Ona tili
Ushbu kitobda o'zbek tilining barcha jihatlari, jumladan, uning fonetikasi, grafikasida orfografiya, leksikologiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), so'z yasalishi, ma'no va shakllanishi, gap tuzilishi, nutq uslublari hamda tinish belgilarining ishlatilishi kabi keng qamrovli masalalar yoritilgan. Kitob lug'at boyligini kengaytiradi, shuningdek, turli so'z turkumlarining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi. Kitob tilshunoslikning muhim bo'limlari, jumladan, sintaksis, leksikologiya, morfologiya, fonetika, uslubiyat, grafika, orfografiya, nutq uslublari kabi keng mavzularni qamrab oladi. Ushbu kitobdan nafaqat talabalar, balki o'zbek tilining sir-asrorlarini chuqur o'rganishni istagan har bir kishi foydalanishi mumkin. Mavzularni mustahkamlash uchun savollar va test topshiriqlari berilgan.
Asosiy mavzular
- Til haqida umumiy ma'lumot: Tilning mohiyati, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi va taraqqiyoti haqida ma'lumot beradi. Tilning umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratilishi, jahon tillarining tasnifi, o'zbek tilining fonetikasi, lug'at boyligi, leksikografiyasi, grammatik qurilishi, uslubiyati va tinish belgilari haqida ma'lumot beradi.
- Fonetika: Nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, o'zgarishi, urg'u, bo'g'in, ohang kabilar o'rganiladi. Fonetika va fonologiya, tovush va fonema, fonetik akustika, nutq tovushlarining artikulyatsiyasi, o'zbek tilining fonetik vositalari va ularning tasnifi haqida ma'lumot beradi.
- Grafika va imlo: Grafika - yozuv degan ma'noni bildiradi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va tinish belgilari kiradi. Grafikasi o'zbek tilining fazilatlari, imlo qoidalari va ularni yozishga asoslangan tamoyillar haqida ma'lumot beradi.
- Leksikologiya: Tilning lug'at tarkibi (leksikasi)ni o'rganadigan bo'limdir. Lug'atlar tilning lug'aviy boyligini to'plovchi kitobdir. Omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar, ko'p ma'noli so'zlar va ularning uslubiy xususiyatlari haqida ma'lumot beradi.
- So'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari: Tildagi so'zlar shakl va ma'no xususiyatlariga ko'ra o'zaro turli munosabatda bo'ladi. Bularga bir ma'noli so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar, omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar va ularning uslubiy xususiyatlari kiradi.
- So`z yasalishi: So`z yasalishi - tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi ma’noli so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi. Tub va yasama so`zlar, qo`shma va juft so`zlar, qisqartma so`zlar, ot, fe’l, sifat, ravish, olmosh, undov, taqlid, modal so`zlar hamda ko`makchi, bog`lovchi, yuklama turkumlarining yasalishi haqida ma’lumot beradi.
- Grammatika: Tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning bo`limi. Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir. Grammatika morfologiya va sintaksisga ajraladi.
- So`zning grammatik shakli: So`zning biror grammatik ma’no ifodalaydigan ko`rinishi uning grammatik shakli deyiladi. Grammatik shakl grammatik ma’noni ifodalashning eng zaruriy sharti, tilda ular biri ikkinchisiz mavjud bo`lmaydi. Bunda shakllanishiga ko`ra sodda, murakkab kesimlar farqlanadi.
- Grammatik kategoriya: Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi. Morfologik grammatik kategoriyalarga so`z turkumlarining o`zi, ya’ni ot, sifat, son, fe’l kabilar kirsa, ikkinchidan, ma’lum bir turkumga xos bo`lgan kategoriyalar, ya’ni otlarga xos bo`lgan son, egalik, kelishik kategoriyalari, fe’llarga xos bo`lgan bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayli, zamon, shaxs-son kategoriyalari kiradi.
- Gap bo`laklari: Gap bo`laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo`laklari gap qurilishida markaziy o`rinni egallaydi, bunday bo`laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo`laklar esa gap qurilishida asosiy rol o`ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo`laklar orqali fikr anglashilaveradi. SHunga ko`ra gap bo`laklari ikki turga ajratiladi: bosh bo`laklar va ikkinchi darajali bo`laklar.
- Gapning tuzilish jihatdan turlari: Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo`linadi: 1) sodda gap; 2) qo`shma gap. Gaplarning bunday bo`linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarining soniga, miqdoriga asoslanadi.
- Nutq uslublari: So`zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop (publitsistik) uslub, ilmiy uslub kabi nutq uslublarining xususiyatlari, ularning qo`llanish o`rinlari, lug`aviy, grammatik, uslubiy vositalari haqida ma’lumot beradi.
- Tinish belgilari: Tinish belgilari va ularning yozma nutqda qo`llanishini o`rganadigan bo`lim punktuatsiya deb yuritiladi. Nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, undov belgisi, so`roq belgisi, ko`p nuqta, qavslarning qo`llanish o`rinlari va ularning xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.
- Ilovalar: Ushbu kitobda qo`shimcha ma’lumot berish maqsadida lug`atlar berilgan bo`lib, ular orasida omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar, so`zlar, fe’llar, qo`shimchalar, gaplar va nutq uslublari bilan bog`liq qo`shimcha ma’lumotlar ham mavjud.