Hisor davlat qo‘riqxonasining biologik xilma-xillikni saqlashdagi o‘rni

Ushbu kitobda Hisor qo'riqxonasining hududi, tabiiy-geografik sharoiti, oʻsimlik va hayvonot olami, biologik xilma-xillikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar, hamda qo'riqxonaning O'zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi o'simlik va hayvonlar haqidagi batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Inson va tabiat munosabatlari, tabiatni muhofaza qilishda qo'riqxonalar ahamiyati, Hisor davlat qo'riqxonasining o'ziga xosligi va bioxilma-xillikni saqlashdagi o'rni haqida umumiy ma'lumot.
  • I. BOB ADABIYOTLAR SHARHI: Qo'riqxonalarning muhim ahamiyati, ularning vazifalari, tabiatni himoya qilishdagi roli va jahon tajribasi haqida ma'lumot.
  • II. BOB HISOR QOʻRIQXONASI TERRITORIYASINING FIZIK-GEOGRAFIK OʻRNI: Hisor qo'riqxonasining joylashuvi, chegaralari, maydoni, relyefi, geologik tuzilishi, iqlimi va o'simlik qoplami haqida batafsil ma'lumot berilgan.
  • III.BOB HISOR DAVLAT QOʻRIQXONASIDAGI OʻZBEKISTON «QIZIL KITOBI»GA KIRITILGAN OʻSIMLIKLARI: Hisor qo'riqxonasida tarqalgan, O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob va yo'qolish arafasidagi dorivor o'simliklar va ularning tavsifi keltirilgan.
  • IV.BOB HISOR DAVLAT QOʻRIQXONASINING HAYVONOT OLAMI: Hisor qo'riqxonasida yashovchi sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar va baliqlar haqida ma'lumot berilgan. O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va qushlar ro'yxati keltirilgan.
  • XULOSA: Hisor qo'riqxonasi bo'yicha to'plangan ma'lumotlar va kuzatishlar asosida xulosalar chiqarilgan.
  • TAKliflar: Hisor qo'riqxonasida bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.