohasini ham Zarafshon daryosining in’omi desa bo‘ladi. Chunki, daryo adog‘ida joylashgan bu o‘lkaning o‘zi, avvalambor, Zarafshonning ming yillar davomida oqizib kelgan loyqa yotqiziqlari tufayli vujudga kelgan.
  • 3-mavzu: Buxoroda ilk o‘rta asr shaharsozlik madaniyati: Zarafshon vodiysining quyi qismiga joylashgan Buxoro vohasi paydo bo‘lishi to‘g‘risida poleogeografik mulohazalarda ilk o‘rta asrlardayoq daryo vodiylari shakllanishi va bu jarayonda suv manbalarining tabiiy roli haqida etarli va aniq tushunchaga ega bo‘linganligidan dalolat beradi. Qizig‘i shundaki, bundan qariyb ming yil avval bu fikr naqadar to‘g‘ri ekanligini o‘lkada olib borilgan gidrogeologik va arxeologik tadqiqotlar tasdiqlab berdi.
  • 4-mavzu: Ilk o‘rta asrlarda Buxoro: Buxoro ahli qadim zamonlar haqida qiziq rivoyatlar aytib keladilar. [Masalan], ularning [hammasi] bir ovozdan ta’kidlaydilarki, ularning qal’asi va ko‘handizining fazilatlaridan [biri] shuki, undan hech qachon [birorta] hukmdorning janozasi chiqmagan, unda xech qachon chetga chiqib, mag‘lub bo‘lgan [qo‘shin] ning tug‘i yoki bayrog‘i o‘rnatilmagan.
  • 5-mavzu: Somoniylar va Qoraxoniylar davrida: Somoniylar davrida Buxoroda ilm-fan ravnaq topib, madaniyat gullab-yashnaganini tasdiqlovchi qo‘plab tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar mavjud. Bu jarayon qoraxoniylar, g‘aznaviylar, buyuk saljuqiylar va xorazmshohdar davrida izchil davom etadi.
  • 6-mavzu: XIII-XV asrlarda Buxoro: XIII-XV asrlarda Buxoro shahri ikki bir-biriga zid jarayonni boshidan kechirdi. Ya’ni, mo‘g‘ullar istilosi natijasida yarim vayronaga aylangan shahar temuriylar davrida qayta tiklanib, Movarounnahrning ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylandi.
  • 2-Modul. XVI-XXI asrlarda Buxoro: O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob namunasi sanalgan Abdulazizxon madrasasi tashqi intereri o‘ta nozik did bilan ishlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Unda bir-biriga yaqin bo‘lgan ranglar uyg‘unligi muqarnas qismida ajoyib manzara kasb etib turadi.
  • 7-mavzu: Shayboniylar davrida Buxoro: Shayboniylar sulolasining yirik vakili Abdullaxon (1557-1598) Buxoroni egallash va butun Movarounnahrni uning atrofiga birlashtirishda buxorolik mashhur Jo‘ybor xo‘jalarining yirik vakillaridan biri Xo‘ja Islomning (1493-1563) diniy-ma’naviy obro‘yidan foydalandi.
  • 8-mavzu: Ashtarxoniylar davrida Buxoro: Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, Movarounnahrda tashkil topgan Shayboniylar sulolasi boshqaruvi Buxoro tarixida muhim o‘rin egallaydi. Sulolaning davlatni boshqaruv tizimi O‘rta Osiyoda asrlar osha mavjud bo‘lib kelgan tartibni o‘zgartirdi, ya’ni dargohning mavqei kuchayib borib, natijada devonlar tizimi faoliyati cheklanib qoldi.
  • 9-mavzu: Mang‘itlar davrida Buxoro: XVIII asr 40-yillariga kelib Buxoro xonligida siyosiy va iqtisodiy inqiroz kuchaydi. Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxon (1711-1747) hukmronlik yillarida markaziy hokimiyatning zaiflashuvi natijasida Buxoro xonligidan Qo‘qon ajralib chiqib, bu erda mustaqil xonlikka asos solindi.
  • 10-mavzu: Buxoro BXSR va sovetlar davrida: Buxoroga qizil armiya tomonidan qilingan bosqin natijasida 1920-yil 2-sentyabrda amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi va yangi respublika boshqaruvi o‘rnatildi. Asli bu xalqaro huquq normalarining bolsheviklar tomonidan qo‘pol ravishda buzilishi va mamlakatda ko‘rsatilgan
  • 11-mavzu: Mustaqillik yillarida Buxoro: Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Mustaqillik yillarida qadimgi me’moriy yodgorliklarning barchasi ta’mirlanib, o‘zining asliy qiyofasiga ega bo‘ldi. Hozirgi davrda Buxoro mamlakatimizda tobora kengayib borayotgan turizmning jozibador maskanlaridan biriga aylandi.
  • Tarixiy atama va tushunchalarning izohli lug‘ati: Bu lug‘atda Buxoro tarixiga oid muhim tarixiy atamalar va tushunchalar izohlangan bo‘lib, ular o‘zbek, arab va fors tillaridan olingan va ularning ma’nolari berilgan.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: Kitobni tayyorlash jarayonida foydalanilgan asosiy adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, internet materiallari va qo‘shimcha adabiyotlar keltirilgan.
  • Ilovalar: Kitobda Buxoro tarixi bilan bog‘liq xorijiy va mahalliy tadqiqotlar, shuningdek, Buxoro Registonining xaritasi, Mahmud Torobiy haykali, Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari va Muhammad Muzaffarning Rum sultoniga maktubining nusxalari keltirilgan.