Iqtisоdiyotdа bаlаns tizimlаri
Ushbu kitob "Iqtisodiyotda balans tizimlari" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi, bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi, iqtisodiy rivojlanishning makroiqtisodiy balanslari va ularni tuzish tartibi, milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimi, iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlari va ularning tahlili, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni baholash, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi, tarmoqlararo balans va to'lov balansini ishlab chiqish masalalari atroflicha yoritilgan. Kitobda shuningdek, milliy hisoblar tizimi (MHT) va uning asosiy sektorlari, agregatlar, tushunchalar, yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini hisoblashning muqobil usullari, boshqa standart agregatlar, xarajatlar tarkibi, pul-kredit sektori tahlili va bashorati kabi muhim mavzular ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI FАNINING PRЕDMЕTI, USULLАRI VА АSОSIY VАZIFАLАRI: Bu mavzuda iqtisodiyotda balans tizimlarining rivojlanish tarixi, milliy iqtisodiyot uchun balans tizimlarining predmeti, usullari, asosiy vazifalari, moliyaviy faoliyat to'g'risidagi statistik axborotlarning zarurligi, statistik ma'lumotlarni tashkil qilish va iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning uslubiy asoslari haqida ma'lumot beriladi.
- IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI ASOSLARI: Bu mavzu milliy iqtisodiy balansning mazmuni va mohiyati, milliy iqtisodiy balansini ishlab chiqishning ilmiy asoslari, takror ishlab chiqarish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida nazariyasi milliy iqtisodiy balansini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot beradi.
- AHOLI PUL DAROMADLARI VA XARASHTLARI BALANSI: Mazkur mavzu aholi pul daromadlari tushunchasi va balansi, iste’mol baholar o'zgarishi, indeksi va aholining nominal va real daromadlariga ta'siri, aholi pul daromadlari va xarajatlar balansi, aholi iste'moli kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- MILLIY BOYLIK BALANSI: Milliy boylik balansi vazifalari va ko'rsatkichlari, yalpi mahsulotni ishlab chiqarish, iste'mol qilish va jamg'arish balansi, asosiy fondlar balansi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- MOLIYAVIY DASTURLASH: Bu mavzu moliyaviy dasturlashning umumiy xarakteristikasi va asoslari, iqtisodiy siyosat va moliyalashtirishning turli variantlari, talabni boshqarish metodlari, xarajatlar xarakterini o'zgartirish chora-tadbirlari, tizimiy siyosat, moliyalashtirishning turli variantlari, iqtisodiy choralarning zaruriy ketma-ketligi va zaruriy kelishuvlar, iqtisodiy bashoratlash bosqichlari, iqtisodiy muammolarni baholash, boshqaruv idoralarining nazoratidan tashqarida bo'lgan omillarni aniqlash, ko'rsatkichlarning tahminiy maqsad darajalari va ularga erishish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ayrim sektorlarning bashoratlarini tayyorlash kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- SOLIQ-BUDJET SEKTORI TAHLILI VA BASHORATI: Mazkur mavzu davlat sektori tushunchasi, davlat operatsiyalarini o'lchash, davlat moliyasi statistikasi tizimi, daromadlar va xarajatlar tasnifi, budjet balansi tushunchasi, budjet tahlili, budjet disbalansini hisoblash, kamomadni moliyalashtirish, soliq-budjet siyosatining barqarorligi, daromadlar va xarajatlar tahlili, davlat sektori operatsiyalarini bashoratlash, daromadlar va transfertlarni bashorati, davlat xarajatlari va sof kreditlashni bashoratlash, moliyalashtirish manbalarini bashoratlash kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- PUL-KREDIT SEKTORI TAHLILI VA BASHORATI: Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish, moliya tizimining tarkibi, pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari, pul-kredit tizimini boshqarish idoralari, pul-depozit banklari, pul-kredit sharhi, pul-kredit sohasini tahlil qilish, boshqa sektorlar bilan aloqalar, pul bozoridagi muvozanat, pul multiplikatori konsepsiyasi, pul-kredit tahlilining ayrim masalalari, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit tahlili, pul agregatlarini bashoratlash, pulga talabni bashoratlash, pul taklifini bashoratlash kabi mavzularni o'z ichiga oladi.