Abdurauf Fitrat – o`zbek adabiyoti tadqiqotchisi (XI-XIII asrlar asosida
Ushbu tadqiqot Abdurauf Fitratning o`zbek adabiyotshunosligidagi ilmiy izlanishlarini, xususan, eski o`zbek adabiyotining nodir namunalari hisoblanmish “Qutadg`u bilig”, “Hibbatul haqoyiq” va tasavvufiy qarashlar bilan sug`orilgan Ahmad Yassaviy ijodiga bag`ishlangan tadqiqotlari mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Tadqiqotning ilmiy va adabiy ahamiyati bugungi kunga qadar o`z salmog`ini yo`qotgani yo`q. Maqolalardagi olim ilmiy qarashlari bugungi tadqiqotchilarimiz uchun ham muhim manba bo`lib xizmat qilmoqda.
Asosiy mavzular
- Abdurauf Fitrat - o`zbek adabiyoti tadqiqotchisi (XI-XIII asrlar asosida): Ushbu bitiruv malakaviy ishi Abdurauf Fitratning o`zbek adabiyotshunosligidagi ilmiy izlanishlarini, xususan, eski o`zbek adabiyotining nodir namunalari hisoblanmish "Qutadg`u bilig", "Hibbatul haqoyiq" va tasavvufiy qarashlar bilan sug`orilgan Ahmad Yassaviy ijodiga bag`ishlangan tadqiqotlari mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Tadqiqotning ilmiy va adabiy ahamiyati bugungi kunga qadar o`z salmog`ini yo`qotgani yo`q. Maqolalardagi olim ilmiy qarashlari bugungi tadqiqotchilarimiz uchun ham muhim manba bo`lib xizmat qilmoqda.
- Fitratning :
- Abdurauf Fitratning hayot va faoliyat yo'li: Abdurauf Fitrat XX asr o`zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyotchisi, o`tkir tilshunos, betakror dramaturg, shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi edi. Istanbul dorilfununining professori Mehmed Saroy o`zining bir qator tadqiqotlarida, Fitratni turk olamida Ismoil G`aspirali (1851-1914), Muhammad Fuod Ko`pruluzoda (1890-1966), Ziyo Ko`kalp singari buyuk mutafakkirlar sirasiga mansub, deb hisoblaydi. U haqda ilk ma'lumot bergan kishi Buxoro amiri Abdulahadxonning saroy xodimlaridan bo`lgan Hoji Ne'matulla Muhtaramdir. U "sarrof Abdul Rauf valadi Abdul Rahim sarrof'ni "Mijmar" taxallusi bilan o`zining “Tazkirat ush-shuarosi" (1910) ga kiritadi va u haqda ma'lumot berib, she'rlaridan birini namuna sifatida keltiradi. Keyinchalik Abduraufning "Fitrat" taxallusi bilan ijod etgani ma'lum. "Fitrat" so`zining ma'nosi tug`ma tabiat, yaralishdir. Abdurauf Fitrat 1886-yilda qadim ilm beshiklaridan biri Buxoroda tavallud topgan.
- "Qutadg`u bilig" – Fitrat talqinida: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asari hozircha bizgacha yetib kelgan turkiy badiiy adabiyot namunalarining eng ko`hnasi hisoblanadi. Asar XI asr Qoraxoniylar saltanatining eng yuksak pog`onaga ko`tarilgan bir davrida yaratilgan. Yusuf Bolasog`uniy Yettisuv o'lkasidagi Quzo`rda (Bolasog`un) shahrida 1016-1018 yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o`lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo`l ostida edi. Bu sulola VI-IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo`lib, IX asr o`rtalaridan davlatni boshqarib keldilar. Qoraxoniylar davrida ilm-ma'rifat, madaniyat rivojlanadi, qator ilmiy, falsafiy asarlar yaratiladi. Bu asarlar asosan arab va fors tilida edi. Davlatni idora qilish uslubi, siyosati, qonun-qoidalari, rasm-u odatlarini, axloq mezonlarini o`zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida “Qutadg`u bilig
- "Hibbatul haqoyiq” – Abdurauf Fitrat nigohida: Qadimgi turkiy hamda eski turkiy til davrlarida olamshumul yozma manbalar bitilgan, bir qator yozma manbalar runik yozuvi bilan toshlarga o`yib yozilgan, ikkinchi bir guruh yozma obidalar runik hamda qadimgi uyg`ur xati bilan maxsus tayyorlangan “pergament”-kiyik terilariga bitilgan. Shuningdek, eski turkiy til davriga oid yozma yodgorliklar arab hamda qadimgi uyg`ur yozuvida ham yozilgan. XII- XIII asrda Adib Ahmad Yugnakiy tomonidan ijod qilingan "Hibbatul haqoyiq” (“Haqiqatlar sovg`asi") yozma yodgorligi ham eski turkiy til davriga mansub asardir, eski o`zbek tilining shakllanishida muhim rol o`ynagan yozma manbalardan biri hisoblanadi. “Hibbatul haqoyiq yozma manbasining beshta nusxasi saqlanib qolgan, bu yozma manbaning uchta nusxasi deyarli to`la saqlanib qolgan, ikkita nusxasi ayrim parchalardan iborat.
- Tasavvuf va Ahmad Yassaviy ijodi haqida: Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega ta'limot bo`lib, islom olamida VIII asrning o`rtalarida paydo bo`lgan. Tasavvuf uch ma'noni o`z ichiga olgan atamadir: a) ma'rifatning nurini so`ndirmaydi; b) botin ilmiga oid biror so`zni kalom va sunnatga qarshi ishlatmaydi; c) karomatlarni, sirlarni Alloh bilan banda orasidagi xos sirlarni elga bildirmaydi; Qur'oni karimda tasavvuf kalimasi uchramaydi. Rasuli akram (s.a.v) davrida ham bu so`z deyarli qo`llanmagan. Lekin kunlarini haqiqiy ishq shavqi bilan o`tkazgan, qalb pokligini har narsadan yuqori qo`ygan, buning uchun esa, ko`ngilni g`aflat, jaholat, gumrohlikdan muhofaza qilib, ruhiy qobilyatlarini kamolga yetkazishga uringan zotlarning yo`liga tasavvuf nomi berilgan.
- "Yassaviy maktabi shoirlari to`g`risida tekshirishlar” maqolasi tahlili: Fitratning
- Fitrat tadqiqotlarida XIII asr adabiyotiga munosabat: Abdurauf Fitrat ilk maqolasining muqaddima qismida “O`zbek adabiyoti tarixini yozib turg`onim munosabati bilan Ahmad Yassaviy bilan ancha mashg`ul bo`lishga to`g`ri keldi. Mana shu mashg`uliyatlarning qisqag`ina bir xulosasini "Maorif va o`qitg`uchi" jurnalining o`qug`uvchilariga arz etishni munosib ko`rdim", - deb yozadi. Olimning ushbu so`zlaridan ham ma'lum bo`ladiki, bu ikki maqola uning bir nech yillik izlanishlari, fikr va mulohazalarining mahsuli bo`lgan.