Yog' moylarni tadqiq qilish usullari va ekspertiza
Ushbu kitob "Yog' moylarni tadqiq qilish usullari va ekspertiza" fani bo'yicha tayyorlangan uslubiy qo'llanma bo'lib, unda yog' va moylarni fizik-kimyoviy tadqiq qilishning zamonaviy usullari va ularning rivojlanish istiqbollari hamda laboratoriya mashg'ulotlari uchun zaruriy nazariy tushunchalar bayon etilgan. Kitobda laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi talablari va baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko'rsatish qoidalari ham o'z ichiga oladi. Yog' va moylarni tadqiq qilish usullari, xromatografiya turlari, spektroskopiya, kolorimetriya, refraktometriya, rentgenostruktur tadqiqotlar kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, moyli urug'lar va ularning kimyoviy tarkibi, oqsillari, mikroelementlari, yog' kislotalari va boshqa komponentlarini aniqlash usullari haqida ham ma'lumot berilgan. Kitob oxirida fan bo'yicha nazorat savollari va tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: "Yog' moylarni tadqiq qilish usullari va ekspertiza" fani moylarni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlari texno-kimyoviy nazorat qilishda, hamda shu jarayonlarni optimal boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy tadqiqot ishlarida qo'llaniladigan maxsus tadqiqot usullari bilan tanishtiradi. Kimyo, farmastevtika va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, ya'ni xomashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulot sifatini baholash laboratoriyada amalga oshiriladi. Bunda qo'llaniladigan tadqiqot usullari qulay, sodda va tezkor bo'lishi, hamda texnologik jarayonni nazorat qilishga yordam beruvchi, asosiy sifat ko'rsatkichlarni aniqlovchi usullar bo'lishi kerak. Ushbu uslubiy qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yog' va moylar texnologiyasi akalavriatura yo'nalishi namunaviy dasturiga asolangan ishchi dasturiga muvofiq tuzilib, nashrga mo'ljallangan.
- 1-MA'RUZA. KIRISH. YOG' VA MOYLARNI TADQIQ QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.: Reyting tizimi haqida, ishlab chiqarishning texno-kimyoviy nazorati va tadqiqotning bog'likligi, ishlab chiqarishni takomillashtirish va tayyor maxsulot sifatini yaxshilashda laboratoriyaning axamiyati, xomashyo, yarim maxsulot va tayyor maxsulot sifatini baxolash usullari, namuna olish va uning tadqiqot natijasiga ta'siri, tadqiqotda xatoliklar va ularning turlari, eruvchan komponentlarni turli qattiq materiallardan ajratish kabi mavzularni qamrab oladi. Moylarni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini texno-kimyoviy nazorat qilishda, xamda shu jarayonlarni optimal boshqarishda muxim ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy tadqiqot ishlarida qo'llaniladigan maxsus tadqiqot usullari bilan tanishtirish.
- 2-MA'RUZA. MOYLAR TADQIQOTIDA QO'LLANILADIGAN XROMATOGRAFIK USULLAR.: Moyli urug'lar va moylar tarkibidagi lipid va lipid bo'lmagan moddalarni taxlil qilish uchun ajratish usullarini tanlash prinstiplari. Xromatografiya zamonaviy fizik-kimyoviy tadiqot usuli bo'lib, tarkibi ma'lum va xususiyati bir-biriga juda yaqin bo'lgan turli moddalarning murakkab aralashmasidagi moddalarni bir-biridan ajratib, aniqlab, ularning miqdori va nisbatni taxlil qilish imkoniyatini beradi. Xromatografiya lotincha «xromos» - rang va «grafo» - yozmoq so'zlaridan tashkil topgan. Zamonaviy xromatografiyaning o'z navbatida xar xil turlari mavjud. Moyli urug'lar va moylar tarkibini o'rganish maqsadida ko'p qo'llaniladigan xromatografik usullar bilan tanishish.
- 3-Ma'ruza. MOYLARNING GLISTERID TARKIBI.: Moylar glisteridlari tarkibining ular sifatiga ta'siri. Yog' kislota tarkibi asosida glisteridlarning frakstion tarkibini hisoblab aniqlash usullari. Moylar tarkibidagi yog' kislotalari tarkibini qog'ozli yoki gaz-suyuqlik xromotografiyasi yordamida aniqlash, keyingi bosqichda ular tarkibidagi glisteridlarning turini yoki glisteridlarning frakstion tarkibini aniqlash imkoniyatini beradi. Trigisteridlar yog' kislotalarini ajratish va ularning polyarlik darajasi bo'yicha hisoblash.
- 4-MA'RUZA. MOYLAR TADQIQOTIDA SPEKTROSKOPIYANING QO'LLANILISHI.: Spektral analiz asosiy tushuncha va terminologiyalar. Emission va molekulyar spektral analiz. Elektron spektrlarini aniqlovchi jixozlar. Tajriba texnikasi. Ultrabinafsha kism. Moylar tadqiqotida spektroskopiyaning qo'llanilishi. Pozistion va geometrik izomerlanishni o'rganishda ultrabinafsha va infrakizil spektroskopiyani qo'llash. Spektral taxlil yoki spektroskopiya moddaning tuzilish to'g'risidagi zamonaviy tushunchalarning rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Molekulalar spektrini taxlil qilish orqali molekula tuzilishi va xossalari, shakli va o'lchamlari haqida ma'lumot olish mumkin. Spektroskopiya tadqiqotlari kimyoviy birikmalarni aniqlash, ularning tozaligini taxlil qilish, oddiy va murakkab aralashmalar sifat va miqdor tarkibini bilishda muhim ahamiyatga ega.
- 5-MA'RUZA. KOLORIMETRIK TADQIQOTLAR: Kuzatish usullari. Fotoelektrik usul. Moyli urug'lar lipidlari analizida kolorimetriyani qo'llash. Paxta moyi tarkibidagi birikkan va erkin gossipol, vitamin A va boshqalarni aniqlash. Kolorimetriya kolorimetrik reakstiya maxsulotini yorug'lik nurini ko'rinuvchi spektrlarini yutishi orqali o'lchashga asoslangan. Kolorimetrik reakstiya esa, bu reakstiya natijasida rangsiz maxsulotning rang xosil qilishidir.
- 6-MA'RUZA. REFRAKTOMETRIK TADQIQOTLAR: Refraktometriyaning yog'lar kimyosi va ishlab chiqarishni nazoratida qo'llash. Moyli urug', kunjara va shrot tarkibidagi moy miqdorini aniqlash. Shrot tarkibidagi benzinni aniqlash. Yog' va moylarni texnologik qayta ishlash jarayonida sindirish ko'rsatkichining o'zgarishi ular sifatining o'zgarganligini ko'rsatadi.
- 7-MA'RUZA. RENTGENOSTRUKTUR TADQIQOT: Rentgen nurlari va ular difrakstiyasi to'g'risida umumiy tushuncha. Rentgen nurlari tabiati va ularning spektr tarkibi. Yog'-moy sanoatida kimyoviy va kimyo-texnologiya jarayonlari nazorat qilish usullaridan yana biri rengenostruktur taxlil usulidir. Yog' texnologiyasida bu usul moddalarning kristall va molekulyar strukturasini va asosan texnologik jarayonlarda molimorfizm xodisasini nazorat qilishda qo'llaniladi.
- 8-MA'RUZA. MOYLI URUG'LAR OQSILLARI TARKIBINI O'RGANISH: Moyli urug'lar va ularni qayta ishlash maxsulotlari oksillarining aminokislota tarkibini aniqlash. Oqsillarning aminokislota tarkibini o'rganishda molekulyar spektroskopiyani qo'llash. Oqsillar yuqorimolekulyar moddalar guruxiga kirib, ozuqa va tirik tabiatda muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning struktura elementlari aminokislotalardir. Oqsillarning ozuqaviy qiymati amnokislotalar tarkibi va miqdor nibati bilan belgilanadi.
- 9-MA'RUZA. O'SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISHNING XOM ASHYO, ASOSIY VA IKKILAMCHI MAHSULOTLARINING EKSPERTIZASI: Ikki pog'onali vakuumli shnek-press. ELM liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish texnologik sxemasi. Atir sovun asosiga ishlov berish vakuum-quritish kameralar yordamida bajariladi. Sovunni sovutish va quritish xo'jalik sovunga o'xshab vakuum ostida mexanik ishlov berish uchun bir qator ketma-ket ishlaydigan shnekli mashinalar yordamida amalga oshiriladi.
- 10-MA'RUZA. YOG' VA MOYLARNI QAYTA ISHLASHNING XOM ASHYO, ASOSIY VA IKKILAMCHI MAHSULOTLARINING EKSPERTIZASI: "Matssoni" liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish sxemasi. Xo'jalik va atir sovuni sifat ko'rsatkichlari. Sovunlar sifatining asosiy ko'rsatkichlaridan biri yog' kislotalar miqdori. Sovunni mukammal mahsulotligini aniqlash uchun "sifat soni" (S.s.) ko'rsatkiChi kiritilgan.
- 11-Ma'ruza. ADSORBSTION-MOLEKULYAR XROMATOGRAFIYA.: Adsorbstion va molekulyar xromatografiya. Lipidlarni tarkibiy qismlarga ajratish. Taqsimlovchi xromatografiya. Bu usul moddalarning har xil adsorbstiyalanish xususiyatiga asoslangan. Bunda taxlil qilinayotgan maxsulot tarkibidagi moddalarning, xromatografiyalash jarayonida eritma tarkibidan to'xtovsiz ravishda qattiq dispers faza yuzasiga adsorbstiyalanishi va desorbstiyalanishi amalga oshadi. Moddaning sorbstiyalanish qobiliyati uning kimyoviy tuzilishi va tabiyatiga xamda, adsorbentning fizik va kimyoviy xossalariga bog'liq.
- 12-MA'RUZA. QOG'OZLI XROMATOGRAFIYA: Qog'ozli xromatografiya turlari. Yupqa qatlamli xromatografiya. Lipidlarning yog' kislota tarkibini o'rganish. Qog'ozli xromatografiya 1943 yil tavsiya etilgan. Bu usul bajarilishining soddaligi, uskunaning oddiyligi xamda juda oz miqdordagi turli organik va noorganik moddalarni taxlil qilishdagi universalligi bilan ajralib turadi. Aralashma tarkibidagi moddalarni ajratishning bu usuli yuqoridagi taqsimlovchi xromatografiyaning ko'rinishlaridan biri bo'lgan yupqa qatlamli ko'rinishidir.
- 13-MA'RUZA. YOG' KISLOLARINI AJRATISH VA METILLASH USULLARI.: Yog'larni glisterid tarkibini aniqlashning amaliy usullari. Yog' kislotalarga ajratish va tarkibini aniqlash. Uchglisteridlar yog' kislotalar tarkibini aniqlashda gaz-suyuqlik xromatografiyasi uchun yog'-kislotalarning metil efirlari tayyorlanadi. Moylarning va ular tarkibiga kiruvchi sovunlanuvchi lipidlarning (uchglisteridlar, fosfolipidlar, glikolipidlar va boshqalar) yog' kislotalari tarkibi ularining asosiy fizik xossalarini belgilaydi.
- 14-MA'RUZA. GAZ-SUYUQLIK XROMATOGRAFIYASI.: Gaz-suyuqlik xromatografiyasi. Xromatograflarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Xromatogramma aniqligiga ta'sir qiluvchi omillar. 1952 yilda ishlab chiqilgan gaz-suyuqlik xromatografiya usuli keyingi vaqtda lipidlar tadqiqotida keng qo'llanilmoqda. Buning sababi bu usul murakkab tarkibli bir-biriga yaqin xususiyatli komponentlardan tashkil topgan aralashmalar tarkibidagi moddalarni yaxshi ajratish va ularni aniq miqdor nisbatini aniqlash imkoniyatiga ega.
- LABORATORIYA ISHI № 4 YOG' KISLOTALAR TARKIBINI ANIQLASH: Gaz-suyuqlik xromatografida yog'-kislotalar tarkibini taxlil qilish va hisoblash. Gaz-suyuqlik xromatografiyasining boshqa taqsimlovchi xromatografiya usullaridan asosiy farqi shundaki, xarakatlanuvchi faza sifatida inert gaz ishlatiladi, xarakatsiz faza qattiq tutuvchiga adsorbstiyalangan holatda bo'ladi. Xarakatsiz fazalardan biri (polietilenglikoladipat, PEGA, PEG sukstinat yoki repleks 400) o'zining erituvchisida eritilib, xromatograf kolonkasiga to'ldiriladigan qattiq tutuvchi fazalardan biriga (xromosorb 101-105, porapak T yoki stelit 545) singdiriladi.
- LABORATORIYA ISHI № 5 REFRAKTOMETR YORDAMIDA YOG'LARNI TO'YINMAGANLIK DAROJASINI ANIQLASH: Refraktometr tez aniqlaydigan usul bo'lib, nur sindirish ko'rsatkichini IRF-22 – refraktometrida aniqlash va olingan natija asosida o'simlik moyining yod sonini hisoblash. Yog' va moylarni texnologik qayta ishlaganda sindirish ko'rsatkichining o'zgarishi ular sifatining o'zgarganligini ko'rsatadi.
- LABORATORIYA ISHI № 6 SPEKTROFOTOMETRIYA USULIDA OQSILLAR MIQDORINI ANIQLASH: Moyli urug'lardagi oqsil moddalarni aniqlash va tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Oqsil moddalari moyli urug'larni lipidlardan keyingi ikkinchi muhim komponenti hisoblanadi. Yog'-moy sanoatida oqsillarni miqdoriy aniqlashda Keldal usuli keng ko'llanilgan. Oxirgi yillarda bu usuldan tashqari fotometrik va spektrofotometrik usullar ham qo'llanila boshladi. Tadqiqotlarning barcha bosqichlarida o'zgarmas tabiiy xolatda saqlab turish juda muhim hisoblanadi.
- LABORATORIYA ISHI № 7 KOLORIMETRIYA USULIDA FOSFATIDLAR MIQDORINI ANIQLASH: O'simlik moylari tarkibidagi fosfatidlar miqdorini ularning optik zichliklariga asoslanib, fotokolorimetrda aniqlashdan iborat. O'simlik moylari tarkibidagi fosfor shakar bilan melanofosfatid va gossipol bilan glissifosfatid mahsulotlari ko'rinishidagi fosfatidlar tarkibiga kiradi. Fosfatidlarni aniqlashda qaytaruvchi eritmadan foydalaniladi. Qaytaruvchi eritma sifatida molibden reagenti qo'llanildi.
- MUSTAQIL TA'LIM MASHG'ULOTLARI: Talabalarning fan bo'yicha mustaqil ishlashi reyting fadvaliga muvofiq nazariy mashg'ulotlar bo'yicha, ikkita oraliq baholash nazorati muddati ichida, birinchi va ikkinchi mustaqil oraliq ishlari referatlar, hamda mustaqil ishning joriy nazorati quyida keltirilgan qo'shimcha savollarga og'zaki javoblar ko'rinishida topshirilishi rejalashtirildi. Talabalar referatlar mavzularini referatlar mavzulari ro'yxatidan reyting daftar chalarining raqamining oxirgi soniga mos ravishda oladilar.