Пуфлама (зарбли) чолғу ижрочилиги (Дамли чолғулар)

Musiqa nazariyasi va metodologiyasi hamda milliy musiqa merosini o'rganishga bag'ishlangan ushbu darslikda, O'zbekiston madaniyati va san'ati rivojining tarixiy bosqichlari, milliy va jahon musiqa ijrochiligi san'ati, cholg'u ijrochiligi, va O'zbek bastakorlari ijodiyoti haqida batafsil ma'lumot berilgan. Shuningdek, darslikda "Qashqar rubobi" cholg'usi, uning ijro uslublari, mashqlar va O'zbekiston kompozitorlari asarlari hamda jahon kompozitorlari asarlari yoritilgan. Kitobda "Chorgoh I" va "Chorgoh II" maqomlari, "Tasnifi Dugoh" kuyi, Oydin Abdullaeva, Tofik Bakixanov, Sharl Kamil Sen-Sans, P.Chaykovskiy hamda M.Bafoev ijodiyoti haqida ma'lumotlar berilgan. Darslik oxirida mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar hamda lug'at keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanga Kirish. Milliy va jahon musiqa ijrochiligi san'ati rivojining tarixiy bosqichlari: Milliy va jahon musiqa ijrochiligi san'ati ko'p asrlik an'analarni meros qilib qoldirgan. Ularning taraqqiyot jarayoni qadimgi davrlarga borib taqaladi. Olimlar tomonidan o'tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida aniqlangan manbalardan ma'lumki, musiqa cholg'ulari qadimdan mavjud bo'lib, ular xalqlarning kundalik turmush tarzida, saroylarda, o'sha davrlarda o'tkaziladigan katta-katta bayram, madaniy marosimlarda, xalq sayillarida keng foydalanilgan.
  • Cholg'u ijrochiligining o'ziga xos xususiyatlari: Ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ularini takomillashtirilishi natijasida o'zbek xalq kuylari bilan birga barcha xalqlarning musiqa asarlarini ijro etish imkoniyati yaratildi. Jahon kompozitorlari asarlarini ijrosi o'zbek san'atini yangi bosqichlarga ko'tarib, ijrochilik san'atida yangi uslub – zamon ruhi bilan yo'g'rilgan ijod namunalarini yaratilishiga xissa qo'shdi. Mazkur yo'nalishdagi ijodiy faollashuv jarayoni cholg'uda ijrochilik mahoratini yanada yuksak darajaga olib chiqdi, bu esa o'z o'rnida o'zbek musiqa madaniyatini targ'ib qilish uchun zamin hozirladi.
  • Musiqa asarlarini ijro etishda sozanda-ijrochilarga qo'yiladigan asosiy talablar: Musiqa asarlarini ijro etishda sozanda-ijrochilarga qo'yiladigan asosiy talablar. O'zbekiston davlat konservatoriyasida 5A150702 – Cholg’u ijrochiligi (xalq cholg’ulari) magistratura mutaxassisligida ta’lim dasturlarini amalga oshirish tizimga solingan. Ushbu fan bo’yicha amaliy (yakka) mashg’ulotlar olib borilishi nazarda tutiladi. Xususan, amaliy (yakka) mashg’ulotlar har bir mavzu yuzasidan murakkab ijodiy mashqlarni bajarish, ta’limning yangi bosqichida endilikda murakkab shakllarni amaliy jihatdan o’zlashtirish, asarning mohirona ijrosini tayyorlash kabi o’quv jarayonini o’z ichiga oladi.
  • Ijro etish jarayonida bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish: Bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish – o’rganishning asosiy mezoni bo’lib xizmat qiladi. Ta’lim jarayonini mukammal yo’lga qo’yishda bilim katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu vazifa mashg’ulot tartibini to’g’ri yo’lga qo’yish bilan amalga oshirilishi mumkin. Bilimlarni to’liq o’zlashtirish, kerakli ko’nikmalarni puxta egallash talaba uchun muhimdir. Bilim – deganda biz ma’lum bir tushuncha, so’z, biron-bir mavzu va nazariyaning ma’nosini tushunish va uni o’zlashtirishga aytamiz. Asosiy maqsad fanni to’liq o’rganishga qaratiladi.
  • Ijrochining musiqiy qobiliyati, uning shakllanish qonuniyatlari: Mashq va etyudlardan cholg’uda mahoratni, musiqiy qobiliyatni o’stirish va rivojlantirish maqsadida keng foydalaniladi. Ma’lumki, chap va o’ng qo’llarning mustahkam takomillashuvi ijrochilikda sifatli ijroni ta’minlaydi. O’quv jarayonida ijro etishdagi barcha ko’nikmalarni, xususan, chap qo’l barmoqlarini mustahkamlash va ularning joylashuv holatlarini o’zlashtirish, o’ng qo’l harakatlari bilan bog’liq malakalarni rivojlantirish, tordan-torga o’tish, pozitsiyalarni o’zlashtirishga qaratiladi.
  • Mashq va etyudlar: Mashqlar oddiydan murakkabga qarab yo’naltirilgan bo’lib, ularni tanlashda har bir talabani imkoniyatlariga qarab, ko’nikmalarni shakllanishini inobatga olib mashg’ulotni tashkillashtirish talab etiladi.
  • Ijro dasturini tayyorlash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar: Ijro dasturini tayyorlash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar. Dastavval o’quv yili boshida ijodiy dasturni shakllantirish va so’ngra o’zlashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol tariqasida bir talabaning iqtidorini inobatga olgan holda “Talabaning shaxsiy rejasi”ni tuzamiz. Ijodiy bilim va ko’nikmalari o’rtacha bo’lgan talaba uchun namuna sifatida 1-o’quv yiliga quyidagi ta’miniy ijro dasturi tavsiya etiladi: 1-semestr uchun: O’zbek xalq kuylari yoki maqom namunalaridan biri (“Tasnifi Dugoh” misolida); 2. O’zbek bastakorlari yoki kompozitorlari asarlaridan biri (O.Abdullaeva. “Qashqar rubobi uchun konsert”);
  • An’anaviy ijrochilik: An’anaviy ijrochilik. Ma’lumki, xalq kuyi va maqomlarni ijrosiga talab kundan-kun oshib bormoqda. Bunday talab va ehtiyojni qondirish har bir yo’nalishda, xususan maqom ijrochiligida yetuk mutaxassislarni tarbiyalash zaruratini yaratadi. Qolaversa, o’zbek xalqining boy musiqa merosini o’rganish va uni targ’ib qilish san’atimiz taraqqiyotiga jonkuyar, musiqa ilmini chuqur egallagan har bir oliy ma’lumotli mutaxassisning zimmasida bo’lmog’i zarur. Shuningdek, o’zbek milliy musiqa san’ati tarixida o’chmas iz qoldirgan, ko’plab ulug’ san’at namoyandalarining ijodlarini o’rganish, ular qoldirgan merosni, ijrolarini targ’ib qilish har tomonlama shakllangan mutaxassisning fahrli burchiga aylanmog’i lozim.
  • Maqomlar: Maqomlar. (cholg’u yo’llari) Ma’lumki, maqomning cholg’u yo’llari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular asosan “xona” va “bozgo’y” deb nomlanadigan kuy bo’laklaridan tuziladi. Ular bir yoki bir necha kuy jumlasidan tashkil topishi mumkin.
  • Tasnifi Dugoh: O’quv yilining 6-8 haftasi mobaynida “Tasnifi Dugoh” asari ustida ishlanadi. Asarni yozib olingan namunasini tinglang. Asar matnini o’zlashtirish mashqini bajaring. Musiqa asarini ijro etishdan oldin maqomlar tovushqatorlari asosida mashqlar chaling. Tasnif - arabcha “Yaratilgan asar”, kuy demakdir. Tasnif kuy yo’llari bilan boshlanadi. Tasnifi Dugohning doyra usullari uch taktlidir.
  • Oydin Abdullaeva. “Qashqar rubobi uchun konsert”: Oydin Abdullaeva – O’zbekiston musiqa san’atining rivojiga o’zining munosib xissasini qo’shib kelayotgan ijodkorlardan biridir. Bastakor, pedagog, musiqiy tadqiqotchi sifatida uning nomi yildan-yilga tanilib bormoqda. Musiqaning turli janrlarida sermahsul ijod qilib, radio-televidenie to’lqinlarida hozirgi kunning dolzarb mavzulari yuzasidan teran fikrlari bilan muntazam qatnashib keladi, respublika matbuotida o’z asarlari, ilmiy-ommabop maqolalarini nashr ettirgan. Ko’plab ijodiy asarlar,darslik,o’quv qo’llanma va maqolalar muallifidir.
  • Tofik Bakixanov “Tor va orkestr uchun konsert” asari: Tofik Bakixanov “Tor va orkestr uchun konsert” asari ustida ijodiy ijrochilik ishlarini davom ettiriladi. Ozarbayjon xalq artisti, kompozitor Tofik Axmed og’a o’g’li Bakixanov aslida Baku xonligi avlodidan bo’lib, 1930 yil 8 dekabrda Baku shahrida Respublika xalq artisti Axmed og’a Bakixanov oilasida tug’ilgan. Musiqa faoliyatini skripkachi musiqachi sifatida boshlagan.
  • P.Chaykovskiy “Rokoko” mavzusiga variatsiyalar: Musiqiy-tarixiy adabiyotlardan ma’lumki, P.Chaykovskiy, “Francheska da Rimini” simfonik fantaziyasini biritgach, yangi asar ustida ishlashni boshladi. Bu violonchel va orkestr uchun “Rokoko” uslubida bastalangan variatsiyalar edi. Asar sakkizta varitsiyalardan iborat bo’lib, turkumli shaklni tashkil etgan. Mazkur ijodiy rejasi haqida Pyotr Ilg’ich Chaykovskiy akasi Anatoliy Ilg’ichga 1876 yil 15 dekabrda yo’llangan xatida quyidagilarni bayon etadi: “ayni paytda men Cello solo va orkestr uchun variatsiyalar yozayapman”. Demak, asarning yaratilish muddati 1876 yining ohiri -1877 boshlariga to’g’ri keladi.
  • Asarning obrazlar dramaturgiyasi variatsion guruhlar bo’yicha simfonik tsiklga mos: Asarning obrazlar dramaturgiyasi variatsion guruhlar bo’yicha simfonik tsikliga mos: Mavzu va 1-2- variatsiyalar klassik uslubida yozilgan. Ular o’zaro fakturaviy o’xshash jihatlari bilan bir-biriga yaqin. Uchinchi variatsiyada rus lirik qo’shiqchilik xarakteri ustun keladi va bu qism oldingi hissiy holatga keskin farqlik kiritadi. Skertsosimon 4-5 variatsiyalar yorqin kayfiyat bilan o’zaro birlashtirilsa-da, har biri mustaqil xususiyatlarga ega. Masalan, 4-variatsiya haqiqiy Skertsoni anglatadi, 5-variatsiya Gavot janrida talqin etilgan, 6- variatsiyada orkestr tembrlari va turli registrlar taqqoslanadi. Ikkinchi Andante, 6-variatsiya, yuksak lirik obrazlar qatorini davom ettiradi, biroq unda yangi tuslar paydo bo’ladi. 7-variatsiyada virtuozlik mahorat, to’htovsiz xarakatlar va texnikaviy murakkablik talab qilinadi, ya’ni, unda Finalga xos obrazlar talqini namoyish qilingan.
  • Glossariy: GLOSSARIY ABSOLYUT ESHITISH QOBILIYATI – Tovushlarning aniq balandligini tinglash yordamida farqlay bilish qobiliyati. Mazkur qobiliyatga ega inson musiqani tez o’zlashtiradi;