Ботаника
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida Oliy o‘quv yurtlari uchun "Botanika" fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv qoMlanmadir. Qo‘llanmada o‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalarining tuzilishi, vegetativ va generativ organlarining morfologiyasi, anatomik tuzilishlari, tuban va yuksak o‘simliklaming tuzilishlari, oila, turkum, turlari, ularning tabiatda tarqalishi, o‘simliklar dunyosining tabiatdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmada gulli o‘simliklar bo‘yicha berilgan ma’lumotlar O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan va keng tarqalgan madaniy, yowoyi, begona, dorivor, zaharli hamda yem-xashak o‘simliklar misolida yoritilgan. Qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining biologiya, tuproqshunoslik va ekologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar hamda biologiya sohasiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Botanika fani haqida: O‘simliklar haqidagi fan bo‘lib, o‘simliklaming tashqi va ichki tuzilishmi, kelib chiqishini, o‘sish hamda rivojlanish qonuniyatlarini, ulardagi hayotiy jarayonlami, dunyoda tarqalishini, muhit bilan ular orasidagi munosabatlami va o‘simliklar dunyosidan har taraflama oqilona foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
- O‘simliklar dunyosining rivojlanish tarixi: Inson hayotida o‘simliklaming ahamiyati, o‘simliklar klassifikatsiyasining tarixi, grek olimlari Aristotel va Teofrastning ishlari, Pliniy, Dioskorid, Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning o‘simliklar haqidagi ma’lumotlari.
- O‘simlik hujayrasi: Hujayraning kashf etilishi, mikroskopning yaratilishi, hujayra tuzilishi, organoidlar (yadro, sitoplazma, xloroplast, mitoxondriya, golji apparati, vakuola, lizosoma) va ularning vazifalari. Prokariot va evkariot hujayralar.
- O‘simlik to‘qimalari: To‘qimalarning kelib chiqishi (embrional va doimiy) va turlari (qoplovchi, asosiy, mexanik, o‘tkazuvchi, ajratuvchi). Parenxima va prozenxima to‘qimalar. Mexanik to‘qima turlari (kollenxima, sklerenxima, sklereidlar).
- O‘simlik organlari: Ildiz va ildiz tizimi (asosiy, yon, qo‘shimcha ildizlar, ildizning tuzilishi va vazifalari). Novda, kurtak, poya va ularning tuzilishi, vazifalari, metamorfozlari. Barg va uning tuzilishi, vazifalari, metamorfozlari. Generativ organ - gul, uning tuzilishi, vazifalari, changlanish, urug‘lanish jarayonlari.
- Urug' va meva: Urug‘ning tuzilishi va rivojlanishi. Mevaning tuzilishi, tasnifi va tarqalishi.
- O‘simliklaming ekologik guruhlari va hayot shakllari: Namlik, yorug‘lik, harorat va issiqlikka nisbatan o‘simliklaming tasnifi va ularning moslanishlari.
- O‘simliklarda davrlar va mavsumiy hodisalar: O‘simliklarning yosh davrlari (latent, virginil, generativ, senil) va hayot shakllari, mavsumiy o‘zgarishlar.
- Tuban o‘simliklar: Viruslar, bakteriyalar, suvo‘tlar (ko‘k-yashil, yashil, diatom, qo‘ng‘ir, qizil), shilimshiqlilar, zamburug‘lar (xitridiomisetsimonlar, oomisetsimonlar, zigomisetsimonlar, askomisetsimonlar, bazidiyasimonlar, deyteromisetsimonlar) va lishayniklar haqida ma’lumotlar.
- Yuksak o‘simliklar: Psilottoifalar, yo‘sintoifalar, plauntoifalar, qirqbo‘g‘imtoifalar, qarag‘aytoifalar, magnoliyatoifa (yopiq urug‘lilar) va ularning oilalari, turkumlari, turlari, ularning biologik va xo‘jalik ahamiyati.
- O‘simliklar sistematikasi: Sistematikaning asosiy tushunchalari va atamalari, yuksak o‘simliklar dunyosining bo‘limlari, sinflari, qabilalari, oilalari, turkumlari va turlari.
- Gerbariy tayyorlash: O‘simlik terish, uni tayyorlash va gerbariy tuzish usullari.