Эстрадный вокальный Ансабль
Ushbu kitob estrada xonandaligi pedagogikasi bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Kitobda estrada vokal san'ati, pedagogik tamoyillar, repertuar tanlash va tahlil qilish, estrada-jaz janrlari va uslublari, shuningdek, milliy estrada maktabi an'analari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob O'zbekiston davlat konservatoriyasi bakalavriat talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida yaratilgan.
Asosiy mavzular
- Pedagogik repertuarni o'rganish: Mazkur fan estrada xonandaligi sohasida professional o‘qituvchi mutaxassislarini tayyorlashdan iborat bo‘lib, Respublikamizdagi barcha bolalar musiqa maktablariga va musiqiy kollej va litseylari pedagoglarini tayyorlashdan iboratdir. Shu bilan birga yosh estrada xonandalarini erkin kontsert faoliyati yurg‘azishda musiqiy repertuarni to‘g‘ri va effektiv qo‘llashga tayyorlashni maqsad qilib quyadi. Qo‘llanmada estrada vokal ta’limining nazariy asoslari va ularning amaliyotda qo‘llanishi, estrada va jaz san’atining janrlari va stilistik yo‘nalishlari, xonanda tarbiyasida ovoz mashqlarining axamiyati, pedagogik faoliyatda qo‘llaniladigan ijro repertuari, estrada xonandaligi sohasida estrada va jaz vokalizlari, O‘zbekiston, Rossiya, G‘arbiy Yevropa va AQSH davlatlari kompozitorlarining estrada-jaz asarlari, dunyoga tanilgan estrada va jaz yulduzlarining ijro dasturlari bilan tanishish va ularni sahnaviy xayotda va pedagogik faoliyatda savodli tadbiq etish to‘g‘risida kerakli va zarur ma’lumotlar berilgan.
- Vokal pedagogikasida ovoz sozlash printsiplari: Ovozni to‘la shakllantirish va uni rivojlantirish shartlaridan biri – uning turini to‘g‘ri aniqlamoq va to‘g‘ri tashhis qo‘ya bilishdir. Akademik opera vokal maktabida ovozlarning tembri va diapazoni aniq turlarga bo‘linadi. Estrada xonandaligi sohasida esa ovozlar klassifikatsiyasi akademik opera sanhatiga ko‘ra ancha oddiyroqdir. Asosiy vazifalar: kuylashda nafasni vokal ixtisosiga mos darajada olish, kuylashda artikulyatsiyani to‘g‘ri va aniq ifoda etish, ovoz jarangdorligini oshirish, tomoq mushaklarini rivojlantirish, sof intonatsiyaga erishish, ovoz diapazonini kengaytirish va estrada-jaz yo‘nalishidagi turli ijro stilistikasini egallash.
- Ovoz rivojida vokalizlarning o‘rni va ahamiyati: Yosh estrada xonandasining vokal texnik ko‘nikmalarining rivoji uchun mashqlar, badiiy asarlar bilan bir qatorda, vokalizlar ustida ishlash muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, estrada va jaz stilistik yo‘nalishida yaratilgan vokalizlar tahlim jarayoni uchun zarur o‘quv materiali hisoblanadi. Vokalizlar xonandaning ovoz texnikasini rivojlantirish uchun aynan yaratiladi. Ular o‘zining xususiyati doirasida oddiy va badiiy turlarga bo‘linadi. Professional estrada xonandasini tarbiyalashda vokalizlar talabaning vokal texnik rivojiga asososiy omillardan biri sifatida xizmat qiladi. Vokalizlar vokal eshitish qobiliyatini shakllantiradi, nafas olish texnikasini, asosiy kuylash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
- Estrada-jaz yo‘nalishidagi vokalizlar bilan ishlash: Bugungi kunda mukammal vokal ijrochilarini tarbiyalashda, ularning o‘qish jarayonlarida estrada va djaz yo‘nalishida yaratilgan vokalizlarni o‘zlashtirish muhim o‘rin tutadi. CHunki, vokal sanhatining yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan estrada ijrochiligining ko‘pqirrali estrada va djaz stilistik yo‘nalish-uslublarini egallashda tavsiya etilayotgan vokalizlar katta ahamiyatga ega. Eng muhimi vokalizlarning milliy musiqiy ohanglarga asoslanganligi, ularning jahon andozalariga mos holda shakllantirish va ijrochilik amaliyotiga tavsiya etish kunning mavzusi ekanligini ehtirof etish lozim. Ijrochilik texnikasini zamonga mos holda shakllantirish va yuqori saviyadagi ijrochilik mahoratiga erishish tahlim jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi.
- Estrada va jaz yo‘nalishidagi vokalizlar bilan ishlash: D.Amanullaevaning “Estrada va jaz vokalizlari” muallifning ko‘p yillik pedagogik tajribasidan kelib chiqqan holda yuzaga kelgan va har tomonlama milliy va professional jihatlarga asoslanganligini qayd etish joizdir. Vokalizlar 2002 yildan boshlab yaratib kelingan. Ushbu vakalizlar 2003-chi yildan boshlab o‘quv jarayoniga singdirilib borilmoqda. Litsey, bakalavriat va magistratura talabalari ijrosida sinalib, ovoz imkoniyatlarini va ijro texnikalarini o‘stirish uchun xizmat qilmoqda. Sinov davri shuni ko‘rsatdiki, ushbu “estrada va djaz vokalizlari” tahlim jarayoni uchun juda zarur uslubiy – o‘quv qo‘llanma sifatida xizmat qilib kelmoqda.
- Estrada va jaz yo‘nalishidagi vokalizlar bilan ishlash: Asar ijrochilarga musiqiy mahorat, yorqin obraz, badiiy fantaziya, artistik mahoratni namoyish etishga, ovoz diapazonini kengaytirishga va vokal texnik ko‘nikmalarini rivojiga foydalidir. Asar ayollar ijrosi uchun yaratilgan. Bakalavriat va Magistratura ijro dasturiga mos keladi, va ushbu kompozitsiyani bitiruv ijro dasturiga kiritish tavsiya etiladi.
- Pedagogik va kontsert faoliyatida repertuar tanlash negizi: Vokal pedagogikasining vazifasi – bo‘lajak estrada sanhatkori-ning vokal imkoniyatlari va ijodiy qirralarini ochib berishdan iboratdir. SHu bilan birga, yosh xonandaning ijro dasturi, yahni repertuar masalasi zarur omillardan biridir. Bolalar musiqa maktablari, mahsus kollej va litseylar, Konservatoriyaning bakalavrva magistratura tizimidagi fan va ishchi dasturlar mavjud bo‘lib, “Estrada yakka xonandaligi” fani ushbu dasturlarga muvofiq o‘tiladi. Ijro repertuari tanlashda oldin dasturlar bilan chuqur tanishib chiqish lozim, va dasturiy talablarga muvofiq har bir talabaga ijro repertuari tanlanib beriladi.
- Milliy va zamonaviy estrada stilistik yo‘nalishlari: XX-chi asrning ikkinchi yarimidan boshlab bugungi kungacha “estrada” nomi bilan yuritilayotgan musiqa namunalari tobora ko‘plab tinglovchilar ehtiborini o‘ziga jalb etmokda. Bugungi kunda radio-televidenie va turli bayram tantanalari dasturlaridan keng o‘rin olgan bu turdagi musiqa nafaqat yoshlarni, balki jamiyatimizning turli yoshdagi millionlab vakillari ongi va mahnaviyatiga sezilarli tahsir o‘tkaza boshladi. Amerika musiqa madaniyatida estrada qo‘shichiqligining yuzaga kelishi, uning mahlum unsurlari va shakllarini jaxon xalqlari musiqa madaniyatiga eksport qilinganligini asoslab berish mumkin.
- Rossiya estrada yulduzlari va kompozitorlarining estrada vokal asarlari: Rossiya estrada qo‘shiqchilik sanhati “shahar romansi” va rus xalq qo‘shig‘i asosida vujudga kelgan. Sovet xukumati “burjuaziya” musiqasini mahn etgan bo‘lsada, 1930-1940-chi yillarda ko‘plab ajoyib estrada vokal asarlari yaratilgan. Kompozitorlar Isaak Dunaevskiy, Matvey Blanter, Oskar Felg’tsman, Dmitriy Kabalevskiy, Nikita Bogoslovskiy, Vasiliy Solovg’yov-Sedoylar tomonidan yaratilgan xalqsimon estrada qo‘shiqlari Klavdiya SHulg’jenko, Mark Bernes, Nina Dordalar ijrosida mashhur bo‘lgan. SHular qatorida Leonid Utyosov va Oleg Lundstrem boshchiligida “sovet djaz musiqasi” ham gullab yashnagan.
- G’arbiy Yevropa va AQSH estrada yulduzlari dasturidan repertuar: Estrada – jaz musiqasining o‘ziga xos bo‘lgan, o‘zining melodik, garmonik va ritmik usullari bilan farqlanadi. Jazning umumiy fakturasida bos-sin va shaffl ritmlari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, jazz-rok stilistik yo‘nalishini egallashda, badiha texnikasini, ansambl ijrosidagi garmonik va ritmik eshitish qobiliyatini rivojida, psixologik intonatsiya qirralarini egallashda foydalidir.