Sharq donishmandlari ta’lim-tarbiya haqida
Ushbu kitobda Sharqning buyuk allomalari - Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mahmud Koshg'ariy, Abu Homid G'azzoliy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Firdavsiy, Mahmud az-Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Bedil kabi allomalarning ta'lim-tarbiya, odob-axloq, ma'naviyat, ilm-fan, zakovat, inson kamoloti, hayot falsafasi haqidagi fikr-mulohazalari, ibratli hikmatlari, pand-nasihatlari jamlangan. Kitobda har bir allomaning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari o'ziga xos tarzda yoritilib, ularning o'zbek pedagogikasi rivojiga qo'shgan hissasi ochib berilgan.
Asosiy mavzular
- Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari: Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mahmud Koshg'ariy, Abu Homid G'azzoliy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Firdavsiy, Mahmud az-Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Bedil kabi allomalarning ta'lim-tarbiya, odob-axloq, ma'naviyat, ilm-fan, zakovat, inson kamoloti, hayot falsafasi haqidagi fikr-mulohazalari, ibratli hikmatlari, pand-nasihatlari jamlangan.
- "Avesto"da eng qadimgi ma'rifiy qarashlar: "Avesto" asari Sharq xalqlari madaniyatida o'ziga xos o'rin tutadi. Unda ijtimoiy-siyosiy hayot, dehqonchilik, chorvadorlik, tabobat, va odamning axloqiy tarbiyasi, yomonlikdan saqlanish haqidagi fikrlar bayon etilgan.
- Mahmud Koshg'ariy hikmatlaridan: Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asari nafaqat lug'at, balki o'z davri va undan oldingi davrlarning ilmiy-adabiy asarlari, xalq ijodi, maqollar, hikmatli so'zlar, urf-odatlari, davlat arboblarining o'zaro munosabatlari, hayot tarzi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Unda insoniy fazilatlar, ta'lim-tarbiya, odob-axloq, o'zaro munosabatlar haqidagi boy ma'lumotlar mavjud.
- Imom Buxoriy merosi – ma'rifat chashmasi: Imom Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" va "Al-adab al-mufrad" kabi asarlari insonni ezgu fazilatlar, oliyjanob xislatlar, iymon-e'tiqod, odob-axloq, ta'lim-tarbiyaga undashga bag'ishlangan. Boshqa ilmlar qatori ayniqsa, hadis ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan.
- Abu Nasr Farobiyning pedagogik qarashlari: Abu Nasr Farobiyning ta'lim-tarbiya borasidagi qarashlari turli falsafiy masalalarni yoritish munosabati bilan bayon etilgan. U insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetugi deb biladi. Shunga ko'ra, u asarlarida insonga tarbiya va ta'lim berish zarurligini aytadi va bunda ta'lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o'rinni egallashini qayd etadi.
- Abu Rayhon Beruniy merosi – aql-u hikmat mash'ali: Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", "Mineralogiya", "Saydana", "O'tmish davridan qolgan yodgorliklar" kabi asarlari mashhur. Beruniy butun umrini ilm-ma'rifat egallashga bag'ishladi. Beruniy muruvvat va shafqatni eng yaxshi insoniy fazilat hisoblaydi.
- Abu Ali ibn Sino – donishmand pedagog: Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) o'rta asrda turli ilm sohalarida – falsafa, mantiq, tibbiyot, tabiatshunoslik, tilshunoslik, adabiyot va boshqa fanlari doirasida o'lmas asarlar yozdi. Ko'plab fanlar doirasida asarlar yozgani, ilm rivojiga ulkan hissa qo'shganligi tufayli o'z davrida "Shayx-ur rays" (Olimlar raisi) unvoniga sazovor bo'ldi.
- Abulqosim Firdavsiy ta'lim-tarbiya haqida: Abulqosim Firdavsiy jahon adabiyotiga ulkan hissa qo'shgan, "Shohnoma" asari nafaqat qahramonlik, balki pand-nasihat, ta'lim-tarbiyaga qaratilgan asar hamdir. Muallifning mehnat va mehnatsevarlik, ilm va bilimdonlik, axloq va odob, saxovat va saxiylik, adolat va odillik haqidagi fikrlari asar mazmuniga singdirilganligiga guvoh bo'lamiz.
- Kaykovusning “Qobusnoma” asarida farzand tarbiyasi: Unsurmaoliy Kaykovus "Qobusnoma” asarini o'z o'gli Gilonshohga bag'ishlab yozadi. Asar 44 bobdan iborat bo'lib, adib o'zining hayotiy tajribalari bilan o'gli Gilonshohni tarbiyalashni istaydi va pand-nasihatlarni o'g'li uchun qimmatbaho, bitmas-tuganmas noyob meros deb biladi. Asarning dastlabki to'rt bobi Ollohga hamd-sanolar, murojaat bo'lib, qolgan 40 bobi turmush tarzi, hayotiy voqealar, ta'lim-tarbiyaga oiddir.
- Yusuf Xos Hojibning ibrat ummonidan bir qatra: Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab, turkiy tilda ijod etgan buyuk shoir, davlat arbobi, donishmand hisoblanadi. Yusuf qadimgi Bolosog'unda tug'ilgan. Uning bizgacha "Qutadg'u bilig” asari yetib kelgan. Asar 6 ming 409 baytdan iborat bo'lib, asarning bizgacha uch nusxasi (Vena nusxasi, Qohira nusxasi, Namangan nusxasi) yetib kelgan.
- Ahmad Yassaviy “Hikmatlari”da o'smir kamoloti: Ahmad Yassaviy hayotining eng muhim voqea mashhur inson Yusuf Hamadoniy bilan uchrashgani va unga murid tushgani bo'ldi. Ahmad Yassaviy hikmat yozish an'anasini boshlab bergan adib hisoblanadi. U o'zining "Devoni hikmat" ijod to'plamida insoniy fazilatlarni ulug'lab, shaytoniy hislar, illatlarni qoralaydi, insoniyatni ezgulikka undaydi.
- Al-Zamahshariyning “Nozik iboralari” haqida: Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075-1143) o'z davridanoq "ustod ul-arab val ajam” ("arablar va g'ayri arablar ustozi"), "faxru Xvarazm” (“Xorazm faxri") unvonlariga ega bo'lgan alloma dastlabki bilimni egallash uchun otasiga Xorazm madrasasiga borib o'qishni xohlashini aytadi. Zamahshariyning “Al-Kashshof" (Qur'oni Karim tafsiriga bag'ishlangan asar) va "Navobig' ul-kalim” (“Nozik iboralar”) asarlari inson kamoloti, ilm-fan ravnaqi, odob-axloq haqidagi qarashlardan iboratligi bilan yuqori ahamiyat kasb etadi.
- Sa'diy Sheroziy – ulug' murabbiy: Shayx Sa'diy Sheroziy 1184-yil Sheroz shahrida tavallud topadi. U boshlang'ich ma'lumotni maktabda olib, so'ng Bag'dod shahridagi Nizomiya madrasasiga o'qishga kiradi. O'qishni tugatib, Sharq mamlakatlari bo'ylab sayohat qiladi, sayohat bilan birga, ilm-u urfon o'raganadi. Sa'diy Sheroziy keksalik yillarida o'zining “Bo'ston”, “Guliston” asarlarini yozib, ulug' murabbiy ham ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotladi.
- Alisher Navoiy ijodi – ta'lim-tarbiya o'chog'i: Alisher Navoiy ijodining asl mohiyati ta'lim-tarbiya bilan uzviy bog'liqdir. Shoir asarlarining tub mohiyatida inson va uning baxt-saodati turadi. Navoiy fikricha, odamzod dunyoda hamma narsadan yuksak, sharif, aziz va qadrlidir. Navoiy o'z asrlarida inson haq-huquqlari, qadr-qimmati uchun kurash olib boradi.