Маълумотларни қайта ишлашда параллел алгоритмларнинг самарадорлигини тахлили
Ushbu bitiruv malakaviy ishida ma'lumotlarni tahlil qilish, saqlash va saralash amallarini optimallashtirish, xotira resurlaridan foydalanishda siqish algoritmlarining optimal usullarini yaratish va tasvirlarni qayta ishlashda ko'p yadroli protsessorlarning unumdorlik darajasini oshirishga mo'ljallangan parallel algoritmlarini yaratish kabi bir qancha amallar ketma-ketligi keltirilgan. Ishni bajarish davomida quyidagi natijalarga erishildi: Ma'lumotlarni tahlil qilishda muammoli masalalarni tahlil qilgan holda siqish algoritmlarining optimal usullaridan foydalanish yaxshi natija berishi aniqlandi. Bunda tasvirlarni raqamli qayta ishlaganda veyvlet-jarayoni va Gauss usulidan foydalanish, qayta ishlash amallarida optimal yondashish mumkinligi aniqlandi. Buning natijasida xotira resurslaridan foydalanishda kamroq joy egallashini va axborotni xotiradan o'qish va qayta ishlab qayta xotiraga yozish jarayonlari tezlashtirishga olib keldi. Ma'lumotlarni qayta ishlashda ko'p yadroli protsessorlarga mo'ljallangan parallelashtirish algoritmlarini qo'llash yaxshi samara berdi. C++ dasturlash tilidan foydalanildi va parallel algoritmni ta'minlab OpenMP va OpenCV kompilyatorlari direktivalaridan foydalanildi va ular yordamida protsessor unumdorlik darajasi oshdi. Ish davomida tasvirlarni qayta ishlashda tasvir qiymatlarini baytli massivga o'zlashtirish, veyvlet-jarayonlarni amalga oshirganda oqimlarga ajratish usullari va xotirani parallel holda dinamik joy ajratish kabi jarayonlar bajarildi va yaxshi samaradorlik ko'rsatdi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan ma'lumotlar yordamida parallelashtirishning umumiy usuli yaratildi. Tasvirlar zarrachalar sonini oshirish natijasida parallel algoritmlar effektivligini khrish mumkin bo'ldi, ba'zida esa butun tasvirni kvadrat qismlarga ajratgan holda alohida funktsiyalarga ajratish va protsessor oqimlar soniga teng amallarga bo'lib berish ham o'z unumdorligini ko'rsatdi.
Asosiy mavzular
- Parallel dasturlash va uning mohiyati: Parallel dasturlash tushunchasi, uning asosiy tamoyillari, rivojlanish tarixi va zamonaviy texnologiyalari (OpenMP, MPI, OpenCV) yoritib berilgan. Parallel dasturlashning afzalliklari va kamchiliklari, hamda undan foydalanish usullari tahlil qilingan.
- Tasvirni qayta ishlashda parallel algoritmlarning qo'llanilishi: Tasvirni qayta ishlashda veyvlet-jarayon va Gauss usullaridan foydalanish, ularning afzalliklari va kamchiliklari, hamda ularni parallel amalga oshirish usullari ko'rib chiqilgan. Paralel algoritmik yechimlarning unumdorlik samaradorligi tahlil qilingan.
- Ko'p yadroli protsessorlarda parallel hisoblashlarning samaradorligini oshirish: Ko'p yadroli protsessorlarda parallel hisoblashlarning samaradorligini oshirish usullari, jumladan, OpenMP yordamida oqimlarga ajratish, shuningdek, protsessorlar sonining unumdorlikka ta'sirini o'rganish tahlil qilingan.
- Kompyuterda ishlashda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi: Kompyuterda ishlashda insonning charchash sabablari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari, ish joyini to'g'ri tashkil qilish bo'yicha tavsiyalar bayon etilgan.