Фалсафа

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamda O’zbekiston Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti professor-o’qituvchilari G.Tulenova va D.Sagdullaeva tomonidan tayyorlangan ushbu "Falsafa" o’quv qo’llanmasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, falsafa fanining mohiyati, predmeti va xususiyatlari, falsafiy dunyoqarash va uning tarixiy turlari, qadimgi Sharq va antik dunyodagi ilk falsafiy fikrlar, Markaziy Osiyo, G’arbiy Yevropa, Rossiyada falsafiy fikrlarning rivojlanish tarixi, shuningdek, borliq hamda olamni falsafiy anglash muammolari, olamni bilish nazariyasi, jamiyatni falsafiy anglash asoslari, taraqqiyotning omillari, insoniyat istiqboli bilan bog’liq dolzarb muammolar o’rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Falsafaning mohiyati, rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo’nalishlari: Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifasi, falsafiy dunyoqarash, mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash va uning asosiy yo’nalishlari.
  • Sharq falsafasi: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari, Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlar, O’rta Osiyoda o’rta asrlardagi falsafiy ta’limotlar, Tasavvuf falsafasi, XVII-XX asrlarda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy - falsafiy fikrlar, Hozirgi davr O’zbekiston falsafasi.
  • G’arb falsafasi: Qadimgi Yunon-Rim falsafasi, O’rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi, XVII–XVIII asr Yevropa falsafasi, XVIII–XIX asr nemis klassik falsafasi, Rus falsafasi, XX asr falsafasi, uning oqimlari, xususiyatlari haqida.
  • Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi: Borliq tushunchasi va uning turlari, Substantsiya va materiya, ularning o’zaro aloqadorligi, Harakat va rivojlanish tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari, Falsafa ish usullari, dialektik, metafizik, sofistik, eklektik, nazariy va empirik usullar, Bilishning tuzilishi.
  • Bilish nazariyasi: Bilishning mazmun-mohiyati, Hissiy va mantiqiy bilish, Falsafada haqiqat muammosi, Falsafada metod va metodologiya, Dialektik bilish jarayoni.