BUG'DOY UNINI KALLORIYASINI OSHIRISH VA MIKROELEMENTLAR BILAN BOYITISHDA OQ JO'XORI DONIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASINI ILMIY ASOSLARI

Ushbu dissertatsiya bug'doy unini oq jo'xori uni bilan boyitish texnologiyasini ishlab chiqish va uning inson organizmi uchun foydalilik darajasi hamda salomatlikka ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijasida oq jo'xori uni bilan 5%, 10%, 15% miqdorida bug'doy nonini tayyorlash bo'yicha retsept ishlab chiqildi. Xulosa qilib aytganda, 5% oq jo'xori uni qo'shilgan bug'doy nonini pishirish uchun eng yaxshi orgonoleptik ko'rsatkichlar aniqlandi. Oq jo'xori uni bilan boyitilgan bug'doy unini nafaqat non tayyorlashda balki hamirdan tayyorlanadigan barcha ovqatlar, yarim tayyor mahsulotlarni ham tayyorlasa bo'ladi.

Asosiy mavzular

  • Oq jo'xori uni va uning foydaliligi: Oq jo'xori uni Xorazmda “Jugari un” deb yuritiladi. Bu un mikroelementlarga boyligi va inson salomatligi uchun foydaliligi bilan bizning yurtimizda qadimdan iste'mol qilinib kelingan. O'zbekistonda oq jo'xorining 30 ga yaqin turi mavjud, bulardan faqat bittasigina inson iste'moli uchun mos keladi. Oq jo'xori glutensiz va siz kleykovinasiz mahsulotlar dietasida bo'lsangiz, bug'doy uchun yaxshi alternativ un hisoblanadi. U qon aylanishini yaxshilaydi, vazn yo'qotishda yordam beradi, ko'zlarning sog'ligini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Uning tarkibida temir, marganets, mis, molibden kabi mikroelementlar mavjud.
  • Bug'doy unini oq jo'xori uni bilan boyitish natijasida tayyorlangan non: Tadqiqot natijasida oq jo'xori uni bilan 5%, 10%, 15% miqdorida bug'doy nonini tayyorlash bo'yicha retsept ishlab chiqildi. Xulosa qilib aytganda, 5% oq jo'xori uni qo'shilgan bug'doy nonini pishirish uchun eng yaxshi orgonoleptik ko'rsatkichlar aniqlandi. G'ovaklilik yanada rivojlangan, bir tekis, siqilmagan, yoqimli hid bilan yanada elastik, qotishi sekinlashgan va pishirilgan nonning miqdori ortdi. Oq jo'xori unida kleykovina yo'qligi sababli, bug'doy nonini 5% qo'shib pishirishni tavsiya etamiz.
  • Bug'doy va oq jo'xori uni tarkibini solishtirish: Bug'doy va oq jo'xori uni tarkibiy nisbat aralashmalari asosida tayyorlangan nonning organoleptik va fizik-kimyoviy korsatkichlarini aniqlandi. unga ko'ra optimal tarkib 85% bug'doy va 15% oq jo'hori uni aralashtirilgan tarkib optimal hisoblanish aniqlandi. Oq jo'hori uninig miqdori 15% oshirilsa hamirning zichligini oshirish hisobiga gaz ushlash qobilyatini kamaytiradi. Bu holat nonning sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir qiladi.