OʻZBEK TILIDA FALERONIMLAR
Ushbu dissertatsiya o'zbek tilida faleronimlarning lug'aviy-ma'naviy, morfologik, semantik va etimologik jihatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Faleronimlar – orden, medal, faxriy unvon, koʻkrak nishoni va nominatsiyalarning atoqli nomlari bo'lib, ular xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi alohida xizmatlari uchun taqdirlash va rag'batlantirish bilan bog'liq munosabatlarning lisoniy ifodasidir. Tadqiqotda faleronimlarning o'ziga xos xususiyatlari, ularning boshqa onomastik birliklar bilan munosabati, hosil bo'lishi va qoʻllanishi keng tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Faleronimlarning nazariy masalalari: Faleronimlar orden, medal, faxriy unvonlar, koʻkrak nishoni va nominatsiyalarning atoqli nomlarini ifodalovchi onomastik birliklardir. Faleronimlar xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, milliy-etnik, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi alohida xizmatlari uchun taqdirlash va rag'batlantirish bilan bog'liq munosabatlarining lisoniy ifodasidir.
- Faleronimlarning lisoniy maqomi va onomastik koʻlamdagi oʻrni: Oʻzbek tilshunosligida onomastik birliklarni belgilash, ularni tadqiq qilish darajasi 4 turga boʻlinadi. Faleronimlar atoqli otlarning alohida bir turi sifatida lisoniy vazifasi, semantik-funksional, nominatsion-motivatsion, struktural, derivatsion xususiyatlariga koʻra boshqa onomastik birliklardan farqlanadi.
- Faleronimlarning mavzuiy-semantik guruhlari: Faleronimlar Oʻzbekiston Respublikasidagi mukofotlarni Davlat yoki qaysi tashkilot tomonidan ta'sis etilganiga qarab quyidagi mavzuiy-semantik guruhlarga ajratish mumkin: Davlat mukofotlari, Davlat imtiyozli mukofotlari, Oʻzbekiston hukumatining mukofotlari, Nominatsiya nomlari, Idoraviy mukofotlar, Ijtimoiy tarmoqlardagi mukofotlar, Xalqaro mukofotlar.
- Faleronimlarning zamoniylik jihatdan turlari: Faleronimiyani davrlashtirishda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi madaniy-ma'rifiy qarashlar, etnik an'analardagi oʻzgarishlargina tamoyil va omil boʻla oladi. Tadqiqotda faleronimiyani 2 davrga boʻlib tahlil qilish ma'qul topildi: Tarixiy faleronimlar (mustaqillikkacha boʻlgan davr) va Zamonaviy faleronimlar (mustaqillikdan keyingi davr).
- Faleronimlarning atalish motiviga koʻra turlari: Faleronimlarning atalish motivlariga koʻra guruhlanishi zarur tasniflardan hisoblanadi. Bularga antroponimlarga asoslangan faleronimlar va kasb-hunar leksikasi bilan bogʻliq faleronimlar kiradi.
- Faleronimlarning morfologik tarkibi va struktural modellari: Faleronimlar oʻzbek tilining tuzilishi, yasalish qonuniyatlariga boʻysunadi. Ularning tuzilish qoliplari, bir tomondan, faleronim uchun asos boʻlgan apellyativning xususiyatiga, ikkinchi tomondan, faleronimlarning oʻziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Faleronimlar bir komponentli va koʻp komponentli boʻlishi mumkin.
- Faleronimlarda grammatik vositalarning qoʻllanishi: Faleronimlarning grammatik qurilishi oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, uni tashkil etuvchi soʻzlar, sintaktik birliklar, sintaktik munosabatlarni ifodalovchi grammatik vositalar oʻzining qat'iy tartibiga va funksiyasiga ega. Faleronimlar tarkibida qaratqich va egalik qoʻshimchalari qoʻllanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
- Faleronimlar tarkibida qoʻllanuvchi indikatorlar: Onomastik indikatorlar nom tarkibida ishtirok qilib, nomning xarakteri, mazkur obyektning boshqa xususiyatlarini oʻzida saqlagan boʻladi. Faleronimik indikatorlar mukofotlar nomlarini qaysi turga kirishiga aniqlik kiritadi va ularni ifodalab turadi. Bularga orden, medal, faxriy unvon, koʻkrak nishoni, nominatsiya kabi indikatorlar kiradi.