Kichik yoshdagi o’quvchilarni har tоmonlama tarbiyalash vosita va usullari
Ushbu ish kichik yoshdagi o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning vosita va usullarini aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqotda bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashning nazariy-pedagogik asoslari, tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari, vositalari va usullari o'rganilgan. O'zbek xalqining boy ma'naviy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, shuningdek, zamonaviy pedagogikada qo'llanilayotgan usullar va vositalar tahlil qilingan. Ishda boshlang'ich sinflarda bola tarbiyasida oilaning o'rni, ota-onalar bilan hamkorlik qilishning ahamiyati ham ko'rsatib o'tilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Muammoning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti, tadqiqot bazasi, foydalanilgan tadqiqot metodlari hamda ilmiy va amaliy ahamiyati.
- I.bob. KICHIK YOSHDAGI O'QUVCHILARNI HAR TOMONLAMA TARBIYALASH VOSITA VA USULLARINING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI: 1.1. Kichik yoshdagi o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning maqsad va vazifalari. 1.2. Boshlang'ich sinflarda tarbiya jaryonining asosiy qoida, vosita va usullari.
- II bob. KICHIK YOSHDAGI O'QUVCHILARNI HAR TOMONLAMA TARBIYALASH JARAYONINI TASHKIL ETISH SHAKL, VOSITA VA USULLARI: 2.1. Ta'lim jarayonida o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlari. 2.2. Sinfdan va maktab tashqari ishlarda kichik yoshdagi o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalash shakl, vosita va usullari.
- UMUMIY XULOSA VA USLUBIY TAVSIYALAR: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarga oid davlat siyosati» va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, xalq pedagogikasi, zamonaviy pedagogikada qo'llanilayotgan usullar va vositalar tahlili asosida xulosalar va tavsiyalar berilgan.