Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash

Ushbu ilmiy ishning maqsadi – maktab tasviriy san'at darslarining „Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash» mavzusida ishlangan asarlarni tavsiflashni oʻrganish metodikasini takomillashtirish. Ishning vazifalari: Ta'lim jarayonida batal janriga oid rassomlar asarlarini aniqlash; maktab tasviriy san'at darslarida mavzu asosida rasm chizishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish; mavzuli rasm chizish muammolari va zaruratini belgilash; mavzuli rasm chizishning oʻziga xosligini tavsiflash; maktab tasviriy san'at darslarida „Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash mavzusidagi rassomlar asarlarini o'rganish; maktab tasviriy san'at darslarida mavzu asosida ishlangan asarlar tavsiflanishi metodikasini takomillashtirish; maktab tasviriy san'at darslarida ishlangan mavzu asosidagi asarlarning tahliliy natijalarini berish. Ishning obekti: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at darslari jarayoni. Ishning predmeti: Umumiy oʻrta ta'lim maktablarining tasviriy san'at darslarini tashkil etish mazmuni va samarali metodlari. Tadqiqotning umumiy farazi: Tasviriy san'at darslari jarayonida batal janriga oid rassomlar asarlaridan foydalanib borilganda dars samarali bulishi mumkin. Ishning nazariy va amaliyot ahamiyati: Mazkur malakaviy bitiruv ish oʻquvchilarni tasviriy sa'natga oid rassom asarlarini badiiy taxlili, o'rganilgan natijalarning umumiy ta'lim maktablarida ishlangan metodikadan foydalanishi, nazariy bilim va amaliy ko'nikma olish imkoniyatlar darajasi kengaytirib tasviriy san'at darslarida qo'llashi mumkinligidadir. Tadqiqotning yangiligi: Umumiy ta'lim maktablarining tasviriy sa'nat darslari jarayonida rassomlar yaratgan asarlarni badiiy taxlil qilingani, ularni tavsiflanganligi, dars jarayoniga olib kirilgani.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dalzarbligi. Hozirgi davrda taraqqiyotimizning taqdiri ma'naviy jihatdan yetuk komil insonlar hal qiladi. Aql zakovat, ruxiy, ma'naviy komolot insofu diyonat mehr-oqibat bular ma'naviyatning asosiy fazilatlaridir. Ana shunday fazilatlarni yoshlarimizda yanada shakillantirish olimlar, ziyolilar oʻqituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Bu borada jamiyatni yuksaltirish va yoshlarning istiqboli bilan bog'liq eng ulug'vor soxalardan biri sifatida qarab yosh avlodni ta'lim tarbiyasiga g'amxo'rlik qilinmoqda. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining „Ta'lim tug'risida”gi Qonunining 3-moddasida ta'lim Oʻzbekistan Respubliksi ijtimoiy tadqiqoti soxasida ustivor ekanligi belgilab qo'yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida esa o'quv tarbiya jarayoning barcha tamoillariga aloqador bo'lgan strategik maqsad va vazifalar aniq dasturlar majmuyasi, inson omiliga juda katta ahamiyat bergan. Shuning uchun ham kelajakda buyuk taraqqiyotga ega, xuquqiy davlat qurishni maqsad qilgan vatanimiz yoshlarida ijodiy fikirlashni rivojlantirish ularni yangilik yaratishga boʻlgan xoxish va istaklarni imkon darajasiga ko'tarish koʻzlangan maqsad va ezgulik yo'lidagi ta'lim tizimni asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodni istiqlol g'oyasi asosida tarbiyalab, ulug' ajdodlarimizga munosib bo'lib voyaga yetishlari eng avvalo ularning bugungi kun talablariga mos qilib yetkazishga tasviriy sa'natning oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa oʻz navbatida umumiy oʻrta maktablarning tasviriy sa'nat zimasiga yuksak vazifalarini belgilaydi. Ajdodlarimizdan meros boʻlgan va rassomlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarni o'rganish, tasviriy sa'nat darslariga „Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash" mavzusida ishlangan asarlarni topish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
  • Mavzuning ishlanganlik darajasi: Mavzuga oid manbalarni o'rganib tahlil qilar ekanmiz tasviriy san'at darslarida mavzuli rasm chizish va kompozitsion rasm chizishda dastlab ish olib borgan respublikamiz hamda xorij olimlaridan O.K.Aruhtin, G.V.Beda, N.N.Rastovsev, T.P.Kondratenko, R.Hasanov, I.Jilsovalarning tadqiqotlarini o'rgandik. R.Hasanovning «Maktabda tasviriy sa'natni o'qitish metodikasi» (2004 y). A.Sulaymonov, N.Abdulaevning «Tasviriy sa'nat» 7-sinf. (2007y), S.Abdurasulov, N.Tolipov «Rangtasvir», R.Hasanovning «Tasviriy sa'nat asoslari» (2008 y), R.Hasanovning «Tasviriy sa'natni o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlar» (2006 y). kabi qator kitoblarida mavzu asosida rasm chizishning turli muammolari aks ettirilgan. Rassomlardan juda ko'plari bu mavzuga yaqin mavzularda ishlar bajarishgan. Rus rassomlaridan I.I.Levitan, M.V.Nesterov, I.E.Grabar, A.ARilov,K.F.YUon, M.S.Saryan, A.A.Plastov, O.M.Zardaryan kabi rassomlar bahor mavzusida katta ishlarni amalga oshirishgan. O'zbekistonlik rassomlardan U.Tansikboev, R.Axmedov, X.Raxmonov, A.Mirzaev, N.Karaxan, Zommer, Bure, Taldikin, Titovasiyan, A.Muminov kabilar yorqin mavzularda asarlar yaratishgan. Ammo yuqoridagi manbalarni tahlil qilish orqali aniqlandiki, maktab tasviriy sa'nat darslarida „Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash” mavzusida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish, tavsiflash usullar orqali tadqiqot ishlari aloxida bajarilmagan. SHuning uchun ham bu muammoni bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri deb olib, bitiruv ishimni maktab tasviriy san'at darslarida «Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash» mavzusida ishlangan asarlarning tavsifi ko'rinishida olishni lozim topdim.
  • Ishning vazifalari: Ta'lim jarayonida batal janriga oid rassomlar asarlarini aniqlash; -maktab tasviriy san'at darslarida mavzu asosida rasm chizishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish; -mavzuli rasm chizish muammolari va zaruratini belgilash; -mavzuli rasm chizishning oʻziga xosligini tavsiflash; -maktab tasviriy san'at darslarida „Amir Temur obrazini batal janrida tasvirlash mavzusidagi rassomlar asarlarini o'rganish; -maktab tasviriy san'at darslarida mavzu asosida ishlangan asarlar tavsiflanishi metodikasini takomillashtirish; -maktab tasviriy san'at darslarida ishlangan mavzu asosidagi asarlarning tahliliy natijalarini berish.
  • Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti: Bitiruv malakaviy ishining obekti: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy sa'nat darslari jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Umumiy oʻrta ta'lim maktablarining tasviriy san'at darslarini tashkil etish mazmuni va samarali metodlari.
  • Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari va metodlari: Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari -Oʻzbekiston Respublikasining „Ta'lim toʻgʻrisida”gi qonun, „Kadrlar tayorlash milliy dasturi”, „Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umum milliy" dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat ta'im standartlari va me'yoriy hujjatlar. Bitiruv malakaviy ishining metodlari- Pedagogika, psixologiya fanlarni oʻrganish orqali tasviriy san'atga oid adabiyotlarni tahlil etish, o'quv rejalari va boshqa pedagogik hujjatlarni tahlil qilish, mavzuga oid umumiy pedogogik va metodli adabiyotlarni tahlil etish, kuzatish, rasm ishlash. Batal janiriga oid yaratilgan rassomlarning asarlarini tahlil etish.
  • Tadqiqotning umumiy farazi: Tasviriy san'at darslari jarayonida batal janriga oid yaratilgan rassomlarning asarlaridan foydalanib borilganda dars samarali bulishi mumkin. Agar, -maktab ta'lim jarayonida batal janriga oid rassomlar asarlari aniqlansa; -maktab tasviriy san'at darslarida mavzu asosida rasm chizishning o'ziga xos xususiyatlari o'rganilsa; -mavzuli rasim chizish muammolari va zarurati belgilansa; -mavzuli rasm chizishning oʻziga xosligini tavsiflansa; -maktab tasviriy sa'nat darslarida „Batal janri mavzusidagi rassomlar asarlari o'rganilsa; -maktab tasviriy san'at darslarida mavzu asosida ishlangan asarlar tavsiflanishi metodikasi takomillashtirilsa; -maktab tasviriy sa'nat darslarida ishlangan mavzu asosidagi asarlarning tahliliy natijalarini berib borilsa.
  • Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliyot ahamiyati: Mazkur malakaviy bitiruv ish oʻquvchilarni tasviriy sa'natga oid rassom asarlarini badiiy taxlili, o'rganilgan natijalarning umumiy ta'lim maktablarida ishlangan metodikadan foydalanishi, nazariy bilim va amaliy ko'nikma olish imkoniyatlar darajasi kengaytirib tasviriy san'at darslarida qo'llashi mumkinligidadir. Tasviriy san'at fanini oʻrganishga boʻlgan qiziqishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlari, kompazitsion va asarlarni mustaqil tahlil qilishga doir bilimlarni oshirishi hamda natijaviy xulosalaridan maktab, kollej o'quv maskanlarining tasviriy san'at darslarida foydvalanish mumkin.
  • Tadqiqotning yangiligi: Umumiy ta'lim maktablarining tasviriy sa'nat darslari jarayonida rassomlar yaratgan asarlarni badiiy taxlil qilingani, ularni tavsiflanganligi, dars jarayoniga olib kirilgani.
  • Bitiruv malakviy ishining tajriba sinov ishlari: Buxoro shahar 34-maktabda amaliyot davri va G'ijduvon tumanidagi 39-maktabning tasviriy san'at darslarida tashkil etildi va oʻtkazildi.
  • Qoʻllanish sohasi: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at darajalarida qo'llash mumkin.
  • Bitiruv malakaviy ishnig tarkiba va xajmi: Bitiruv malakaviy ishi ikki bob, olti band, umumiy xulosa, foydalanigan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat.
  • 1.1. Maktabda tasviriy san`at darslarining maqsad va vazifalari: Umumiy o`ra ta`lim maktablarida tasviriy san`at o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni uning badiiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Tasviriy san'at o`quv predmeti har bir inson uchun zarur bo'lgan badiiy madanyatga doir elementar bilim va malakalar beradi. Chunki har bir o'quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qatiy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo`ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san'at asarlari bilan muzey, ko`rgaz- malar va boshqa joylar bilan tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. O`quvchilar o`zlarining kelajak hayotlarida ma`lum miqdorda rasm ishlashlariga to`g`ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me`morlar uchungina emas, u o`qituvchilar, injinerlar, mediklar, quruvchilar, agranomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir. Maktablar o`z nomiga ko`ra umumiy o`rta ta`lim mak- tablari deb nomlanib, bolalarga boshqa fanlar qatori tasviriy, amaliy va me`mor- chilik san`atlaridan umumiy, elementar bilim va ko`nikmalar berishni vazifa qilib qo`yadi. Yana shuni ham ta`kidlash kerakki, umumiy o`rta ta`lim maktablari ras- somlarni tayorlamaydi, iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirish bilan ham shug`ullanishni nazarda tutmaydi. Rassomlar tayyorlash, iqtidorli bolalar bilan ishlash maktab to`garaklarida, maxsus maktab va akademik litseylarda, kollej va oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. Shuning uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarida haddan ziyod bolalarni qiynab qo`yadigan, ortiqcha zo`riqishga olib keladigan topshiriqlar berishga harakat qilish to`g`ri emas. Maktabda tasviriy san`at mashg`ulotlarining vazifalari haqida to`xtalganda ularni shartli ravishda ikki qismga bo`lish mumkin.
  • 1.Tasviriy san`at darslarining o`ziga xos, maxsus vazifalari: borliqdagi va san`atdagi go`zalliklarni ko`ra bilish, idrok etish, tushinish va qadr- lashga o`rgatish; estetik va badiiy didni o`stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san`at- ning nazariy asoslari (yorug`, soya, rangshunoslik, perspektiva, kompazitsiya ) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan elementtlar, malakalar hosil qilish; kuzatuvchanlik, ko`rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvurlarini, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; tasviriy, amaliy me`morchilik san`at asarlarini tushungan holda o`qiy olishga o`rgatish; san`atga nisbatan qiziqish uyg'otish uni qadrlashga, sevishga o`rgatish. 2.Tasviriy san`at drslarining qo`shimcha vazifalari, ular; borliqni, hayotni bilishga ko'maklashish; milliy g'urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish; bolalarga axloqiy (vatanparvarlik, baynalminnal); mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; bolalarni turli kasb va hunarga yo`llash.
  • Tasviriy san'at o`quv predmetining maqsadi va vazifalari: Tasviriy san'at o`quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to`xtal- ganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o`qitiladigan deyarli barcha o`quv predmetlari bilan bog`lanadi va ular yuzasidan materiallarni o`zlashtirishga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa u o`qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san'at, hattoki, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun ham foydalidir. Shuni ham qayd qilish lozimki tasviriy san`at estetik tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan bo`lsada u axloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Maktabda tasviriy san'at estetik tarbiyani amalga oshirishga yo`naltirilgan asosiy o`quv predmeti hisoblanib, u quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: o`quvchilarning tabiat, san`at va hayotdagi go`zalliklarni idrok etishga o`rgatish: o`quvchilarning estetik didini tarbiyalash, go`zallikni baholay olish qobiliyati, haqiqiy go`zallikni xunuk voqea va narsalardan farqlay bilishga o`rgatish; shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o`zini ko`rsata bilishga, hatti-harakatini qo`llab-quvvatlash va hayotga go`zallik kiritish malakalarini o'stirish: bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar.
  • 1.3. Buyuk siymolarni tasvirlashda kompozitsiyaning o'rni: XIX asrning ikkinchi yarmida portret san`ati borasida katta yutuqlar qo`lga kiritiladi. Bu davrga kelib rassomlar ijodida zamonning mashhur kishilari portretlari bilan bir qatorda ishchilar, revolyutsion kayfiyatdagi ziyolilar obrazi o`z ifodasini topa boshladi. V.A. Serovning (1865-1911) "Ermolova portreti", Nikolay Aleksandrovich Yaroshenkoning (1846-1898) "Kochegar", N.A. Kasatkinning (1859-1930) "Smena", "Shaxtyor ayol" kabi asarlari bunga misol bo`la oladi. Bu davrda xaqiqiy rus milliy manzara rangtasviri maydonga keldi. Manzarachi rassomlar rus o`lkasining go`zalligi, bepoyonligini ko`rsatish orqali kishilarda vatanparvarlik hislarini ustirishga, oddiy tabiat ko`rinishidagi go`zallikni to`laqonli ifodalashga harakat qildilar. Tabiatning turli holatlarini (salqin, nam havoli tabiat, quyoshli kun va xokazolarni) real tasvirladilar. Aleksey Kondratevich Savrasov (1850-1897) shunday birinchi rassomlardandir. Uning "Qora qargalar uchib kelishdi" deb nomlangan suratida qish qaytib, tabiatning jonlanishi ishonarli va jonli talqin etilgan. Shu davrda yashagan Ivan Ivanovich Shishkin (1832-1898), Fedor Aleksandrovich Vasilev (1850-1873), Vasiliy Dmitrevich Polenov (1844-1927) kabi asarlari bunga misol bo`la oladi. Bu davrda haqiqiy rus milliy manzara rangtasviri maydonga keldi. Manzarachi rassomlar rus o`lkasining go`zalligi, bepoyonligini ko`rsatish orqali kishilarda vatanparvarlik hislarini o`stirishga, oddiy tabiat ko`rinishidagi go`zallikni to'laqonli ifodalashga harakat qiladilar. Tabiatning turli holatlarini (salqin, nam havoli tabiat, quyoshli kun va hokazolarni) real tasvirladilar.
  • 2.1 Janrlarni kuzatish va o'rganish: Tasviriy san'at taraqqiyoti, uning nazariy asoslarinint shakllanishi jarayoni ibtidoiy jamoa davridan boshlab nihoyatda uzoq yo'lni bosib o'tdi. Ushbu soha taraqqiyoti ayrim davlatlar bilan chegaralanib qolmasdan, yer sharining barcha qit'alarida, barcha davrlarda izchil rivojlanib bordi. Bu borada san'atshunos va tarixchilar tomonidan nihoyatda ulkan va boy meros toʻplangan. Ma'lumki, san'atning turlari nihoyatda ko'p bo'lib, ularning eng asosiylari sifatida adabiyot, musiqa, kino, teatr, me'morchilik, amaliy bezak, sirk, televideniya, tasviriy san'at kabilarni alohida e'tirof etish mumkin. "Tasviriy" atamasi "tasvirlash" soʻzidan olingan boʻlib, undy turli material, xususan, bo'yoq, tosh, gips, shuningdek, boshqa badiiy va turdosh materiallar yordamida har xil timsollarning va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladil . Tasviriy san'at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, xalqlar tarixini oʻrgatishga xizmat qiladi. Tasviriy san'atning paydo boʻlishi ibtdoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqealarni, odam va hayvonlarning tasvirini toshlarga chizib, ularni kesib turli koʻrinish va mazmundaga haykallarni yasaganlar. Qadimdan kishilar tabiat hodisalari va kishilarning oʻzaro munosabatlari, faoliyatlariga, san`at ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deb hisoblaganlar. Ayni paytda tasviriy san'at asarlari kishilarning his tuyg'ulariga kuchli ta'sir koʻrsatish imkoniyatiga ham egadar. Kishilar tasviriy san'at asarlarini tomosha qilish orqali, ularda ifodalangan go'zallikni koʻrish orqali oʻz hayotlarida ana shunday go'zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonlarni ko'rib esa ularga o'xshashga intiladilar. San'at asarlarida ifodalangan salbiy voqealar, xunuk xatti-harakatlarni koʻrib, ulardan muayyan xulosalar chiqaradilar, bunday hodisalardan yiroq boʻlishga intiladilar. Ayniqsa, tarixiy mavzudagi san'at asarlarini tomosha qilganda, oʻsha davrdagi tabiat manzaralari, narsa va buyumlar, mehnat va jang qurollari, kishilar hayoti, urf-odatlari bilan tanishadilar, tasavvurga ega boʻladilar (1-rasm). Rassomlar oʻz asarlarida hayotni qanday koʻrsalar shunday emas, balki undagi alohida e'tiborga molik, xarakterli koʻrinishlarni tanlab oladilar, eng muhimlarini esa bo'rttirib koʻrsatadilar va bo'rttirish orqali rassomlar narsa va hodisalariing kishilar tafakkuri va hissiyotlariga samarali taʼsir koʻrsatishga erishadilar. Natyurmort janri-buyumlarning tinch hayotini, ularning o`ziga xos bo`lgan portretini rassomlar natyurmortda tasvirlaydilar. Natyurmort - tasviriy san`atning bir janri yoki bu janrda ishlangan asardir. Tasvir ob`ekti hisoblangan kuyilmaning o`zi ham natyurmort hisoblanadi. U faqat jonsiz predmetlardagina emas, balki tabiat shakllaridan ham iborat bo'ladi. Shuning uchun ham ingliz tili mamlakatlarda qabul kilingan still life yoki nemischa stilleben nomi - "Tinch hayot" ma`nosini beradi. Natyurmort san`ati janr sifatida Gollandiya XVII asr boshlarida kelib chikkan. Mashhur golland natyurmortlarida hayotning kuvonchlari ochib beriladi. Ularni tamosha qilib turib real mevalar, baliklar, sharbatlarning ta`mini tuyasiz. Rassomlar juda oddiy buyumlarni tasvirlashgan, lekin ular go`zal va shoirona bo`lgan. Ba`zi rassomlar oddiyroq natyurmortlarni tasvirlashni yoktirishsa, ba`zilari ko`p predmetli natyurmortni chizishgan, boshqalari esa katta xolstlarga qushlar, baliqlar, gullarni chizishgan. (Gollandiyada P.Klaas, V.Xeda, Flandriyada F.Sneyders va boshqalar). Natyurmortning asosiy motiviga odamlar, hayvonlar, qushlar va hashorotlar qo`shilgan. Natyurmort janrida ijod qilgan frantsuz rassomi J.Shardenning asarlari kompozitsiyasining mustaqilligi va talabchanligi, koloritning nozikligi, insonparvarligi bilan ajralib turadi. XIX asrda yashab turli janrlarda ijod etgan buyuk musavvirlar natyurmort ham ishlashgan. Ayniqsa postimpressionistlar ijodida buyumlar mavzusi asosiy mavzulardan biri bo`lgan. (P.Sezann, Van Gog). XX asr boshlaridan natyurmort janriga turli stilistik yo`nalishlarda ijod qilgan rassomlar ham murojat qilishgan. Ular rang, shakl, faktura va fazoni turli uslubda ishlab ko`rib topishga xarakt qilishgan. Natyurmortlar realistik, dekorativ, kubizm manerasida ham ishlanishi mumkin. Buyumlarning go`zal dunyosini tasvirlashga juda ko`p rassomlar qiziqishgan. Rus rassomlaridan P.Konchalovskiy, M.Mashkov, R.Folk, K.Petrov-Vodkin, M.Saryan, Yu.Pimenov va boshqa rassomlarning yaratgan natyurmortlari buyumlarning bor go`zalligini ko`rsatibgina qolmasdan, balki inson dunyosi, uning fikri va hissiyotlarini ham ochib bera olgan. Har bir rassom bu murakkab vazifani hal qilish chun o`ziga xos bo`lgan tasviriy - ifodaviy vositalardan foydalangan. Ba`zi natyurmortlarda odamlar ham qatnashadi. Chunki natyurmortni ko`rgan kishida u yerda xuddi birov birov bo`lgan, lekin chiqib ketgan va xohlagan daqiqada kelib qolishi mumkindek taassurot qoldiradi. Masalan, Yu.Pimenovning "Ko`tish" (1959 y) natyurmortida trubkasi olinib stolga qo`yilgan telefon tasvirlangan, oynadagi yomg`ir tomchilari esa bu qutish daqiqalarini qayg`uli ekanligini bildirib turuvchi tanish tuyg`uni uyg'otadi. Shu rassomning "Aktrisa" nomli natyurmortida esa predmetlar orqali shu kasbning dunyosigina emas, balki shu buyumlar egasining xarakteri ham ochib beriladi. Ba`zi bir natyurmortlarda esa buyumlar faqat o`zlari haqidagina gapirishadi, ya`ni o`zlarining shakli, rangi, fakturasining go`zalligini ta`kidlashadi. Natyurmortlardagi buyumlar dunyosi ma`lum bir tarixiy davrning tashqi belgilarini aks ettiradi. Manzara. Manzara- tasviriy san'atning janrlaridan biri bo`lib, uning predmeti tabiat va landshaft hisoblanadi. Bu janrda yaratilgan asarlarga ham manzara deyiladi. Manzara dastgoxli rangtasvir va grafikaning an'anaviy janri hisoblanadi. Manzara motivining xarakteridan kelib chikkan holda manzarani qishloq, shahar (shuningdek me'moriy manzarag) sanoat manzarasiga bo`lish mumkin. Shuningdek dengiz tasviri-marina janrini ham manzaraga kiritamiz. Shu bilan birga manzara tarixiy, qahramonlik, fantastik, lirik, epik xarakterga ega bo`ladi. Masalan I.Levitanning manzaralarini ko`pincha "Kayfiyat manzarasi" deb atashadi. Uning kartinalarida kuvonch, tinchlik, g`am-qayg`u holati va o`zgaruvchan kayfiyat o`z aksini topgan. Shuning uchun ham rassom predmetlarning hajmli shaklini rang dog'lari orqali va detallarni to`liq ishlamasdan, umumlashgan holatda beradi. M.Levitan tomonidan 1895 yilda yaratilgan "Mart" va "Oltin ko`z" asarlari xuddi shunday ishlangan va bu asarlar rus lirik manzarasi rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Rus rassomi M.Shishkin o`z asarlarida rus tabiatining umumlashgan epik obrazini yaratdi va rus manzarasi chuqur mazmunli va demoqratik san`at darajasiga ko`tarildi. ("Jo`xorizor"1878 y, ). Shishkin polotnolarining kuchi manzarani fotografik aniqlikda olinishida emas, balki asarlarining chuqur mazmunga ega ekanligidadir. Manzara janrida tabiat ko`rinishi, fasl, vaqt va rassomning maqsadi ifoda qilinadi. Undan tashqari, manzarada chiziladigan narsalar orasidagi masofa, narsalar orasidagi o'lchov nisbatlari va ranglarning bir-biriga bo`lgan munosabatlari tasvirlanadi. I.I. Levitanning "Oltin kuz" asarini tahlil qilib ko`raylik. Rassom kuz ko`rinishini juda mohirona ifodalagan. Suvda osmondagi bulutlar aks etmoqda. Chap tomondagi tik sohilda oltindek to`q qizil rangli oq qayinlar soyalarini yerga yoyib, qaddini rostlab mag'rur turibdi. Taglarida oltin barglar to`shalgan. Uzoqda ufqqa tomon cho`zilib ketgan bug'doyzor, o`tloqlar, daraxtlar, quyoshli kun, lekin salqin havo sezilib turadi. Rassom O`.Tansiqboyevning "Jonajon o`lka" nomli asarida vatanimizning ajoyib xushmanzara tabiati tasvirlanadi. Ko`z o`ngimizda uzoqlarga cho`zilib ketgan qorli tog`lar etagida gul terayotgan bolalar, hayot kaynagan kishloq va kishilar mehnati namoyon bo`ladi. Ko`m-ko`k osmonda porlagan sahiy quyosh jozibali manzarani o`zining hayotbaxsh nurlari bilan yoritib turibdi. Tabiat mazarasini chizishga kirishilganda quyidagi holatlar: tabiiy yorug`likning o`zgarib turishi, ertalabki yorug`da narsalarning cheti tarqalgansimon bo`lib, to`tunga o`ralganga o`xshab ko`rinishi; kechkurun tiniq osmon tagida manzaraning aniq namoyon bo`lishi; Quyosh botish oldidan narsalar soyasining cho`zilishi va yer yuzidagi past-balandliklar aniq hamda yaqqol ko`rinishi hisobga olinishi kerak. Kundzgi yorug`da esa biz bularni yetarli darajada sezmaymiz. Inson tabiat manzarasini juda qadim zamonlardan tasvirlay boshlagan. Manzara elementlarini neolit davridan qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa qadimgi Misr va qadimgi Gretsiya san`atida uchratish mumkin. O`rta asrlarda makbaralar, saroylar, boylarning uylari manzara motivlari bilan bezatilgan. Manzaralar ko`pincha ikona va miniatyuralarda masofani shartli ko`rsatish uchun xizmat qilgan. Mustaqil janr sifatida manzara XVII asrda shakllangan. Uni golland rangtasvirchilari yaratishgan. XVI asrdayoq rassomlar naturani urgana boshlashgan. (Niderlandiyalik P.Breygel). XVII-XVIII asrlarda manzara janri gullab-yashnadi. (Flandriyalik P.Rubens, Gollandiyadan Rembrandt va I.Reysdal, Frantsiyadan N.Pusin va K.Lorrin). Havo perspektivasi yaratildi. XIX asrga kelib manzara janri ustalarining ijodini (Frantsiyadan K.Koro, Rossiyadan A.A. Ivanov, A.Savrasov, F.Vasilev, I.Shishkin, I.Levitan, V.Serov) Impressionistlar (Frantsiyadan E.Mane, K.Mone, O.Renuar, Rossiyadan K.Korovin, I.Grabar) davom ettirdilar va yorug'lik, havo muhitini o`zgaruvchanligi, tabiatning turli holatlarini va bo`yoq jilvalarining boyligini bo`yoqlar yordamida berish mumkinligini kashf qildilar. XIX asr oxiri - XX asrda yirik rassomlar (Frantsiyadan P.Sezann, P.Gogen, Van Gog, A.Matiss, Rossiyadan A.Kuindji, N.Rerix, N. Krymov, Armanistondan M. Saren) manzara rangtasvirining emotsional, assotsiativ sifatlarini kengaytirdilar. Shuningdek manzara an'analarini A.Rylov, K.Yuon, A.Ostroumova- Lebedeva, A.Kuprin, P.Konchalovskiy va boshqalar davom ettirdilar. Mustaqil janr sifatida manzara janri Xitoyda VI asrlardayoq kelib chikkan. Xitoy rassomlarining manzara asarlari tush bilan ipak matoga chizilgan. U juda chuqur falsafiy mazmunga ega bo`lib, xuddi cheksiz masofa, abadiy yangilanib turuvchi tabiatni ko`rsatayotgandek tuyuladi. Rasmlarda tog` panoramasi, suvli ko'l va daryolar tuman tasvirlangan.
  • Animal janri: Ko`pgina rassomlar hayvonlar va qushlarni tasvirlashni yaxshi ko`rishadi. Ba`zi rassomlar o`z ijodlarini shu mavzuga bag`ishlashgan. Ular animal janrida asarlar yaratadilar. Shu janrda ijod qiluvchi rassom animalist rassom deb yuritiladi. Animalist rassom asosiy diqqatni hayvonni badiiy -obrazli xarakteristikasiga qaratadi va shu bilan birga hayvonning anatomik qurilishiga ilmiy jihatdan juda aniq yondashadi. Hayvonot dunyosini tasvirini rangtasvir, xaykaltaroshlik, grafika, dekorativ amaliy san'at va kitob illyustratsiyalarida uchratish mumkin. Ibtidoiy davr san`ati asarlari-qoya toshlarga ishlangan hayvonlarning asarlari qadimgi davrlar rassomlarining juda o`tkir kuzatuvchi bo`lganligidan guvohlik beradi. Masalan, Altamira (Ispaniya) qoyatoshlariga ishlangan mamontlar, bug`u va bizonlar hajmli qilib xarakterli poza va harakatlarda ishlangan. Ibtidoiy davr mifologik dunyoqarashi bilan mustahkam bog`langan bu san`at tabiat kuchlariga sig`inish (animizm) va hayvonot dunyosiga sig`inish (totemizm)ga asoslangan edi. Hayvonlar tasviri antik davr san`ati mozaika, tuvakka rasm solish va xaykaltaroshlikda ham uchraydi. Uyg'onish davrida rassomlar hayvonlarni naturadan qarab chiza boshlaganlar. Buyuk rassom Dyurer otlar, qushlar va boshqa hayvonlarni rasmini chizishni juda yoqtirgan. Uning ishlari realistik va plastik aniqlikka ega. Sharq san`atida esa hayvonlar va qushlarni tasvirlashga juda katta e'tibor berishgan. Bu san`atga xos bo`lgan xususiyatlarini ochib berishga intilishidan iboratdir. Rus rassomlaridan Ye. Lansere, P. Klodt, V. Serov kabi rassomlar hayvonlarning yorqin obrazini yaratishgan. Rossiya xaykaltaroshlari sherlar, ayiq, it, mushuk, ot va sigirlarning aniq tasvirini yaratib shuhrat qozonishgan. Masalan, P.K. Klodtning ot haykallari Sankt Peterburg shahrining ko`priklarini bezab turibdi. Taniqli animalist rassomlar V.A. Vatagin, I.S. Yefimov, Ye.I. Charushin, A.M. Laptev asarlari hayvonot dunyosini bilish va tushunishga yorqin misoldir. Masalan Ye.I. Charushin illyustratsiyalaridagi hayvonlar ta`sirchan va yorqin obrazlarda berilgan. Bu rassomda shakl, rang va fakturani berishining o`ziga xos uslubi shakllangan. Uning qahramonlari juda real ishlangan. Uning har bir illyustratsiyasi bir-biriga o`hshamaydi. Har bir qahramonning o`z ta`sirchan, aniq holat va xarakterda turgan obrazi mavjud.
  • Tarixiy janr: Qadimgi davrlarda bo`lib o`tgan tarixiy voqealar rassomlarni tarixiy janrda asar yaratishga undaydi. Tasviriy san`atning bu janri katta ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy voqea va hodisalarga bag`ishlanadi. Asosan u tarixiy o`tmishga murojat etadi, lekin unda yaqin o`tmishda bo`lib o`tgan va zamondoshlar tomonidan tarixiy ahamiyati tan olingan voqea va xodisalar ham aks ettirilishi mumkin. Tarixiy janr tasviriy san`atning boshqa janrlari maishiy, portret, manzara janrlari bilan chatishib ketgan. Tarixiy janr asosan batal janri bilan aralashib ketadi. Chunki unda tarixiy janglar, yirik yurishlar va urush davri voqea va hodisalari tasvirlanadi. Xalqning sotsial kurashdagi dramatik to`qnashuvlari tarixiy janrdagi asarlarda o`z aksini topadi. XVII-XVIII asrlarda tarixiy janr akademizm va klassitsizmda asosiy o`rinlarni egallagan. Bu janrni diniy mifologik va tarixiy syujetlarni haqqoniy aks ettiruvchi yuksak janr sifatida qadrlashgan. Tarixiy - allegorik, ko`p figurali kompozitsiyalarda antik davr qahramonlari va qarama-qarshi kuchlarning o`zaro kurashlari o`z ifodasini topgan. (N.Pussen, D.Velaskes, P.Rubens, Rembrandt). Rossiyada tarixiy janr XVIII-XIX asrlarda rivojlandi. Tarixiy janr asarlarida 1812 yilgi Vatan urushi voqealari tasvirlangan. Rus tasviriy san`atida tarixiy janrda asarlar yaratgan buyuk rassomlardan biri bu V. Surikovdir. U o`z asarlarida tarixiy voqealar, qahramonona milliy xarakterni ifodalagan. Uning "Boyar xotin Morozova" (1887 y), "Sibirni Yermak tomonidan zabt etilishi" (1895 y), "Suvorovning Alp toglaridan oshib o`tishi" (1899 y) nomli asarlari tarixiy janrlarda yaratilgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida gumanistik ideallar uchun ko`rashuvchi rassomlar o`z tarixiy asarlarida revolyutsiya voqealarini, fashizmga qarshi kurashni ozodlik harakati voqealarini aks ettirganlar. Sharq halqlari san`atida miniatyura san`ati asosiy o`rinni egallab, unda faqat dostonlarda aks ettirilgan voqealargina emas balki tarixiy voqealar ham o`z ifodasini topgan. Miniatyura san`atidagi tarixiy janrning eng yaxshi namunasi sifatida Kamoliddin Behzod tomonidan Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asariga ishlangan tasvirlarni aytish mumkin. Mazkur qo'lyozmadagi Behzod chizgan suratlar turli tarixiy voqealar, jang holatlari, saroydagi qabul marosimi, Samarkanddagi binoqorlik ishlari va boshqa tarixiy voqealarni aks ettiradi. Bulardan birinchi qo`shaloq surat Amir Temurning bog`da o`tkazayotgan qabul marosimini tasvirlaydi. "Zafarnoma"dagi ikkinchi surat Xiva kal'asining Amir Temur qo`shinlari tomonidan qamal qilinishini tasvirlaydi. Uchinchi suratda Amir Temur qo`shinlarining Oltin O`rda xoni To`xtamish (1381-1395)ning qo`shinidan qolgan-qutganlarini tor-mor keltirish voqeasi tasvirlanadi. Musavvir Amir Temur qo`shini, uning tuzilishi, qurollari va afzalliklarini bilgan holda, uning har qanday sharoitda ham jang qila olish qobiliyatini ko`rsata olgan.
  • 2.3. A.Temur obrazining izlanish eskizlari: Tasviriy san'atda buyuk siymolarni tasvirlash rassom uchun katta mas'uliyat yuklaydi. Rangtasvirchi M.Nabiyev ham o'z faoliyati davomida tarixiy shaxslar portretini yaratish, tarixiy voqealarni tasvirlashga intilgan. Tarixiy shaxslar timsolini yaratish naqadar mushkulligiga qaramasdan o'zining tinimsiz mehnati tufayli buyuk siymolar qiyofasini yuksak badiiy saviyada yarata oladi. Rassom Amir Temurdek buyuk shaxsning portretini qanchalik masuliyatli hamda murakkab ekanligini his qilgan holda bu ulug' va sharafli ishga ellik yil vaqt sarfladi. Yuqoridagilarni inobatga olib bu bitiruv malakaviy ishni ham masuliyat bilan bajarishga harakat qilindi. Bir qancha eskizlar ishlandi, rassom- pedagoglardan maslahatlar olib, Amir Temur siymosini tasvirlashga harakat qilindi.
  • Xulosa: Buyuk jasorat sohiblari bo'lgan bunday alloma zotlar dunyoning qayerida yashamasin, ezgulik va ma'rifat yo'lida doimo odamlarga ibrat bo'lib kelgan. Temurning Osiyo, umuman jahon tarixidagi xizmatlari va tutgan oʻrni haqida xulosa qilib, quyidagilarni ta'kidlab o'tish joizdir: Amir Temur Markaziy Osiyoni mo'g'ullar iskanjasidan ozod etishda barcha yurtparvar kuchlarni uyushtirib, ularni mustaqillik uchun kurashga yo'naltirgan yetakchi rahbar, yerli xalqning bu sohadagi orzu-umidlarini ro'yobga chiqishiga ulkan hissa qo'shgan sarkardadir; Amir Temur ko'p yillar davomida mustamlaka boʻlib, chet ellik hukmdorlarga bo'ysunib kelgan Movarounnahr va Xurosonda oʻz yurti, xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat barpo etadi; Bundan olti yarim asr oldin yevrosiyo qit'asi markazida tartib o'rnatish, beqarorlikni tugatish, tinch va xavfsiz rivojlanish asoslarini yaratish maqsadida ulkan bir davlat barpo etildi. Aniqrog'i, 30 avlod oldin Amir Temur (oʻsha vaqtdagi beqaror dunyoda yagona va markazi muqaddas Samarqand shahri boʻlgan) bu ulkan davlatni barpo etdi. U yurgizgan siyosatning muammo va yo'nalishlari mohiyatan hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida ham ma'lum ma'noda saqlanib qolmoqda. O'sha davr bilan biz yashab turgan hozirgi vaqt oʻrtasida farq unchalik ham koʻp emas: qoʻshni mintaqa va davlatlarning bir qismi tahdid o'chog'idan barqaror va ishonchli qo'shnilarga aylangan boʻlsa, boshqalari aksincha, tahdid oʻchog'i boʻlib qoldi; uchinchilari esa o'sha vaqtdagi kabi hozir ham xavf manbai boʻlib turibdi; tahdidlar qutubi o'rin almashgan, xolos. Amir Temur dunyo siyosiy xaritasini oʻzgartirgan sarkardalardan hisoblanadi. Qanday qilib? Birinchidan, u yevrosiyo markazini «qora tuynuk»dan (tarqalib ketgan Chingizxon avlodlari imperiyasi o'rnida), betartib makondan, «barchani urushi barchaga qarshi urushdan» tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot zonasiga aylantirdi; Ikkinchidan, u buni tarixan juda qisqa muddatda amalga oshirdi: Amir Temurning hayoti (1336-1405) Angliya bilan Fransiya oʻrtasida bo'lgan Yuz yillik urushning (1337-1453) yarmiga teng bo'ldi, imperiyasini esa bir yarim avlod umri davomida 1370-1400 yillar orasida yaratdi va mustahkamladi; Uchinchidan, u barcha yov kuch markazlarini oʻz imperiyasining periferiyalari-Shimoliy, Janubiy va G'arbiy Osiyoga boʻysindirdi. To'rtinchidan, yevropa davlatlari Amir Temur bilan ittifoq tuzishga harakat qilishdi. Angliya ham, Fransiya ham Usmoniylar imperiyasigaBoyazidga qarshi uni oʻz tomoniga ogʻdirishga harakat qildi. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Amir Temur davlati qit'adagi yagona real buyuk davlat deb tan olindi. Biroq uning zamondoshlari qanday qilib yigirma yil ichida yoʻq joyda shunday ulkan davlat paydo boʻlishi sababini tushunmagan boʻlsa ham kerak. yevrosiyo imperiyasining amal qilish mexanizmlari va uning doimiy g'alabalari sababini oʻsha zamondosh undan ham kam fahimlagan boʻlsa ajab emas. Xalqaro munosabatlarda Amir Temur davlatining rolini ko'rib chiqar ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo'lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o'tish g'oyatda muhimdir. Shunday qilib, Amir Temur davrida oʻzbek davlatchiligi tarixida eng yorqin sahifalar bitildi. Mazkur yillarda davlatimizning, umuman oʻzbek xalqining ichki va tashqi siyosatidagi imkonlari, salohiyati toʻla-toʻkis namoyon boʻldi. Mamlakatimiz jahonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi. Davlatimiz kuch-qudratiga yevropadan Xitoyga qadar ulkan hududdagi davlatlar tan berdi. Shu bilan birga, ming afsuski, XVI asrda shayboniylar va kelgusida hokimyatni boshqargan sulolalar ushbu muvaffaqiyatlar va davlatchilikdagi taraqqiyot darajasini saqlab qololmadilar. Yukoridagilarni inobatga olib, olib borilgan ilmiy izlanishlarning maqsadlaridan biri uning pedagogik ahamiyatini ta'kidlab o'tish lozim. Ta'kidlab o'tish joizki, tadqiqotning boshida qo'yilgan maqsad va vazifalar bajarilishi haqida imkon qadar ma'lumot berildi. Ilmiy ish rejasiga kirgan barcha masalalar organildi. Xulosa oxirida BMIning pedagigik ahamiyatini ta'kidlab o'tish lozim. Hukumatimizning madaniyat va san'atga qaratilgan siyosati sharofati bilan bugungi kunda an'anaviy san'at ustalariga katta ahamiyat berilmoqda. Xususan yosh pedagog - rassom yetishtirishda ko'p ishlar qilinmoqda. Tasviriy san'at shunday o'ziga xos san'atki, unda an'analarning saqlanib qolishi juda muhimdir. Shuning uchun yosh pedagog - rassomlarning tarbiyalashda tasviriy san'atning boy tarixidan foydalanish lozim. Ushbu bitiruv malakaviy ishdan ulg'ayib kelayotgan yosh rassomlar Buyuk siymolar tarixi, ularni tasviriy san'at ijodiy kompozitsiyasida tasvirlash haqida bilib olishlari va yosh pedagog - rassomlarga o'z ustida ishlash uchun yordam berishi mumkin bo'ladi.