Aholi daromadlari va turmush sifati
Ushbu o‘quv qo‘llanmada aholi daromadlari, uning turlari, shakllanish manbalari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari, aholi daromadlarining tabaqalashuvi, daromadlar siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, turmush sifati va uning asosiy ko‘rsatkichlari, iste’mol budjeti va uning shakllanishi, kambag‘allik muammosi va uni cheklash yo’llari yoritilgan. Kitobda shuningdek, aholining pul daromadlari, mol-mulkdan olingan daromadlar, transfertlar va boshqa daromad turlari, ularning tarkibi va shakllanishi, shuningdek, daromadlarning asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari va oilalar bo’yicha tabaqalanishi, aholi turmush darajasi ko’rsatkichlari va ularning tarkibi, aholi daromadlarining tabaqalanishiga ta’sir etuvchi omillar, turmush sifatining asosiy komponentlari hamda uning umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari va omillari, aholi turmush darajasini aniqlash usullari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solishning mezonlari va usullari, daromadlar tadqiqoti va uning mezonlari, aholi daromadlarini soliqqa tortish, aholi daromadlarini inflyatsiyaga qarshi yo‘nalishda tartibga solish hamda aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va omillar va ularni baholash usullari tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Ushbu bo‘limda "Aholi daromadlari va turmush sifati" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi hamda O‘zbekistonda aholi daromadlarini tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan.
- I bob. “AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI” FANINING PREDMETI VA MAZMUNI: Ushbu bobda "Aholi daromadlari va turmush sifati" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi, daromadlar siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari, turmush sifati va uning asosiy ko‘rsatkichlari, iste’mol budjeti va uning shakllanishi, kambag‘allik muammosi va uni cheklash yo‘llari yoritilgan.
- II bob. AHOLI DAROMADLARI VA ULARNING SHAKLLANISH MANBALARI: Ushbu bobda aholi daromadlari shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, aholi daromadlarining asosiy vazifalari, aholi daromadlarining turkumlanishi, aholining pulsiz ko‘rinishidagi daromadlari va ularning shakllanishi, real daromadlar shakllanishida soliqlarining o‘rni, shuningdek, aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan.
- III bob. AHOLINING UMUMIY DAROMADLARI TARKIBI: Ushbu bobda aholining umumiy daromadlari tarkibi, jumladan, ishlab chiqarishdan olingan daromad, mol-mulkdan olingan daromad va transfertlar turlari tahlil qilingan.
- IV bob. AHOLI UMUMIY DAROMADLARINI HISOBLASH METODIKASI: Ushbu bobda aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasining mohiyati, aholi birlamchi daromadlari tarkibiy qismlarining shakllanishi, transfertlarni hisoblash tartibi va aholi umumiy daromadlarini hisoblash uchun axborot bazasi ko'rib chiqilgan.
- V bob. AHOLI DAROMADLARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH: Ushbu bobda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solishning zaruriyati, klassik va yangi klassik nazariyalari, shakllari va usullari, inflyatsiyaga qarshi yo‘nalishda tartibga solish va uning asosiy komponentlari hamda nazorat va muhokama savollari keltirilgan.
- VI bob. AHOLI DAROMADLARINING TABAQALASHUVI: Ushbu bobda aholi daromadlarining tabaqalashuvi haqida tushuncha va uni o‘lchash usullari, aholi daromadlarining tabaqalashuviga ta’sir etuvchi omillar, aholi turmush darajasining hududiy tabaqalanishi hamda nazorat va muhokama savollari keltirilgan.
- VII bob. KAM TA’MINLANGANLIK KO‘RSATKICHLARI, OMILLARI VA UNING KAMAYTIRISH YO’LLARI: Ushbu bobda «Kam ta’minlanganlik» tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, kam ta’minlanganlik indikatorlari va ko’rsatkichlari, kambag’allikning sabablari, omillari va kamaytirish yo’llari, shuningdek, nazorat va muhokama savollari keltirilgan.
- VIII bob. AHOLINING TURMUSH DAROJASI VA UNING KO‘RSATKICHLARI: Ushbu bobda aholining turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi, uning asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari va oilalar bo’yicha tabaqalanishi, aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar, aholi turmush darajasining ijtimoiy standartlari hamda uning integral baholash mezonlari va inson taraqqiyoti indeksi keltirilgan.
- XIX bob. AHOLINING XARAJATLARI VA ISTE’MOL BUDJETI: Ushbu bobda aholi xarajatlari tasnifi, iste’mol budjeti va uning tarkibi, iste’mol budjetining shakllanish usullari hamda iste’mol savatini aniqlash usullari keltirilgan.
- XX bob. TURMUSH SIFATI KO‘RSATKICHLARI VA OMILLARI: Ushbu bobda turmush sifati tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, turmush sifatining asosiy komponentlari, turmush sifatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va omillar, aholi turmush darajasining hududiy tabaqalanishi va uni baholash mezonlari hamda nazorat va muhokama savollari keltirilgan.
- TEST: Ushbu bobda kitobning asosiy mavzulari bo’yicha nazorat va savol-javoblar keltirilgan.
- ATAMALAR LUG‘ATI: Kitobda ishlatilgan asosiy terminlarning qisqacha izohli lug’ati keltirilgan.
- ADABIYOTLAR RO‘YXATI: Kitobni tayyorlashda foydalanilgan asosiy adabiyotlar va manbalar ro’yxati keltirilgan.