“GM - Uzbekistan” АJ ning ishlab chiqarish qatorlarini samaradorligini oshirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda avtomobilsozlik sohasidagi zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish va samaradorlikni oshirish muammolarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda «GM-Oʻzbekiston» AJ misolida ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish va sifatni oshirish kabi masalalar atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda innovatsion menejment asoslari, zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish usullari hamda GM Uzbekistan korxonasida amalga oshirilgan ishlar, innovatsion yechimlar, ularning samaradorligi va kelajakdagi rivojlanish yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Zamonaviy avtomobilsozlik rivojlanishi: Oʻzbekistonda avtomobilsozlik sohasining hozirgi holati, jahon tendensiyalari, rivojlanish bosqichlari va GM-Oʻzbekiston korxonasidagi ish muhiti tahlil qilinadi.
  • Zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish: Innovatsion menejment asoslari, zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish usullari, innovatsiya muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar koʻrib chiqiladi.
  • GM Oʻzbekiston qoʻshma korxonasida innovatsion faoliyatni tashkil etish: GM-Oʻzbekiston korxonasida innovatsion faoliyatni tashkil etish usullari, ratsionalizatsiya muammolari, sifat tugʻri yoʻnalishlari, xodimlarning texnik ijodkorligi va korxona rivojlanishi kabilar oʻrganiladi.