Диншунослик

Ushbu uslubiy ko'rsatma “Kasb ta'limi” yo'nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishini iqtisodiy asoslarini bajarish bo'yicha qo'llanma hisoblanadi. Unda korxona iqtisodiyoti, iqtisodiy hisoblar, mexnat unumdorligi, tannarx va mahsulot bahosi, foydani hisoblash va rentabellik kabi mavzular chuqur yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Iqtisodiy hisoblar: Ushbu bo'limda korxona iqtisodiy samaradorligini ta'minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, dastgoxlarning modernizatsiyasi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, dastgoxning samarali vaqti, uning iqtisodiy ko'rsatkichlari va samaradorligini hisoblash usullari keltirilgan.
  • Asosiy fondlar - dastgoxlarning amortizatsiyasi: Asosiy fondlar mahsus ishlab chiqarishda ishtirok etadi va xizmat qilish muddati davomida o'z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o'tkazib boradi. Fondlar qiymatini qo'llash va tiklash uchun kerak bo'lgan mablag' amortizatsiyasi orqali yig'iladi. Amortizatsiya deb asosiy fondlar yo'qotgan qiymati rejali ravishda tiklashga aytiladi.
  • Dastgoxlarga sarflanadigan elektr energiya xarajatlari: Xar bir jarayondagi dastgox va uskunalarni elektr energiya sarfi hisoblanadi. Bunda dastgox va uskunalarning ish soati, 1 soatdagi elektr energiya sarfi, 1 kvt elektr energiya sarfi qiymati, dastgoxlarning jami ishlangan ish kunlari (bitiruv malakaviy ishi texnologik qismidan olinadi), jami ishlangan yillik soatga elektr energiyaning yillik sarfi hisoblanadi.
  • Tayyorlanayotgan maxsulot qiymati va uning tannarxi: Tannarx deb maxsulot ishlab chiqarish uchun ketgan sarf xarajatar yig'indisining puldagi ifodasiga aytiladi. Tannarx deganda bir birlikdagi maxsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan moddiy, mexnat, pul xarajatlari nazarda tutiladi.
  • Korxonaning shtat ro'yxati: Shtatlar jadvali mulk egasi, raxbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlangan bir xil lavozimlar va lavozim maoshlari miqdorini korsatgan xolda doimiy ishchilarning lavozimlar nomi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalari asosiy ish faoliyatida band bo'lgan xodimlar kategoriyasi asosan maxsulot tayyorlash bilan band bo'lgan ishchilar xisoblanadi.
  • Asosiy va yordamchi ishchilarning ish xaqi jamg'armasi: Asosiy va yordamchi ishchilar soni yuqorida berilgan me'erlar asosida xisoblanib, xar bir asosiy va yordamchi ishchining bajarayotgan ish me'yori boyicha razryadlar ornatiladi. Belgilangan razryadlar boyicha sanoat tarmoqlarining tarmoq tarif razryadlariga asoslanib tarif stavkalari belgilanadi.
  • O'rtacha oylik ish xaqi: Xisoblab chiqilgan ish xaqi jamgarmasini loyixa boyicha xisoblangan ishchilar soniga bolinadi. Bu ortacha yillik ish xaqi jamgarmasiga teng. O'rtacha ish xaqi jamgarmasini 12 oyga nisbati ortacha oylik ish xaqiga teng boladi.
  • Mexnat unumdorligi: Mexnat unumdorligi korxonalar faoliyatini natijaviy ko`rsatkichi bo`lib, ular faoliyatini salbiy va ijobiy tamonlarini ifodalaydi. Mexnat unumdorligi vaqt birligi ichida ma'lum miqdorda moddiy ne'mat yaratadigan jonli mexnatning samaradorlik darajasini ifodalaydi.
  • Tannarx va mahsulot bahosi: Tannarx deb mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan sarf xarajatar yig'indisining puldagi ifodasiga aytiladi. Tannarx kalkulyatsiya tuzish yo'li bilan bir qancha sarf moddalarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
  • Foydani xisoblash: Korxonalarning, yuqorida keltirilgan, xo'jalik faoliyatidan olingan daromadlari va qilingan harajatlari asosida foydaning quyidagi beshta ko'rsatkichlari aniqlanadi: mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyatdan ko'rilgan foyda, umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda, soliq to'langungacha olingan foyda, yillik sof foyda.
  • Rentabellik: Korxona faoliyatiga ob'ektiv baho berishda, takror ishlab chiqarish jarayonlarining ayrim bosqichlarida harajatlar bilan natijalarni qiyoslashda ma'lum bir iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalanish zarur bo'ladi. Ular qatoriga rentabellik ko'rsatkichi ham kiradi.
  • Yillik iqtisodiy samaradorlik: Samaradorlik - bu foydalilik, natijalilikdir. Mahlumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish va mahlum miqdorda xarajat qilish kerak.
  • Kapital xarajatlarini qoplash muddati: Optimal variantni tanlab olish hamda uni asoslab berish uchun qoʻshimcha kapital mablag'larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak bo'ladi.